Bitiruv malakaviy



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/19
tarix08.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#109893
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Kitob 9665 uzsmart.uz (1)

XULOSA 
 
Hozirgi 
kunda 
sug‘urta 
faoliyati 
bozor 
iqtisodiyoti 
moliyaviy 
infratuzilmasining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, iqtisodiyotning yaxlitlikda 
barqaror rivojlanishini ta’minlovchi muhim omillardandir. 
Shu asosda hozirgi kunda sug‘urta xizmatlarining raqobat bozorini yanada 
takomillashtirish, sug‘urta faoliyatining zamonaviy turlarini rivojlantirish va sifatini 
oshirish, sug‘urta tizimini rivojlantirishda rivojlangan sug‘urta tizimiga ega xorijiy 
mamlakatlarning tajribalarini o‘rganish va ulardan samarali foydalanishga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotga, moliyaga, pul 
muomalasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, iqtisodiy qarashlarda ijobiy fikrlarning 
shakllanishiga sabab bo‘ldi. Endilikda har bir xo‘jalik obyektining tashkilotchisi o‘z 
ixtiyoridagi mol-mulkdan samarali foydalanish uchun fidokorona harakat qilish 
bilan cheklanib qolmay, favqulodda va tasodifiy zararlarning natijasida yetkazilishi 
mumkin bo‘lgan kamomadlarni tiklash, ularning oldini olish tadbirlarini ko‘rishga 
ham intilmoqda. Shuning natijasida bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urtaga bo‘lgan 
talab kuchaya boshladi. 
O‘zbekistonda sug‘urta bozori jadal rivojlanib, iqtisodiy munosabatlarning 
barcha yangi sohalarini qamrab olmoqda. Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan 
sug‘urta biznesini yuritish bo‘yicha xalqaro standartlarga mos keng ko‘lamli 
sug‘urta xizmatlarini taqdim etadigan sug‘urta tizimini shakllantirish borasida 
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bunda muhim omil bo‘layotir. Sug’urta 
faoliyatini rivojlantirish, yanada takomillashtirish maqsadida mamlakatimizda 
qator qonun va qarorlar ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etilayotganligi ham 
sug’urtaning iqtisodiyotimiz uchun muhim faoliyat ekanligidan darak beradi. 
Mamlakatimizda 2002 yilda qabul qilingan “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonuni 
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada 


73 
isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ham bunga yorqin 
misoldir. 
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari bilan bevosita 
bog‘langan. Shunday ekan ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatgan tabiiy ofatlar bozor 
iqtisodiyoti yo‘nalishlarini chetlab o‘ta olmaydi. Sug‘urta ko‘p tarmoqli 
xo‘jaliklarning mol-mulkini saqlashda va tiklashda alohida ahamiyat kasb etadi. 
Inson va tabiat o‘rtasidagi qarama qarshilik bilan asoslangan ijtimoiy ishlab 
chiqarishning tavakkalchilik xarakteri, birinchi navbatda, tabiiy va boshqa 
ofatlarning salbiy oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish hamda yetkazilgan zararni 
yuzaga keltiradi. Bu ob’ektiv munosabatlar insonlarning erishgan xayot darajasini 
saqlab qolishga bo‘lgan real va mavjud ehtiyojini aks ettiradi. Mazkur 
munosabatlarni alohida xususiyatlar ajratib turadi va ularning yig‘indisi ijtimoiy 
ishlab chiqarishning sug‘urtaviy himoyalash iqtisodiy kategoriyasini tashkil etadi. 
Sug’urta bozorini rivojlantirish va uni yanada takomillashtirish borasida 
ko’plab chora-tadbirlar ko’rilishiga qaramay, sug’urta va sug’urta xizmatlari hali 
hamon aholi keng qatlamlariga chuqur kirib borolmayotgani va iqtisodiyotda 
yetarlicha o’z o’rniga ega emasligi barchamizga sir emas. Bugungi kunda bozor 
iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni o’sishida sug’urta tizimining o’rni va roli 
beqiyos. Shu nuqtai nazardan sug’urta bozorini rivojlantirish aholi, tadbirkor va 
ishbilarmonlar uchun turli xildagi xizmat turlarini joriy etish va ularni sodir bo’lish 
ehtimol bo’lgan zarar va baxtsiz hodisalardan himoyasini ta’minlash bugungi 
kunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Yuqoridagi tahlil natijalari va 
sug’urta bozorini rivojlantirishga to’siq bo’layotgan muammolarni o’ganib chiqib, 
quyidagi taklif va mulohazalarni amalda joriy etish orqali yuqori natijalarga erishish 
mumkin: 
-sug’urta faoliyatida marketing xizmatidan samarali foydalanish xususan, eng 
yaxshi reklamani yo’lga qo’yish, servis xizmatlaridan foydalanish, mijozlar bilan 
ishlashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish, mijozlarga xizmat ko’rsatishni eng 
qulay va samarali usullarini yo’lga qo’yish; 


74 
- sug’urta faoliyati davomida sug’urta davolarini sifatli va tezkor bartaraf 
etishga alohida etibor qaratish, sug’urta davolarini bartaraf etish bo’yicha maxsus 
bo’limlar tashkil etish;
-sug’urta madaniyatini oshirish maqsadida konferinsiyalar otkazish, mijozlar 
qiziqishini oshirishga xizmat qiluvchi strategik rejalar tuzish va joriy qilish; 
-sug’urta bozorini takomillashtirishda jahon tajribasidan foydalanish. 
Yuqorida ko’rsatilgan chora-tadbirlarni amalda joriy etish sug’urta bozorini 
rivojlanirishga imkoniyat yaratadi va mamlakat iqtisodiyoti sug’urta bozorini o’rni 
va rolini kuchaytiradi deb aytishimiz mumkin. 


75 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin