Bitiruv malakaviy



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/19
tarix08.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#109893
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Kitob 9665 uzsmart.uz (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


63 
4. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 
 
Xozirgi zamon ishlab chiqarishdagi jarayonlarni bajarishda ko‘plab mashina va 
uskunalar ishlatiladi. Ularga alohida–alohida xavfsizlik talablari ishlab chiqarilgan. 
Xalq xo‘jaligining tehnik jixatdan takomillashtirish, mexanizasiyalashtirish, 
avtomatlashtirish, kompyuterlar bilan ta’minlash, yangi turdagi energiyalardan 
foydalanish, qishloq xo‘jaligini kimyoviy mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash va 
boshqa mehnat tizimida ham sifat ko‘rsatkichlarini yuqori bo‘lishini ta’minlash 
kerak. Inson mehnat faoliyati jarayonida salomatlikka yomon ta’sir ko‘rsatadigan 
faktorlarga duch keladi, ushbu faktorlarni insonga ta’sir darajasini baholash 
maqsadida chegaradagi ruxsat etilgan daraja yoki aralashma tushunchasi kiritilgan. 
Bu daraja miqdori yuqori bo‘lsa, odam organizmida faoliyat vujudga keladi va 
kasb kasalligiga uchraydi. Shunday qilib, hayot faoliyat xavfsizligi fani barcha
qonunlashtiruvchi aktlar, ijtimoiy-iqtisodiy, tadbirlar tizimi bo‘lib insonni ishga 
qobiliyatligini, sog‘ligini va xavfsizligini ta’minlaydi. 
Hayotiy faoliyat xavfsizligi–inson faoliyatining barcha jabhalaridagi xavfli 
va zararli omillardan tortib inson himoyasi muhofazasi nazariyasi va amaliyotini 
o‘z ichiga oluvchi ilmiy bilimlar sohasi sanaladi. 
 
4.1 .Mehnat faoliyati sharoitining klassifikasiyasi 
So‘nggi 10 yillikda mamlakatning xo‘jalik yuritish kompleksida katta 
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, yangi mehnat faoliyatlari paydo bo‘ldi. Bundan tashqari 
bozor iqtisodiyotiga o‘tish islohoti norentabel yoki zarar bilan ishlovchi 
korxonalarni qisqarishiga yoki butunlay yopilishiga olib keldi. Yangi, turli mulk 
shaklidagi korxonalar, fermer xo‘jaliklari tashkil topmoqda. Ularning iqtisodiy 
ahvoli ham turlichadir. Shu sababli ularning barchasida ham ishchilarga normal 
faoliyat ko‘rsatishi uchun mehnat muhofazasi qonunlariga mos ish joylari yaratib 
berilgan deyish qiyin. Mehnat faoliyati sharoiti quyidagicha klassifikatsiyalanadi: 


64 
1)qulay; 
2)uncha katta bo‘lmagan hajmdagi ishlab chiqarish zararlari ko‘rinishidagi 
qisman murakkabliklar bilan; 
3)murakkab-ishlab chiqarishdagi zararlarning o‘rtachhajmi bilan; 
4)o‘ta murakkab ishlab chiqarish zararlarining absalyut maksimal hajmi bilan. 
Mehnat faoliyatini og‘irligi va kuchlanganligini baholash 
Ma’lumki jismoniy mehnat qo‘llaniladigan mehnat faoliyati ko‘proq sanoat va 
qishloq xo‘jalik korxonalariga aloqador bo‘lib, ayniqsa mehnat jarayonlarida kam 
mexanizasiyalashgan, kam avtomatlashtirilganlarga taalluqlidir. Jismoniy mehnat 
qo‘llaniladigan mehnat faoliyatlarini baholashning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 
1)yengil jismoniy mehnat (og‘ir yuk ko‘tarmaydigan) ishchilarni 2000 dan 
2500 kkal gacha energiya sarflashini xarakterlaydi (oziq-ovqat, yengilsanoat, 
iqtisodning elektronika sohalaridagi konveyer tarmoqlaridagi ishlar); 
2)25 kggacha yuk ko‘tarish bilan davom etadigan va 2500 dan 3000 kkal 
gacha energiya sarflanadigan o‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy mehnat (kichik 
og‘irlikdagi va kichik o‘lchamdagi elektrotexnik, mashina sozlik detallari 
chiqariladigan metalllarga ishlov berish ishlab chiqarishi; 
3)har zamonda25 kg dan ortiq yukni ko‘tarishiga to‘g‘ri keladigan, bir qator 
zararlar mavjud bo‘lgan og‘ir jismoniy mehnat (shovqin, titrashlar, changlar
ximiyaviy va oksik moddalar, ishchi zonadagi havoning yuqori nisbiy namligi, 
yuqori harorat va shu kabilar); 
4) Ishchi kun davomida ko‘p bora 15 kg dan ortiq yukni ko‘tarishga to‘g‘ri 
keladigan va ishchi organizmidan 6000 kkal va undan ortiq energiya sarf bo‘lishiga 
olib keladigan juda og‘ir jismoniy mehnat. 
Qator ishlab chiqarish zararlarini ajralishi bilan bog‘liq bo‘lgan, jismoniy 
mehnatda yuqorida qayd qilingan murakkabliklarni keltirib chiqaradigan 
korxonalar: qurilish materiallari ishlab chiqaradigan; metallarga ishlovberish; 
metallurgiya; transport mashinasozligi; har xil uskunalarni katta bo‘laklarini 


65 
yig‘adigan mexanik sexlarda-temirchilik, presslash sexlari va boshqalar misol 
bo‘ladi. 
Mehnat muhofazasiga o‘qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bo‘yicha 
namunaviy nizomda (№ 272, 14.08.1996) barcha korxona, tashkilot, muassasa, 
institut, ilmiy-tadqikot tashkilotlari, birlashma, assotsiasiya, korpoorasiya, xolding, 
tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qat’iy nazar malaka talablari hajmida 
ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muhandis-texnik xodimlar uchun mehnat 
muhofazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish tartibi belgilangan. 
Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari bo‘yicha 
yo‘riqnoma, maxsus malaka olgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil 
ishlashga ro‘xsat beriladi. Bug‘ va issiqlik qozonlari, yuk ko‘tarish kranlari, bosim 
ostida ishlovchi idishlar, elektr uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda 
ishlovchilarga maxsus o‘quv kurslarini bitirganlari xaqida hujjatlari bo‘lsagina 
ishlashga ruxsat beriladi. Xodimlarni xavfsiz ish usullariga o‘qitish va ularni to‘g‘ri 
tashkil qilish bo‘yicha umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga va 
boshqaruv tashkilotlariga yuklanadi. Sexlarda, bo‘limlarda ishchilarni va ustalarni 
xavfsiz ish usullariga o‘rgatish shu sex hamda bo‘lim rahbarlariga, shuningdek, o‘z 
vaqtida va sifatli o‘qitishni nazorat qilish esa mehnat muhofazasi bo‘limlari 
zimmasiga yuklatiladi. 
Ishchilar bilan yo‘riqnoma o‘tkazish. Yo‘riqnomalar ikki xil bo‘ladi: kirish va 
ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma. O‘z navbatida ish joyida o‘tkaziladigan 
yo‘riqnoma 3 xil bo‘ladi: dastlabki, davriy va navbatdan tashqari. 
Kirish yo‘riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan 
xizmat safariga jo‘natilganlar (ish malakasi va stajidan qat’iy nazar) amaliyot 
o‘tayotganlar va shogirdlar kirish yo‘riqnomasini o‘tadilar. Uni korxonaning mehnat 
muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa rahbar 
xodim o‘tkazadi. Agar ishga qabul qilish bevosita sexlarda amalga oshirilsa, kirish 
yo‘riqnomasini shu sexning boshlig‘i o‘tkazishi kerak. 


66 
Shikastlanganlarga dastlabki yordam ko‘rsatish, yong‘in xavfsizligi va boshqa 
maxsus masalalar bo‘yicha yo‘riqnomalarni tegishli mutaxassislar olib boradilar.
Kirish yo‘riqnomasi maxsus adabiyot, ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan 
mehnat muhofazasi xonasida, zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda 
o‘tkaziladi. Kirish yo‘riqnomasi guruh bilan va yakka tartibda o‘tkazilishi 
mumkin.Guruh bilan o‘tkazilganda eshituvchilar soni 10 kishidan oshmasligi kerak. 
Kirish yo‘riqnomasi o‘tkazilganligi haqida maxsus jurnalga va ishchi qo‘liga 
topshiriladigan ishga kirish varaqasiga yozib qo‘yiladi.
Kirish yo‘riqnomasining dasturi: 
1.korxona to‘g‘risida umumiy ma’lumot. 
2.mehnat muhofazasi. 
Havfsizlik standartlari tizimlari haqida umumiy ma’lumot. Ish vaqti va dam 
olish vaqti. Ayollar va balog‘atga yetmaganlar mehnatini muhofaza qilish. Davlat, 
tarmoq va jamoat nazorati. Korxonada baxtsiz hodisalarni taftish qilish.Ichki mehnat 
tartibi qoidalari. 
3.Xavfsizlik texnikasi.
Xavfli, zararli ishlab chiqarish omillari va ulardan himoyalanish. Ishlab 
chiqarishda baxtsiz hodisalarning va kasb kasalliklarining asosiy sabablari. 
Xavfsizlik standartlari tizimlarida ishlab chiqarish jarayonlariga va uskunalariga 
qo‘yiladigan talablar. Uskunalarning asosiy xavfsizlik qoidalari. Ogohlantiruvchi, 
to‘suvchi va signal beruvchi vositalar. Xavfsizlik ranglari va belgilari. Elektr toki 
bilan jarohatlanish xavfini oshiruvchi sharoitlar.Jarohatlarning oldini olish tartiblari. 
Ish joyini xavfsiz tashkil qilish va saqlashga qo‘yiladigan talablar. Yuk 
ko‘tarish va tashish mexanizmlari, ichki transport vositalaridan xavfsiz foydalanish 
qoidalari. 
4.Ishlab chiqarish sanitariyasi. 
Ishlab chiqarish muhitining asosiy sanitariya-gigienik omillari. Mehnat 
sharoitini yaxshilash bo‘yicha asosiy tadbirlar (texnik va tashkiliy, sanitariya-


67 
gigienik, davolash-profilaktik). Ish joylari havosini almashtirishning zarurati va 
tuzilishi. Yorug‘likni to‘g‘ri tashkil qilish. Shovqinga qarshi tadbirlar. 
5.Shaxsiy himoya vositalari, ulardan foydalanish me’yor va qoidalari. Himoya 
vositalariga qo‘yiladigan talablar.Korjomalar maxsus poyafzallar.Qo‘l, bosh, yuz, 
ko‘z, nafas a’zolari, quloqni himoya qilish.Ogohlantiruvchi moslamalar. 
6.Shaxsiy gigiena qoidalari. Sanitariya kiyimlari, poyafzallari va vositalariga 
qo‘yiladigan talablar. 
7.Korxonada yong‘in xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar. 
8.Mexanikjarohat olganda, kuyganda, kislota va ishqorlar bilan kuyganda 
zaharlanishda, elektr va ko‘z jarohatlari olgandagi dastlabki yordam.
9.Xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalari buzilganda qo‘llanadigan javobgarlik. 
Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma. Barcha ishchilar kirish yo‘riqnomasidan 
tashqari ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnomalarni xam bilishlari lozim. Ish joyida 
o‘tkaziladigan yo‘riqnomadan maqsad har bir ishchini to‘g‘ri va xavfsiz ish 
usullariga o‘rgatish hisoblanadi. Yo‘riqnomani o‘tkazish jarayonida ishchiga u 
ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik jarayon, uning harakat uzatish 
mexanizmlari, xavfli joylari, konstruktiv xususiyatlari, paydo bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish usullari, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va shu 
kabi masalalar tushuniladi. 
Yo‘riqnoma o‘tkazish ishchining bevosita rahbari bo‘lgan ustaga yuklatiladi. 
Ayrim zarur hollarda bu yo‘riqnoma tegishli mutaxassislar (mexanik, energetik, 
texnolog) ishtirokida o‘tkaziladi. 
Xodimlarga elektr xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazish va malaka guruhi 
berish korxona bosh energetigi zimmasiga yuklatiladi. 
Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma ishni xavfsiz olib borish qoidalari asosida 
sex boshliqlari tomonidan tuzilgan va korxona bosh muhandisi tasdiqlagan dastur 
bo‘yicha olib boriladi. Bu yo‘riqnomalar ruyxatini korxona bosh muhandisi kasaba 
uyushmasi raisi bilan birgalikda tasdiqlaydi.Ish joyida o‘tkaziladigan dastlabki 


68 
yo‘riqnoma ishchini mustaqil ishlashga qo‘yishdan oldin yoki ish xarakteri 
o‘zgargan hollarda o‘tkaziladi. 
Korxonaga ishga kirayotgan shaxs kasbiy malakasini malakali va tajribali 
ishchiga biriktirib qo‘yish orqali oshiradi. Bunday biriktirib qo‘yish sex 
boshlig‘ining vazifasi hisoblanadi. 
Dastlabki yo‘riqnoma o‘tkazish yo‘riqnomalarni rasmiylashtirish jurnaliga 
yozib qo‘yish orqali mustahkamlanadi. Barcha ishchilar o‘ta xavfli ishlarni 
bajarishga vazifa olishlaridan avval javobgar rahbar tomonidan yo‘riqnoma olishlari 
va bu haqda jurnalga xavfsizlik choralari ko‘rsatilgan holda rasmiylashtirilishi 
kerak. Ish joylarida o‘tkaziladiganyo‘riqnomaning dasturi. 
1.Texnologik jarayon va uskuna haqida umumiy ma’lumotlar. Asosiy xavfli va 
zararli ishlab chiqarish omillari. 
2.Ish joyiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari. 
3.Uskunaning (mashina, dastgoh, mexanizm) tuzilishi. Xavfli joylari, to‘siqlari, 
ogohlantiruvchi moslamalari, blokirovka va signal berish tizimlari.
4.Ishga tayyorgarlik tartibi (uning sozligini, kerakli asbob-uskunalarning 
mavjudligini, yerga ulash va boshqa himoya vositalarining mavjudligini tekshirish). 
5.Xavfsiz ishlash usullari, xavfli vaziyatlar paydo bo‘lganda qilinadigan ishlar. 
6.Korjomalar, shaxsiy himoya vositalari va ulardan foydalanish. 
7.Ishchilarni elektr xavfsizligini taminlashiga qo‘yiladigan asosiy talablar. 
8.Sexda xavfsiz harakatlanish sxemasi. 
9.Yuk ortish-tushurish va tashish ishlarida xavfsizlik talablari. Yuk ko‘tarish, 
tashish uskunalari va mexanizmlarini xavfsiz ishlatish. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin