Bitiruv malakaviy ishining



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə22/26
tarix08.05.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#109545
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bitiruv malakaviy ishining

6.2. Ekologiya
Xozirgi davrda fan-texnika inqilobi sharoitida tabiat resurslaridan keng miqyosda foydalanish xamda atrof muxitni ifloslantiruvchi tog‘-kon sanoati, transport, qishloq xo‘jaligi va maishiy chiqindilarning ortishi insonning tabiatga ko‘rsatayotgan umumiy salbiy ta’sirini keskin kuchaytirmoqda . Konchilik qazib olish korxonalarida yer osti konchilik va ochiq usul bilan qazib olish ishlarida XYAQ talablariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi buyrug‘i bilan tasdiqlangan qoidalarga mos holda xodimlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tashkil qilinadi. Hamma ishchi va muhandis-texnik xodimlar konchilik ishlariga yuborilishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tomonidan belgilangan muddatda majburiy davriy oldini olish tibbiy ko‘rigidan o‘tkaziladi. Hamma ishchi, muhandis-texnik xodim va xizmatchilar sanoat sanitariyasi shaxsiy gigiyena va baxtsiz holatda jabrlanuvchilarga joyida tez yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tishlari kerak.Barcha ishchi va muhandis-texnik xodimlar nafas olish organlar uzoq davom etayotgan kasalliklar aniqlanganda, hamda vibratsion va boshqa kasbiy kasalliklarga chalinganligi gumon qilinsa, ular hisobga olinishi va muntazam tibbiy kuzatishda bo‘lishi kerak.Tibbiy ko‘rikda ilgari bajarayotgan ishini qila olmaydigan kasalliklari aniqlangan kishilar, shifokorlar xulosasiga muvofiq boshqa ishga o‘tkazilishi kerak.Har bir kon, shaxta yer osti lahimlarida, karerda davlat sanitar inspeksiyasi talablariga mos jihozlangan ovqat qabul qilish joylari tashkil qilinadi.Yer osti lahimlarida, odamlarni yer osti transport vositalariga o‘tqiziladigan joylarda kirish va chiqish yo‘lakli kutish kameralari tashkil qilinadi. Kameralar ichimlik suvi, shamollatish va yoritish bilan ta’minlanadi.
Har bir konda sanitar-maishiy bino, assinizatsion (yer yuzasi va yer osti) va boshqa qurilmalari bilan ma’muriy-maishiy qurilmalari bo‘lishi kerak. Binolarni yer osti konchilik ishlarida XYAQ va ochiq konchilik ishlarida XYAQ talablariga mos ravishda jihozlash va saqlash kerak.
Yer yuzasidan kirib kelayotgan atmosfera havosi yer osti kon lahimlarida harakatlanishi mobaynida o‘z tarkibida turli o‘zgarishlarga duch keladi. Bu o‘zgarishlar bir tomondan tarkibidagi kislorodning miqdori kamayishi bilan kuzatilsa, ikkinchi tomondan tarkibida uglerodli birikma, zaharli gaz va suv bug‘lar, chang va o‘zgarishga uchragan har xil moddalarning qoldiqlarining oshishida ko‘rinadi. Bundan tashqari uning namligi, temperaturasi, bosimi va zichligi ham o‘zgaradi. Kon havosi agarda yer yuzasidan kirib kelayotgan atmosfera havosidan tarkibi va sifati bo‘yicha nisbatan farq qilmaydigan bo‘lsa, u holda u - toza va boshqa holatlarda – ifloslangan havo deyiladi. Ruda va noruda konlarni qazib olishda shaxtalar uchta toifaga: gazli (metan, vodorod, serovodorod ajralib chiqadigan), gaz va chang bo‘yicha xavfli hamda gaz va chang bo‘yicha xavfsiz toifalarga ajratiladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin