3.5. Yong’in haqida umumiy ma’lumotlar va uni oldini olish chora-tadbirlari. Yong’in chiqishga asosan olovdan noto’g’ri foydalanish; elektr ustanovkalarni, pechlarni, tutun trubalarini montaj qilish va ishlatish qoidalarining buzilishi; xalq xo’jaligi ob’ektlarini loyihalash va qurishda yong’in xavfsizligi normalari talabalarining buzilishi; yong’in jihatdan xavfli jihozlarni ishlatishda va oson alangalanadigan materiallardan foydalanishda yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik; bolalarning olov bilan o’ynashi; momaqaldiroq razryadlari sabab bo’ladi.
Bino yoki inshoatning o’tga chidamliligi ularning quyidagi asosiy qismlari: yong’inga qarshi devorlar, ko’tarib turuvchi va o’zini o’zi ko’tarib turuvchi devorlar, zina kataklari devorlari, o’rnatma panel devorlari, karkas devorlar to’ldirgichi, ko’taruvchi pardevorlar, qavatlararo va chordoq yopmalari hamda tomlarning o’tga chidamliligi bilan belgilanadi.
Turar joylarda chiqadigan yong’inlar katta moddiy zarar etkazadi va umumiy yong’inlar miqdorining 50% ni tashkil etadi. Uylarda (binolarda) yong’in chiqishiga asosan elektr va gaz jihozlaridan, sanoat hamda uy-ro’zg’or asboblaridan foydalanish qoidalarining buzilishi va boshqalar sabab bo’ladi.
Turar joy binolarining o’tga chidamlilik darajasi bino qavatlarining soni va maydoniga bog’liq. Ko’p qavatli ancha uzun binolarda binoni bo’limlarga ajratadigan yong’inga qarshi devor sifatida ko’ndalang devorlar va sektsiyalararo devorlardan foydalaniladi. Odam yashamaydigan xonalar o’tga chidamlilik chegarasi 0,75 soat bo’lgan devor va orayopmalar bilan ajratiladi [11].
3.6. Shovqin va uning inson tanasiga ta’siri. Shovqin, silkinish va ultratovushlar ajralib chiqishga qarab bir xil bo’ladi ular hammasi jismlarning tebranishidan tashkil topib, bizning eshitish a’zolarimiz tomonidan qabul qilinadi. Ular bir-birlaridan faqat tebranish chastotasi bilan va odamlar ularni har xil qabul qilishi bilan farq qiladilar.
20gtsdan 20000 gts gacha tebranishlarni tovush deb ataladi va ularni biz tovushdek eshitamiz. Shunday bir qancha tovushlarni tartibsiz qo’shilishi shovqin deb ataladi. 20 gts dan past bo’lgan tebranishlarni infratovush deb ataladi. 20000 gts dan yuqori bo’lgan tebranishlarni esa ultratovush deyiladi. Ultratovushlarning biz eshita olmaymiz, ularni faqat ba’zi bir uy xayvonlarigina eshita oladi.
Tovush chiqaradigan jismlarning tebranishidan hosil bo’ladigan tovushlar yoki shovqinli to’lqinlar havo bo’shlig’iga tarqalib, havoni goh quyultiradi, goh siyraklashtiradi va bu bilan bog’liq bo’lgan havo bosimini o’zgartiradi. Bu bosim esa kishilarning tashqi eshitish yo’llari orqali o’tib, quloqning eshitish yo’llari orqali o’tib, quloqning nog’ora pardasini,undan keyin ichki quloqdagi eshitish suyakchalari sistemasi orqali ichki quloqning qabul qiluvchi apparatini yoki chig’anoq organlarini ko’p yoki oz tebrantirib, harakatga keltiradi.
Normal eshitishda tovush tebranishlarining 20 gtsdan-20000 gts gacha chastotasi qabul qilinadi, shunga ham eng yuqori chegara faqat bolalar yoshiga xosdir. Ular balog’atga etgan sari eshitish organlari tomonidan qabul qilinadigan tovushlarning chastotasi kamaya boradi va yosh o’tib qolganida 15000 gts dan oshmaydi. Ana shu chegaralarda har bir tovush uchun tovush quvvatining yoki tovush kuchining oxirgi ta’siri bor. Quvvatning minimal oxirgi ta’siri uning bilinar bilinmas sezgisini hosil qiladigan tovush kuchiga mos keladigan tovush kuchiga mos keladi, ya’ni tovush eshitilishi bo’sag’asida turadi. Quvvatning maksimal oxirgi ta’sirni «og’riq bo’sag’asiga» mos keladi-tovush quvvati keyinchalik zo’rayganda tovushning kuchayishi eshitilmay, balki ikkala quloq ham zirqirab og’riy boshlaydi.
Professional shovqin boshni aylantirib, miyada og’riq turg’azadi va quloq shang’ib nerv sistemasiga ham yomon ta’sir qiladi. Ayniqsa, fikrni to’plab, aqliy ish bilan shug’ullanishga imkon bermaydi. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta’sir qilishi nerv sistemasini ishdan chiqishiga olib keladi. Shovqin ta’sirida turli a’zolar va sistemalarning, masalan; xazm qilish, qon aylanish va shunga o’xshashlarning normal faoliyati buziladi [10].