Bitiruv malakaviy



Yüklə 118,86 Kb.
səhifə2/16
tarix17.03.2023
ölçüsü118,86 Kb.
#88407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bitiruv malakaviy ishi

Tadqiqot predmet Mehnat ta’lim fanlarni o’qitish jarayoni, shakllari, metodlari va vositalari hisoblanadi.
Tadqiqot uslubiyoti va uslublari: Adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, suhbat, ilmiy-uslubiy manbalar bilan ishlash, eksperiment, ilg’or pedagoglar ish tajribalarini tahlil qilishdan iborat.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi: Mehnat ta’lim fanlarni o’qitish jarayoni faoliyatga keys-stadi texnologiyasini zamon talablari darajasida amalga oshirilsa, yetuk mutaxassislar yetishib chiqadi. Shuningdek Mehnat ta’lim fanlarni o’qitish jarayonida keys-stadi texnologiyasini pedagogik jarayonga tadbiq qilinishi bo’yicha metodik tavsiyalarning ishlab chiqilganligini ko’rsatish mumkin.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi: Tadqiqot ishi bo’yicha olingan ilmiy natijalardan o’rta maxsus ta’lim jarayonini tashkil qilishda, shuningdek, bitiruv malakaviy dissertasiyasini tayyorlashda foydalanish mumkin.
Ish tuzilishi va tarkibi: Kirish, III bob, 6 fasl, har bir bobga xulosa, umumiy xulosa, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovadan iborat.
Bajarilgan ishning asosiy natijalari: Mavzuga оid 2 ta ilmiy maqоla chоp etilgan.
Xulosa va takliflarning qisqa umumlashtirilgan ifodasi: Mehnat ta’lim fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasini qo’llash orqali dars samaradorligini oshirish mumkin.
Kirish


“Eng yangi zamonaviy o‘quv vositalari bilan ta’minlaydigan ta’lim muassalarida eskidan qolgan o‘qitish usullarining davom etishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.” I.A. Karimov.


Мavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo‘nalishlarini belgilab berdi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’limni tubdan isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatilib berildi. “Unda uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi”, deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, dasturda: “Ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarini yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash” ta’lim mazmuning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi. [1,20 b]
“Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi yuksak darajada anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi ”. [7, 78 b]
Prezidentimiz I.A. Karimovning ushbu ta’kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta’limning yangi-yangi modellari yaratilmoqdaki, uning nazariy asoslari yetakchi mutaxassis-olimlar tomonidan ilmiy-amaliy tarzda isbotlab berilmoqda. Ushbu ilmiy- amaliy isbotlash, o‘quv jarayonlarini yuksak darajada
texnologiyalashtirishtirish bilan chambarchas bog’langandir. Fikrimizning dalili sifatida muhtaram Prezidentimizning 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagogik kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g’risida”gi Qarorini keltirishimiz mumkin.[2, 34 b]
Ushbu Qarorda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi zudlik bilan ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik uslub va texnologiyalarni, hamkorlikda o‘qitish, shuningdek, “amaliy o‘yin”lar, interfaol ta’lim uslublari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va mul’timedia taqdimotlaridan foydalanish borasida chet-el tajribasini chuqur va har tomonlama o‘rganib chiqishligi ko‘rsatilgan. [34,36 b]
Bizga yaxshi ma’lumki, Respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko‘ra kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarlar uchun yuqori malakali oliy ma’lumotli o‘qituvchi mutaxassislar tayyorlashning o‘ziga xos “o‘zbek modeli”- yaxshi tizim ko‘rinishida amalga oshirib kelinmoqda. Qarorda ta’kidlanishicha bu borada hali bajarilishi, o‘rganilishi, ta’lim jarayoniga tadbiq qilinishi zarur bo‘lgan ishlarimiz anchagina.
Demak, ilmiy-texnik taraqqiyot sanoat sohasida, tibbiyotda va boshqa xalq xo‘jaligi sohalarida keng joriy qilinayotgan ekan, buni fan-madaniyat, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar tizimlar sohasiga ham, zamonaviy yangi-innovatsion texnologiyalarini ta’lim-tarbiya sohasiga ham joriy etishni hayotning o‘zi talab etmoqda.
Hozirgi kunda yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish va ularni ta’lim-tarbiya jarayonlariga tadbiq etish zaruriyati shuning uchun dolzarb masalalardan biriga aylanmoqdaki, amaldaki an’anaviy o‘qitish tizimi o‘z faolligini ancha yo‘qotdi, ya’ni quruq og’zaki so‘zlar yordamida o‘qitish samara bermayapti.
Buning o‘rniga esa “Axborotli-amaliy o‘qitish” tizimi ta’lim tarbiya jarayoniga ko‘proq samara berishligi Prezident Qarorlarida ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Мehnat ta’limi texnologiyalarga asoslangan ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyati va o‘quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning aniq texnologiyasi ko‘rsatiladi.[34,4 b]
Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kuning ehtiyojiga aylanadi.
Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoning unumdorligini oshiradi, talabalarning mustaqil fiklarash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishlarni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi.
Shu sabab ham bugungi kunda ta’lim tizimizda innovatsion pedagogik texnologiyalar faol qo‘llanilib kelinmoqda, ayni vaqtda bu o‘quv jarayoning yangicha ruhda shakllanishiga imkoniyat yaratmoqda. O‘quv jarayonlarini kuzatadigan bo‘lsak har bir dars jarayoni o‘z navbatida ma’lum bir texnologiyalarga asoslangan holda o‘tkazilmoqda. Bu o‘z navbatida o‘qituvchi va talaba faolliyatini yanada jadallashtirmoqda va mustaqil faoliyatga undamoqda. Aynan bu jarayonlarni amalga oshirishda amaliy vaziyatlarni hal qilishda keys- stadi texnologiyasi ham muhim ahamiyatga egadir. Keys-stadi texnologiyasi muammoli vaziyatlarning yechimini topishga asoslangan texnologiya hisoblanadi. Keys-stadi texnologiyasi asosan iqtisod fanlarini o‘qitishda qo‘llanilgan. So‘ngra bu texnologiya boshqa fanlarni o‘qitishda ham foydalanilgan. Keys-stadi texnologiyasi asosan amaliy darslarni o‘qitishda qo‘lanilib boriladi va talabalarni shaxsiy va kasbiy faoliyatda yuzaga keluvchi vaziyatlarga oldindan tayyorlaydi, bilim, ko‘nima, malakalar hosil qilishga o‘rgatadi.

Yüklə 118,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin