I BOB.QALMOQIR KONINING KON-GEOLOGIK TAVSIFI 1.1. Kon haqida umumiy ma’lumot Qalmoqir koni 1931-1935 yillarda razvedka ishlari olib borilgan bo‘lib 1954 yildan qurilish ishlari boshlandi va o‘shandan beri ochiq usulda ishlab kelinmoqda. Kon Olmaliq kon-ruda rayoni oralig‘ida Olmaliq shahridan 3 km sharqiy tamonda joylashgan.
Asosiy ruda joylashadigan jinslari: siyenit-diorit, granodiorit-porfirlarning shtok bilan yorilgan diorit va siyenitlardir. Rudali meneralizatsiya shtok ekzokontaktida to‘plangan va siyenit-dioritli majmua jinslarida lokalizatsiyalanadi. Granidiorit-porfirlar tarkibida deyarli ruda bo‘lmaydi. Qalmoqir koni Qurama tizmasini shimoliy yon bag‘irni tog‘ oldi qismida joylashgan. Relefi tog‘ oldi, past-baland. Suv airg‘ichlar o‘rtacha oshishi soy vodiysi ustidan 50-160 metrga yetadi. Tumanni gidrografik tarmog‘i Olmaliqsoy va Nakpaysoy daryolari vodiysi bilan xarakterlanadi, shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda karyerni shimoliy-sharqdan va janubiy g‘arbdan chegaralaydi. Iqlimi – kontinental, harorat keskin mavsum bilan o‘zgaradi.
Qalmaqir koni turli tarkibdagi va yoshdagi intruziv va vulkanogen tog‘ jinslaridan tuzilgan. CHo‘kindi jinslar intruziv jinslar orasida qoldiq ko‘rinishida saqlangan. Kon kesimi effuziv Kvarsli porfirlardan (D11) boshlanadi, ularning yuqorisida andezit-datsitli porfirlar (D23) qatlami yotadi, ularning yuvilgan yuzasida karbonat qatlamlari qatlami (D2-3) nomuofiq yotadi. Vulkanogen-cho‘kindi qatlam yorib chiqqan va Olmaliq siyenit-diorit mejformatsion intruzivlari (S3) bilan katta bosqichida aralashgan. Intruzivlar siyenit-dioritli turli tog‘ jinslar ko‘proq dioritni, siyenit-dioritni va siyenitni bosqichma –bosqich fatsial o‘tishlar seriyasi bilan namayon bo‘lgan. Siyenit-dioritlar shtok va dayka ko‘rinishdagi Olmaliq turidagi granodiorit porfir tanalarini (S3-R1) yorib o‘tadi. Hamma sanab o‘tilgan tog‘ jinslari aplit, siyenit-diorit porfir, siyenit porfir va “qora” granodiorit porfir, diorit va diabazli porfirlar daykalari bilan yorib o‘tgan. Kon oralig‘ida kvarsli porfirlar siyenit-dioritlar – dioritlar yoki siyenit-dioritlar – oxaktoshlar kontaktli qismiga tegishli katta bo‘lmagan ksenolitlar ko‘rinishida saqlangan.
Kvarsli porfirlar metamorfizmi jarayonida kvars-biotitli jinslarga o‘tadi va gidrotermal jarayonlar ta’sirida kvarslashgan tomirchalarga aylanadi va kvars-seritsitli kulrang jinslarga o‘zgaradi. Konda andezit – datsitli porfirlar 280 metrgacha qalinlikda qatlam ko‘rinishida yotadi. Metamorfizm natijasida andezit – datsitli porfirlarda xlorit va apatit keng rivojlanadi, gidrotermal jarayonlar natijasida ilk qiyofasini yo‘qotuvchi andezit – datsitli porfirlar kvars-seritsitli hosilalarga o‘tadi. Misli ma’danlashuv joylashishi uchun quyi devon andezit – datsitli porfirlar nisbatan siyenitli guruhlarning kvarsli porfirlardan yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Konda jivet yarusining (D2gv2) qumtosh-karbonatli yotqiziqlari qayta qatlamlanadigan qumtosh va oxaktoshlar bilan namayon bo‘lgan. Saqlanib qolgan qalinligi 120-130 metr. Oxaktoshlar marmarlashgan va ancha darajada serpentinlashgan. Oxaktoshlarda intruziyalar bilan kontaktida xlorit, epidot, tremolit, avgit, granit, magnetit, pirit rivojlanadi. Misli madanlashuv joylashishi uchun cho‘kindi jinslar Qalmaqir koni sharoitida noqulay.
Olmaliq siyenit-dioritlari massivining 50-55 kv.km ga yaqin maydonda yotadi. Bu intruziyalar yoshi xaqida turli qarashlar mavjud. Bir xil tadqiqotchilar uni o‘rta karbonga tegishliligini, boshqalari esa yuqori karbonga hatto permga tegishliligini aniqlashdi. Jins tarkibi massivning alohida qismlarida dioritdan siyenitgacha o‘zgaradi. Granodiorit porfirlar Qalmaqir koni oralig‘ida shimoliy-g‘arb – janubiy-sharq yo‘nalishida granodiorit porfirlar “zanjir” shtoklari kuzatiladi. Petrografik tarkibi va petroximik xususiyati bo‘yicha granodiorit porfirlarning turli shtoklari ajratiladi, ammo kon strukturasida ularning holati bo‘yicha o‘rab turuvchi siyenit-dioritlar bilan ularning o‘zoro ta’sir xarakteri bitta magmatik o‘choq va ularning yoshi yaqinliga haqida guvohlik beradi.
Konda asosiy yoriqlar bo‘ylab granodiorit porfirlar daykasi yoyilishi va ularning darz tizimi aniqlanishi granodiorit porfirlarning nisbatan kichik yoshdaligi, asosiy yoriqlar joylashgandan keyin yoyilganligi haqida guvohlik beradi. Granodiorit porfirlar bilan eksplozivli brekchiyalar va eksplozivli “qora” granodiorit porfirlar deb nomlanadigan daykasimon tana va murakkab lamprofirlar bilan bog‘liq. Bu jinslar tariflanayotgan granodiorit porfirlar chuqurlik tanasi oralig‘ida va vulkanogen jinslar o‘zgariladigan o‘tuvchi qiyofaga o‘tadi.Madanoldi o‘zgarishlarni o‘zgarishi natijasida o‘rab turuvchi jinslar o‘zgarishni uchta zonasi ajratilgan (periferdan markazga) tashqi: albit-epidot-karbonat-xloritli; oraliq: kvars-seritsit-(biotit)-xloritli va kvars seritsitli; ichki: kvars-ortoklazli va muhim kvarsli. Zonalar oralig‘idagi chegara bosqichma-bosqichli, kichik zona bilan oralig‘i kamroq aniqlikda. Albit-epidot-karbonat-xloritlimetasomatitlar ko‘pincha dioritlarda rivojlanadi va qisman siyenit-dioritlarda egallaydi.
Propilitlashgan jinslar kon chegarasidan uzoqda rivojlanadi, madanli maydonni hamma maydonini egallaydi, to‘q rangli albitlashgan va karbonatlashgan, magmatik kvars va kalishpat, odatda pelitlashishdan tuzilgan.Kvars-seritsit-biotit-xlorit metasomatitlar kon maydonini katta qismida yotadi va ko‘pincha siyenit-dioritlarda rivojlanadi, ular yashil-kulrang rangli nisbatan yaxshi farqlanadigan reliktli donali strkturali jinslar bilan namayon bo‘ladi. Ular mayda tangachali muskavit-seritsitdan, dala shpatga almashadigan, ikkilamchi mayda tangachali biotit va xloritdan, to‘q rangli magmatiklarga almashadigan, reliktli magmatik va ikkilamchi kvarsdan, to‘q rangli mineral va kalishpat bo‘yicha rivojlanishdan tuzilgan.
Kvars-seritsitli metasomatitlar ko‘pincha siyenit-dioritlarda rivojlanadi, ammo granodiorit porfirlar kabi egallaydi. Ular yuqori darzlangan uchastkalariga tegishli va granodiorit porfirlar shtoki ekzokontaktida va maydalanish zonasida bevosita joylashgan. Tariflanayotgan metasomatitlar ko‘pchilikni tashkil qiladigan seritsitdan (60-80%), reliktli magmatik va ikkilamchi kvarsdan (5-30%) va ma’danli minerallar – pirit, xalkopiritdan (3-10%) tashkil topgan. Relit xloritlari miqdori oshmaydigan (3-5%) ancha muskovit-seritsit bilan almashadiganlar nisbatan ko‘p uchraydi. Zona kvars-ortaklazli metasomatitlar asosan siyenit-diorit va granodiorit porfirlar kontaktli qismiga tegishli va mavjud ikkilamchi ortoklazlar xarakterlanadi, miqdori 50 % yetadi.
Kvarsli metasomatitlar konning markaziy qismida yotadi. Ular granodiorit porfirlar shtokni apikal qismiga tegishli. 90 % dan ortiq maydonda kvarsitlarni rivojlanishi granodiorit porfirlar bo‘yicha kvarsitga o‘tadi. Kvarsitda reliktli mineral sifatida odatda seritsit uchraydi.
Qalmaqir koni tog‘ jinslari murakkab va ko‘p qirrali tektonik surilishlar uchraydi, kaledon, gersin, alp tektonogenezni bir qancha davrlari paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu davr tektonik harakati burmalanish va xar xil masshtabli uzilmali buzilishlar ifodalangan. Konni o‘zida karbonat jinslar qoldig‘ida uchta braxishakllari quyi tartibdagi burmali strukturalarga ajratish mumkin. Konni eng yirik strukturasi g‘arbiy-Olmaliq uzoq turuvchi shimoliy sharqiy yo‘nalishdagi chuqur yoriq paydo bo‘ladi. Mavjud bu strukturalar Olmaliq turidagi granodiorit porfirlar shtoklari yoyilishi yuzaga keltirgan. Kon orasida bu yoriqlar Qorabuloq, Qalmaqir, Shimoliy Qoratog‘ota subkengli cho‘zizilishli yirik yoriqlar bilan kesadi. Hamma yoriqlar shimoliy va janubiy rumbda tik burchak yotishga (50-850) ega.
Yirik yoriqlar madangacha paydo bo‘ladi. Ular tektogenezni gersin davrida joylashgan. Alp davrida ularning yangilanishi sodir bo‘ladi, Qorabuloq va Qalmoqir yorig‘i bo‘yicha madanlashuvni aroalashishi sodir bo‘ladi. Maydaroq tektonika darzlar bo‘yicha madanli tana almashinishi qayd etilgan. Konda chiziqli-cho‘zilgan strukturani katta miqdori uni blokli tuzilishini aniq ifodalanishi yuzaga keltiradi. Kon maydoni oralig‘ida singan bir qator maydaroq bloklar tektonik kuch ta’sirida tog‘ jinslarni jadal kichik darzlanganligi rivojlanganligini, birlamchi madanlashuv joylashishi jarayonida boshqa omillar bilan baravar katta rol o‘ynashini ko‘rsatdi.
Qalmoqir konida grunt suvlarning ikkita turi ajratiladi:
To‘rtlamchi davr yotqiziqlarining grunt suvlari.