Bitiruv malakaviy


 Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/19
tarix08.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#109893
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Kitob 9665 uzsmart.uz (1)

3.2. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urtalash turining jahon tajribasi 
 
Ayrim davlatlar iqtisodchilarining majburiy sug‘urta umuman sug‘urta 
faoliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi to‘g‘risida fikrlar 
bildirishadi. Ammo har doim ham bunday emas, misol uchun Italiyaning sug‘urta 


54 
bozori aynan transport vositalari egalarining majburiy sug‘urtalashni joriy etishdan 
boshlangan. Majburiy sug‘urta orqali tajriba va moliyaviy quvvat olgan 
kompaniyalar aktiv ravishda ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta turlarini 
kengaytirishdi va bugungi kungacha italiya sug‘urta bozorida yuqori pog‘onalarni 
egallab kelishmoqda. 
MDH mamlakatlari sug‘urta tizimi o‘zaro o‘xshash xususiyatlarga ega: 
bozordagi ulushning va aholi daromadining yuqori emasligi, past darajadagi 
sug‘urta madaniyati, qonunchilik bazasining takomillashmaganligi va boshq. 
Bundan tashqari bir qator mamlakatlar sug‘urta kompaniyalari ma’lumotlarining 
ochiq emasiligi va soliqjamg‘armasi sxemasi darajasining yuqoriligi bilan ham 
xususiyatlanadilar. Lekin ijobiy tendensiyalar ham kuzatilmoqda. Rossiya va 
Ukrainada soliqjamg‘armasi sxemasiga qarshi olib borilgan islohatlar o‘z natijasini 
berdi: umumiy sug‘urta mukofotlarida jismoniy shaxslar ulushi ko‘paymoqda. Shu 
bilan birgalikda MDHning ko‘pgina sug‘urta kompaniyalarining aktivlari va ustav 
kapitallarining 
oshishi 
ham 
ijobiy 
holat 
hisoblanadi. 
Ayrim 
MDH 
mamalakatlarining transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urtalash bozori bilan tanishib chiqamiz. 
Rossiyada “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urtalash” Qonuni 2003 yil 1 iyulda kuchga kirgan. 2007 yilda avtofuqarolik 
javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha 157 sug’urta kompaniyalar faoliyat ko‘rsatib 
ulardan eng yetakchilari: “Rosgosstrax” tizimining guruh kompaniyalari, “RESO-
Garantiya”, OSAO “Ingosstrax”, “ROSNO”, “Straxovoy dom v sug’urta 
kompaniya” yig‘ilgan jami sug‘urta mukofotining 46-49% to‘g‘ri keladi. 2007 yil 9 
oyida sug’urta kompaniyalar tomonidan avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash 
bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari (52.753 mlrd. rubl) o‘tgan davrga nisbatan 
19,6%ga, sug‘urta to‘lovlari (29,128 mlrd. rubl) esa 29,0 %ga o‘sdi. Sug‘urta 
to‘lovlarining sug‘urta mukofotlariga nisbati 55,2% darajasida bo‘ldi. Ushbu 
davrda sotilgan sug‘urta polislari soni 25,2 mln (2006y. 9 oyiga nisabatan 11,5% ga 
ko‘p)tani, sug‘urta hodisa to‘g‘risidagi kelib tushgan arizalar soni - 1,255 mln.tani 


55 
va bartaraf etilgan da’vo soni - 1,208 mln.tani tashkil etdi. Sug‘urta to‘lovlari hajmi 
27,7 mlrd rubl b-b, o‘tgan y.ga nisbatan 24,5%ga ko‘pdir. To‘lov darajasi 54,7% 
(2006y 9 oiyda 49%)ni tashkil etdi. Aytish lozimki majburiy sug‘urta turi bo‘yicha 
to‘plangan jami sug‘urta mukofotlarining asosiy qismi 77,1% Rossiya hudud 
(region)lariga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bilan birgalikda sug‘urta bozorida sug’urta 
kompaniyalarning zararlilik darajasini kuzatib borish ham muhim ahamiyatga ega. 
Rossiyada 
avtofuqarolik 
javobgarligini 
sug‘urtalash 
bo‘yicha 
sug’urta 
kompaniyalarning xavfsiz faoliyati uchun zararlilik darajasi 77% (10-77%) va ushbu 
sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta portfelining yarmidan ko‘p bo‘lmagan qismidan 
iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan. 
Rossiyaning 7 ta hududida ushbu ko‘rsatgich 70%, 22 hududida 60% bo‘lsa, 
boshqa 8 ta hududida (Yakutiya -81,4%, Vologodsug’urta kompaniyaaya 78,4, Resp 
Altay- 74,9%, Murmansug’urta kompaniyaaya obl 74,0%, Severnaya Osetiya -
73,5%, Resp Ingushetiya 66,8%, Tombovsug’urta kompaniyaaya obl -66,2, 
Kemerovsug’urta kompaniyaga obl 67%) zararlilik darajasi o‘ta xavfli holatda. 
Bugungi kunga qadar Rossiyaning “Transport vositalari egalarining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urtalash” qonuniga bir qancha o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritilgan. Kiritilayotgan qo‘shimchalar sug’urta kompaniyalardan bir 
qancha tashkiliy ishlarni va moliyaviy qo‘yilmalarni talab etmoqda. So‘nggi 
o‘zgartirishlar 2008 yil 01 martdan kuchga kirib, unga muvofiq o‘tgan yilning
1 iyulidan avtofuqarolik javobgarli sug‘urtasi bo‘yicha yetkazilgan zararni 
to‘g‘ridan to‘g‘ri bartaraf etish tizimi kuchga kiradi. Rossiya xaydovchilari o‘z 
xoxishiga ko‘ra avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta qoplamasi 
uchun o‘zining sug’urta kompaniyasiga murojaat qilishi mumkin.
Zararni to‘g‘ridan to‘g‘ri bartaraf etish jarayoni albatta sug‘urta bozori 
ishtirokchilari uchun oson kechmasligi aniq, chunki jabrlanuvchi aybdorning 
sug’urta kompaniyasiga emas balki o‘zining sug‘urtalovchisiga murojaat qiladi. Bu 
hol hodisaning tezkor bartaraf etilishi va xizmat ko‘rsatish darajasining 


56 
yaxshilanishiga olib keladi, ammo bunday holat sug‘urta firibgarligining kuchayib 
ketishiga ham asos bo‘lishi aniq.
Bugungi kunda Rossiyada sug‘urta qoplamalarining 15% firibgarlarning 
hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Rossiyaliklarni so‘roq qilish natijasida ularning 28% 
sug’urta kompaniyalarni aldashni jinoyat o‘rnida ko‘rmasliklarini bildirishgan. 
Bunday holatlarni oldini olish uchun sug’urta kompaniyalar sug‘urta hodisalarini 
bartaraf etish texnologiyasini takomillashtirilishi (call centre, avariya komissarlari, 
operativ maslahat) ko‘zda tutilmoqda. Yana bir usul bu markazlashgan ma’lumotlar 
bazasini yaratish, bonus malus koeffisentini qo‘llash, sug‘urtalanuvchilar tarixini 
shakllantirish hisoblanadi. 
1 dekabrdan YTH (yo‘l tarnsport hodisasi) vaqtidagi hujjatlashtirish jarayoni 
osonlashtirildi (evropa protokoli). YTH ishtirokchilari quyidagi shartlar bajarilgan 
holda hodisani o‘zaro DANsiz rasmiylashtirishlari mumkin: 
Insonnlarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetmaganligi; 
YTHda 2 tadan ortiq bo‘lmagan mashinalarning ishtiroki; 
YTH ishtirokchilarining mulkga yetkazilgan zarar 25 ming rubldan 
oshmasligiga o‘zaro roziligi;
Ikki ishtirokchi ham ular tomonidan YTH to‘g‘risida tayyorlangan 
ogohlantirishida mashinalarning joylashishi to‘g‘ri belgilanganligiga roziligi. 
Ilgarigi qonunda har bir jabrlanuvchining sog‘lig‘i va hayoti yetkazilgan 
zararning yuqori chegarasi 160 ming rubl, ammo barcha jabrlanuvchilarga 240 ming 
rubldan ko‘p bo‘lmagan miqdorida bo‘lgan bo‘lsa, yangi qonunchilik b-cha yuqori 
chegara bekor qilinib, jabrlanuvchining o‘limi holatida to‘lanadigan kafolatlangan 
160 ming rubl o‘rnatildi, ulardan 135 ming rubl qarindoshlari, qolgan 25 ming rubl 
ko‘mish marosimlariga o‘rnatilgan. 
Avtofuqarolik 
javobgarligi 
sug‘urtasi 
rivojlanishi 
bilan 
sug’urta 
kompaniyalarning zimmasiga tushayotgan sug‘urta qoplamalari hajmi ham oshib 
bormoqda. Bu albatta katta bo‘lmagan sug’urta kompaniyalarning moliyaviy 
barqarorligi ta’sir etmasligi mumkin emas.


57 
Avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi amal qilishi davri ichida Rossiya sug‘urta 
bozorini 15 tadan ortiq sug’urta kompaniyalar tark etdi.
2005 yilda Rossiyada agentlarga sug‘urta mukofotlarini yuqori to‘layotgan va 
faqat avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi hisobidan yashovchi sug‘urta 
kompaniyalari soni ko‘payib ketdi. Ushbu holat ayrim sug‘urta kompaniyalari 
lisenziyalarini qaytarib olinishiga, ayrimlarining esa bonkrotlikka uchrashiga olib 
keldi. 2006 ga qadar RF ning “Transport vositalari egalarining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urtalash” Qonuni faqatgina sug’urta kompaniyalarning 
bankrotlik holatidagi kompensasiya to‘lovini nazarda tutgan edi, ammo 2007 yil 
sentyabr oyidan Rosiiya avtosug‘urtalovchilar ittifoqi (RAT) lisenzisi qaytarib 
olingan kompaniyalar uchun ham sug‘urta to‘lovini amalga oishrishni boshladi. 
RATda 2 ta fond mavjud bo‘lib: kafolat rezervi (1%) va joriy kompensasion 
to‘lovlar(2%), ular sug’urta kompaniyalarning brutto muokofotidan olinadigan 
chegirmalardan shakllanadi. Kafolat rezervi - sug’urta kompaniyaning bankrot yoki 
lisenziyasi qaytarib olinishi holatida jabralanuvchining hayoti - sog‘lig‘i va mulkiga 
yetkazilgan zararni qoplash, joriy kompensasion to‘lov esa zarar yetkazuvchi shaxs 
noma’lum bo‘lgan yoki aybdor shaxsda avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi polisi 
mavjud bo‘lmagan taqdirda jabralanuvchining hayoti va sog‘lig‘i yetkazilgan 
zararni qoplash uchun mo‘ljallangan.
2007 yil 9 oyida RAT lisenziyasi qaytarib olingan sug’urta kompaniya polislari 
bo’yicha 500 ming rubl sug‘urta qoplamasini to‘lab berdi. RAT tomonidan 
to‘langan kompensatsiya to‘lovining o‘rtacha miqdori 37,5 ming rublni tashkil etdi. 
Ukraina sug‘urta bozori oxirgi yillardagi rivojlanish tempiga qaramasdan 
hamon sug‘urta bozori kam rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirmoqda. Ukrainada 
10%dan yuqori bo‘lgan risug’urta kompaniyalar sug‘urtalangan.
Eng rivojlangan sug‘urta klassi bu ixtiyoriy mulk sug‘urtasi hisoblanib, 
umumiy sug‘urta tushumlaridagi ulushi 80%ni tashkil etadi. 
2012 yil 1 yanvaridan Ukrainada “Transport vositalari egalarining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urtalash” qonuni kuchga kirdi. 


58 
Majburiy avtofuqarolik javobgarligi Ukrainada 1996 yil Sug‘urta to‘g‘risidagi 
qonunchiligi bilan belgilangan edi. Ammo xaydovchida polisining yo‘qligi uchun 
hech qanday jarima ko‘zda tutilmagan. Ukrainada sotilayotgan avtofuqarolik 
javobgarligi sug‘urtasi polislari jami ro‘yxatdan o‘tgan avtomashinalarning 
15%nigina takshil etadi. 
Rasmiy statistikaga ko‘ra Ukrainada xar yili 50 ming YTH yuz berib, 
haqiqatda ushbu ko‘rsatgich 200 mingtaga yetadi. O‘rtacha avtofuqarolik 
javobgarligi sug‘urtasi polisning bazaviy narxi Ukrainada 55-60$ga to‘g‘ri keladi, 1 
guruh nogironlari, urush qatnashchilariga bepul, 2 guruh nogironlari va 
nafaqaxo‘rlarga 50% lik chegirma qo‘llaniladi.
2012 yil 01 yanvaridan Ukraina avtoinspektorlari IIB buyrug‘iga muvofiq har 
qanday atotrasnport egalaridan avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi polislarini 
taqdim etishlarini talab qilishlari mumkin. Polis taqdim etilmagan holatda esa 3$ 
miqdoridagi jarima o‘rnatilgan. 
2011 yilda Ukraina avtosug‘urtalovchilari tomonidan agrressiv demping va 
avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi limitlarini ko‘paytirish hollari kuzatildi. Ayrim 
sug’urta kompaniyalar iste’molchilarga polislarni KASKO haridi vaqtida bonus 
sifatida harid qilmoqdalar. Ushbu holat Ukraina sug‘urta tashkilotlari Ligasini 
xavotirlanishiga olib keldi, chunki avtokredit sug‘urtasi rivojlanishi jarayonida 
ko‘pgina sug‘urta tashkilotlari portfelining katta qismini atotrasnport risug’urta 
kompaniyalari egallashi ularning zaiflashishining sababiga aylanishi aniq edi. 
Ukrainaning Davlat moliya xizmati sug‘urta bozorini samarali nazorat qila 
olmayotganligi sabali Liga Davlat moliya xizmatidan sug‘urtalovchilar faoliyatining 
asosiy ko‘rsatkichlarini oshkora etishini taklif etdi, ammo u qondirilmaganligi 
sababli Liga sug’urta kompaniyalar tomonidan ixtiyoriy ravishda Ligaga taqdim 
etiladigan jadvalni ishlab chiqishga qaror qildi. Bundan tashqari Liga Davlat moliya 
xizmati tarkibida o‘zining qo‘mita a’zolaridan iborat avtotsug‘urta bozorini nazorat 
qiluvchi ishchi guruhini tashkil qilish tashshabusini bildirmoqda.


59 
Belarussiya sug‘urta bozori rivojlanishi o‘ta sust kechmoqda, jami sug‘urta 
badallarining mamlakat YAImdagi ulushi 0,8% atrofida, sug‘urta bozori qamrovi 
ham past darajada-5 % sug’urta kompaniyalargina sug‘urtalangan. 
Sug‘urta bozorida turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning huquqlari 
tengmasligi sababli to‘liq talabga javob beradigan bozor munosabatlari mavjud 
emas. Shunday tarzda, sug‘urta bozorining asosi hisoblanmish majburiy sug‘urtani 
faqatgina davlat sug’urta kompaniyalari amalga oshira oladilar. Shuning uchun ham 
sug‘urta bozorining asosiy ulushi 60 % “Belgosstrax” davlat sug’urta 
kompaniyasiga to‘g‘ri keladi. 
2011 yilning yarim yilligida mamlakat sug’urta kompaniyalari tomonidan 
308,861 mlrd rubl sug‘urta mukofoti to‘plangan bo‘lib, ulardan 21,6 % 
avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasiga to‘g‘ri keladi. 
Yaqin kelajakda Belorussiya yana bir qator majburiy sug‘urta turlarini joriy 
etishni rejalashtirmoqda. Ammo ixtiyoriy sug‘urtani rivojlantirishga hali 
kutilayotgani yo‘q. Belorussiyada sug‘urta harajatlari tannarxga olib borilishi tufayli 
korxonalar tomonidan sug‘uratga etibori yuqori emas. 
Bundan tashqari mamlakat hududiga horijiy sug‘urtalovchilar kirishiga va 
faoliyat yuritishiga cheklovlar mavjud. 
Bugunda Moldovaning sug‘urta bozorida 30 tadan ortiq sug’urta kompaniyalar 
faoliyat ko‘rsatmoqda. sug’urta kompaniyalar sug‘urta portfelining 30 %dan 
ortiqroq qismini ixtiyoriy fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi, huddi shunchaga yaqin 
ixtiyoriy mulk sug‘urtasi, 10% dan ko‘proq shaxsiy sug‘urta turi egaallagan. 
Majburiy sug‘urtaning sug‘urta portfelidagi ulushi esa 20%dan ortiqroq 
Moldovaning hozirdagi qonunchilik aktlari sug‘urta sohasini tartibga solishga 
deyarli e’tibor qaratmagan. Avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash haqida esa 
amaldagi “Sug‘urta to‘g‘risida”gi qonunining bir qismida aytib o‘tilgan bo‘lib, 
mahalliy sug‘urtalovchilar ana shu me’yor asosida ishlamoqdalar. 
Gruziyada sug‘urta faoliyati kam rivojlangan bo‘lib, jami to‘plangan sug‘urta 
badallari ixtiyoriy mulk sug‘urtasi ulushiga to‘g‘ri keladi – 25-30%. 


60 
Gruziyada avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash Sobiq soyuz davlatlari 
ichida birinchilardan bo‘lib 1997 yilda paydo bo‘lgan. U yerda ham O‘zbekiston 
singari avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash polislari avtotransportlar texnik 
ko‘rikdan o‘tayotganda taqdim etilishi tartibi o‘rnatilgan. Ushbu tartib yo‘ldagi 
xavfsizlikni yaratish va sug‘urta bozorini rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan 
edi. Ammo haqiqatda esa avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash Gruziyada 
korrupsiya va poraxo‘rlikning rivojlanishiga olib keldi. Ushbu sug‘urta turining 
mamlakatda rivojlangan davri 1999 yil bo‘lgan bo‘lsa, 2009 yilga kelib sug‘urta 
mukofotlari hajmi 1998 yilga nisbatan 75%ga tushgan, sug‘urta to‘lovlari hajmi esa 
4,5 martaga oshib ketgan. Bu holat avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash 
turining sug’urta kompaniya o‘zgarishiga va ayrim avtoto‘lovlar uchun umuman 
bekor qilinishiga olib keldi. Ya’ni 2007 yilning sentyabridan 2011 yilning 
yanvarigacha Gruziyada o‘z avtofuqarolik javobgarliklarini taksi, 3 tonnadan yuqori 
yuk mashinalari va xalqaro yuk tashuvchi avtotrasnportlardan tashqari faqatgina 
jamoa transporti egalari sug‘urtab keldi. Bugunda majburiy sug‘urtaning ushbu turi 
bo‘yicha Gruziyada yana islohotlar olib borilmoqda.
Armaniston sug‘urta bozori MDH mamlakatlari ichida eng sust rivojlangani 
hisoblanadi. Jami to‘plangan sug‘urta badallarining YAIMdagi ulushi 0,2 % 
atrofida. Hozirda Armanistonda faqatgina ixtiyoriy sug‘urta turi mavjud. Hozirda 
mamlakat sug‘urta bozirini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida sug‘urta 
faoliyatiga bog‘liq qonunchilik bazasini islohatlashtirishi yo‘lida amaliy ishlar olib 
bormoqda: sug‘urta to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritilmoqda, sug’urta kompaniyalar ustav fondining eng kam miqdoriga qo‘yilgan 
talablar kuchaytirilmoqda. 
Azerbaydjon sug‘urta bozori o‘zining qo‘shni hududlari bo‘lmish Armaniston 
va Gruziyani oldinlab o‘tib, so‘nggi paytlarda barqaror rivojlanmoqda, jami 
to‘plangan sug‘urta badallarining mamlakat YAIMdagi ulushi ortib bormoqda. 
Ixtiyoriy sug‘urtaning sug‘urta badallaridagi ulushi 90-95% atrofida. Respublikada 


61 
majburiy sug‘urtaning 9ta turi mavjud, jumladan avtofuqarolik javobgarligini 
sug‘urtalash. 
Qozog‘iston sug‘urta bozori eng dinamik rivojlanuvchi hisoblanib, so‘nggi 
yillarda sug‘urta bozori ko‘rsatkichlari bir necha barobarga oshdi. Bundan tashqari 
sug’urtalovchilar aktivlarining(pul mablag‘lari, bank qo‘yilmalari, qimmatbaho 
qog‘ozlari) sifati yaxshilandi.
2007 yilning 11 oyida Qozog‘iston sug’urta kompaniyalari o‘tgan davrga 
nisbatan 22,3%ga ko‘p sug‘urta badallarini to‘pladilar (133 mlrd.601,1 mln tenge). 
Jumladan majburiy sug‘urta ham 10,2%ga ko‘payib 18 mlrd 130,2 mln tengeni 
tashkil etdi. Sug‘urta to‘lovlari 3,7 martaga oshgan (43 mlrd 18,6 mln tenge), 
jumaldan majburiy sug‘uta bo‘yicha 20,3% ko‘paygan (5 mlrd 158,2 mln tenge). 
Qozog‘iston sug‘urta bozorida 41 sug’urta kompaniyalar mavjud bo‘lib, 
ulardan 28 tasida avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalashga lisenziyasi mavjud. 
Bundan tashqari 7 ta hayot sug‘urtasi bilan shug‘ullanuvchi sug’urta kompaniyalar, 
14 ta brokerlik va 43 ta aktuariy kompaniyalari faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. 
Bugungi kunda Qozog‘istonda majburiy sug‘urtaning 9 ta turi mavjud bo‘lib 
eng ommaviylashgani bu avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash hisoblanadi. 
Ushbu sug‘urta turi mamlakatda 1996 yildan amalga oshiril kelinishiga qaramasdan 
avtosug‘urtalovchilar o‘rtasida bu turga raqobat o‘ta past. Ko‘pgina sug’urta 
kompaniyalari esa zararlilik darajasi yuqoriligi tufayli avtofuqarolik javobgarligi 
sug‘urtasi 
shartnomalarini 
rasmiylashtirishdan 
bosh 
tortadilar. 
Hozirda 
Qozog‘istonning 28 sug’urta kompaniyalarida avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi 
b-n shug‘ullanishga lisenziyalari mavjud. 2007 yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha 
avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari 
43,6 mln $ga yetgan. 
Litvaning 2004 yilning may oyidan Yevroittifoqga e’zo bo‘lishi b-n ko‘pgina 
qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritildi va asosiy voqea sug’urta kompaniyalarning 
xorijiy investorlar tomonidan sotib olinishi bo‘ldi.


62 
2002 yilda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urtalash qonuni qabul qilinishi bilan sug‘urta mukofoti hajmi sezilarli ravishda 
oshdi. Avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasi jami majburiy sug‘urta turining 30%ini 
tashkil etadi. 
(2005y. yarim yilligida avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash bo’yicha 
60,164mln $ sug‘urta badallari yig‘ilgan, ya’ni jami to‘plangan sug‘urta 
badallaridan (151 mln$) 39,8%. Kasug’urta kompaniyao bo‘yicha 39,77 mln doll - 
26, 3%, mulk sug‘urtasi - 14,3%, boshqa sug‘urta turilari 20%). Yuqorida 
keltirilgan mamlakatlarni tajribasini yuqori darajada o’rganib chiqib, bu 
tajribalardan oqilona foydalanish mamlakatimiz sug’urta bozorini rivojlantirishga 
xizmat qilishi mumkin. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin