5529,1
6762
9312,9
476,5
511,5
595,7
2010
2011
2012
investitsiya va sug'urta faoliyatidan kelgan
foyda hajmi
sug'urta faoliyati
investitsion faoliyat
2.10-rasm. Investitsiya va sug’urta faoliyatigan kelgan foyda hajmi
dinamikasi.
Kompaniya 681.1 mln.so’m miqdordagi sof foyda oldi. Yana kompaniya
aktivlarining ko’payishi ham kuzatildi.
2012 yil 01.01 holatiga ko’ra ularning miqdori 14,2mlrd.so’mni tashkil etgan bo’lsa
2013.01.01 holatiga ko’ra 18,7mlrd so’mga yetdi.
Hozirgi kunda O'zbekistonda 30 dan ortiq sug’urta kompaniyalari faoliyat olib
borayotgan bo’lsada “ALSKOM” sug'urta kompaniyasi sug’urta bozorida muvaffaqiyatli
50
faoliyat olib bormoqda.
Kompaniya o’z faoliyati davrida bir qator reytinglarga ega bo’ldi. Shu o’rinda
“SAIPRO” axborot-reyting agentligi Kompaniyaning moliyaviy barqarorlik reytingini
"uzА+" (juda yuqori moliyaviy barqarorlik) darajasiga ko’tardi. 2013 yilda kompaniya
yuqori ko’rsatkichlarni namoyon etdi. Raqamlarda misol keltiradigan bo’lsak o’tgan yilda
tuzilgan sug’urta shartnomalari bo’yicha ko’rsatkich 2012 yilga nisbatan 220 foizga o’sdi.
Sug’urta javobgarligining o’sishi esa 166 foizni tashkil etdi. Shuningdek, sug’urta
mukofotlari yig’imi 147 foizga o’sganini ko’rishimiz mumkin.
Barcha yig’ilgan sug’urta mukofotlaridan majburiy sug’urtaning ulushi 30 foizni
tashkil etadi. Bu esa o’z navbatida aholi o’rtasida ixtiyoriy sug’urtaga bo’layotgan qiziqish
hamda ishonchni yanada rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Bundan tashqari aholi
o’rtasida sug’urta madaniyatini oshirish, shuningdek, aholi ushbu sug’urta turlaridan
yanada faol foydalana olishi uchun sug’urta turlarining sifatini, xizmatlarini oshirish lozim.
Kompaniya o’z faoliyati davomida sug’urta davolarini sifatli va tezkor bartaraf
etishga alohida etibor qaratib kelmoqda. Xususan, hisobot davrida 1193 ta holatda sug’urta
qoplamalari o’z egalariga to’lab berilgan. Ulardan jismoniy shaxslarga 410 ta da’vo,
yuridik shaxslarda esa 783 ta davo to’g’ri keladi. 2012 yilga nisbatan mijozlardan sug’urta
mukofatlari bo’yicha kelib tushgan arizalar soni 1.9 marotabaga oshdi. To’lab berilgan
sug’urta qoplamalari hajmi 1.2 marotaba ko’tarildi. To’lab berilgan jami sug’urta
qoplamalarida majburiy sug’urta turning ulushi 60 foi
8
zni, ixtiyoriy sug’urta turiniki esa 40
foizni tashkil etadi.
Takidlanganidek, sug’urta davolarini bartaraf etish bu kompaniya va mijoz
o’rtasidagi juda muhim holat hisoblanadi. Shu bois kompaniyaning bosh ofisida sug’urta
davolarini sifatli va tezkor ravishda bartaraf etish maqsadida sug’urta davolarini bartaraf
etish departamenti hamda kompaniya filiali va bo’limalarida sug’urta davolarini bartaraf
etish bo’yicha maxsus bo’limlar tashkil etilgan. Ushbu bo’limalarga har oy mijozlardan 60
ga yaqin arizalar qabul qilinadi.
8
www.alskom.uz
|