Bitiruv malakaviy


Texnogen, tabiiy va ekologiktusdagi favquloddavaziyatlar



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix08.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#109893
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Kitob 9665 uzsmart.uz (1)

 
4.2. Texnogen, tabiiy va ekologiktusdagi favquloddavaziyatlar 
Favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga ko‘ra tasnif kilinadi 
va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga 
va ko‘lamlariga qarab lokal, maxalliy, respublika va transchegara turlarga bo‘linadi. 


69 
1.Transport avariyalari va xalokatlari: 
Ekipaj a’zolari va yolovchilarning o‘limiga, havo kemalarining to‘liq 
parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya–qidiruv 
ishlarini talab qiladigan avia halokatlar; 
Yong‘inga, portlashga, xarakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo‘lgan va 
temir yo‘l xodimlarining, xalokat hodisadagi temir yo‘l platformalarida, vokzal 
binolarida va shaxar imoratlarida bo’lgan odamlar o‘limiga, shuningdek 
tashilayotgan kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi zaxarli moddalar bilan (KTKZM) halokat 
joyiga tutash xududning zaxarlanishiga olib kelgan temir yo‘l transportidagi 
halokatlar va avariyalar. 
Favqulodda vaziyat – bu muayyan xududda o‘zidan so‘ng odamlarning qurbon 
bo‘lishi, odamlar sog‘lig‘i yoki atrof-muhitga ziyon yetkazishi, kishilarning hayot 
faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin 
bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, xalokat, stixiyali ofat, epidemiyalar, epizootiyalar 
natijasida yuzaga kelgan xolatdir. 
Portlashlarga, yong‘inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, 
tashilayotgan KTKZMlarning zararli xossalari namoyon bo‘lishiga va odamlar 
o‘limiga sabab bo‘ladigan avtomobil transportning halokati va avariyalari, shu 
jumladan yo‘l transport hodisalari; 
Odamlarning o‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten 
poezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellardagi 
xalokatlar, avariyalar, yong‘inlar; 
Gaz, neft va neft mahsulotlarining otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz 
favvoralarining yonib ketishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlardagi avariyalar. 
2. Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar: 
Atrof – tabiiy muxiti kuchli ta’sir kiluvchi zaxarli moddalarning otilib 
chikishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, xayvonlar va o‘simliklarning 
ko‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan darajada, yo‘l 
qo‘yilgan chegaraviy konsentrasiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya – himoya 


70 
hududidan chetga chiqishga sabab bo‘ladigan kimyoviy xavfli ob’ektlardagi 
avariyalar, yong‘in va portlashlar. 
3. Yong‘in – portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar: 
Texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa 
yong‘in uchun xavfli moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan 
ob’ektlardagi, odamlarning mexanik va termik shikastlanishiga, zaxarlanishiga va 
o‘limiga, asosiy ishlab chiqarish fondlarining nobud bo‘lishiga, favqulodda 
vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish siklining va odamlar hayotining buzilishiga 
olib keladigan avariyalar, yong‘inlar va portlashlar; 
Odamlarning shikastlanishiga, zaxarlanishiga va o‘limiga olib kelgan hamda 
qidirish – qutqarish ishlarini o‘tkazishni nafas olish organlarini muhofaza qilishning 
maxsus anjomlarini va xalatlarini qo‘llanishni talab qiluvchi ko‘mir shaxlaridagi va 
ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog‘liq avariya – yong‘inlar va jinslar 
qo‘porilishi. 
4.Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar: 
Sanoat va qishloq xo‘jaligi mas’ul iste’molchilarining avariya tufayli energiya 
ta’minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan GES, 
GRES, TESlardagi, ulkan issiqlik markazlaridagi, elektr tarmoqlaridagi bug‘qozon 
bo‘lmalaridagi, kompressor va gaz taqsimlash shaxobchalaridagi va boshqa energiya 
ta’minoti ob’ektlaridagi avariyalar va yong‘inlar. 
Aholi hayot faoliyatining buzilishiga va salomatligiga xavf olib kelgan gaz 
quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizatsiya va 
boshqa kommunal ob’ektlardagi avariyalar. 
Atmosfera, tuproq, yer osti va yer usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf 
tug‘diruvchi darajada konsentrasiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab 
bo‘lgan gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi 
avariyalar. 
5.Odamlar o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan va zudlik bilan avariya – qutqaruv 
o‘tkazalishini hamda zarar ko‘rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini 


71 
talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy 
yo‘nalishdagi ob’ektlar, shuningdek uy–joy sektori binolari konstruksiyalarining 
to‘satdan buzilishi, yong‘inlar, gaz portlashi va boshqa xodisalar. 
6. Gidrotehnik halokatlar va avariyalar. 
Suv omborlarida, daryo va kanallardai buzilishlar, baland tog‘lardagi 
ko‘llardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan xamda suv bosgan xududlarda 
odamlar o‘limiga sanoat va qishloq xujaligi ob’ektlari ishining, aholi hayot 
faoliyatining buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlarini talab 
qiladigan xalokatli suv bosishlari. 


72 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin