2.6.2. 2PTS-4-793 turidagi ikki o’qli transport tirkamasi Ikki o’qli transport tirkamasi (5-rasm) ag’darma ochiladigan asosiy va ulama bortli platformaga ega bo’lib, paxtani, shuningdek, turli xo’jalik yuklarini har xil yullarda va dala sharoitlarida tashish uchun mo’ljallangan (Toshkent traktor zavodida ishlab chiqariladi).
G’ildirakli traktor tirkamaga shatakchi bo’lib xizmat kiladi. Asosiy shatakchi traktor sifatida universal MTZ traktorlari ishlatiladi.
5-rasm. 2PTS-4-793 turidagi ikki o’qli traktor tirkamasi: 1— ag’darma bort; 2— aravacha; 3— orqa o’q; 4-gidravlik ko’targich; 5— burilish mexanizmi;6— oldingi o’q; 7—shoti. 2.6.3. RS-30TS13AS avtomobil tarozilari RS-30TS13AS rusumli avtomobil tarozisi (6-rasm) tayyorlov punkti va paxta zavodlaridan avtomobil vositalarida tashib keltiriladigan paxta va paxta mahsulotlarini (tayyorlovchi zavod «Armalit», Armavir sh.) tortish uchun mo’ljallangan.
2.7. Paxtani transport kuzovidan qabul qilish va uni g’aram hamda omborlarga uzatishda ishlatiladigan mexanizatsiya vositalari Paxta tozalash sanoatining tayyorlov tarmog’ida (zavod qoshidagi va zavoddan tashqaridagi tayyorlov punktlari) paxtani uzoq vaqt saqlashning ikki usuli — ochiq g’aramda va usti berk binolarda (ombor) hamda ayvonlarda saqlash keng yoyilgan.
Paxta ochiq saqlanganda 25x14m va 22x11m o’lchamdagi g’aram maydonchalariga joylanadi. Qo’lda joylanadigan paxta g’aramining o’rtacha vazni 250—300 tonnani, eng ko’pi bilan 600 tonnani tashkil qiladi. Paxtani yopiq saqlash tezkor omborlarda yoki paxta uzoq vaqt saqlanadigan (mexanizatsiyalashtirilmagan) ombor va ayvonlarda amalga oshiriladi.
Paxta ochiq saqlanadigan joylar turg’un mexanizatsiya vositalari bilan paxta yopiq saqlanadigan joylar esa qabul qilish kurilmasi va transportyorlarni o’z ichiga oladigan ko’chma mexanizmlar kompleksi bilan jihozlanadi. Keyingisidan asosan paxtani qabul qilishda va uni g’aram maydonchalariga uzatishda foydalaniladi[14].