Bitiruv malakaviy



Yüklə 118,86 Kb.
səhifə5/16
tarix17.03.2023
ölçüsü118,86 Kb.
#88407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bitiruv malakaviy ishi

Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosini qomusiy allomalarning ilmiy-falsafiy qarashlari, ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan davlat hujjatlari, Prezident I.A. Karimovning asarlari tashkil qiladi.
Tadqiqot metodlari: Adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, suhbat, statistik ma’lumotlar bilan ishlash, ilmiy, ilmiy-uslubiy manbalar bilan ishlash, eksperiment, ilg’or pedagoglar tajribalarini tahlil qilishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy farazi: Мehnat ta’limi fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanilsa dars samaradorligi oshishi, va talabalarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalari rivojlanishi, kelgusi amaliy faoliyatda yuzaga keluvchi vaziyatlarga oldindan tayyorlash imkoniyatlariga ega bo‘lishlari mumkin

Himoyaga olib chiqiladigan asosiy holatlar:


1. U mum ta’l im maktablarida o’quvchilarida mehnat ta’limi fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasini qo‘llash orqali ularda ijodiy fikrlash sifatlarni shakllantirish mumkin.
2 pedagogik fanlarni o’q Umumta’lim maktablarida itishda keys-stadi texnologiyasini qo’llagan holda samarali natijalarga erishish mumkin.

  1. Keys-stadi texnologiyasini qo‘llash orqali o’quvchilar kasbiy-amaliy faoliyatga oldindan tayyorlanishlari mumkin.

  2. Keys-stadi texnologiyasini qo’llash jarayonida o’quvchilarda mustaqil qaror qabul qilish, jamoa a’zolari bilan jipslashgan holda faoliyot olib borish kabi ko’nikmalarni rivojlantirish mumkin.

  3. Keys-stadi texnologiyasini samarali tashkil qilinsa o’qituvchi faoliyat mazmuni yangicha uslublarga o’zgarishi mumkin.

I BOB. Keys-stadi innovatsion o‘qitish texnologiya sifatida


    1. Keys-stadi texnologiyasining rivojlanish tarixi

Bugungi kunda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy qilish, o‘quv faoliyatida o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligini ta’minlash, ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish ta’lim oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Biz shaxsiy-kasbiy faoliyatimizda turli xil muammoli vaziyatlarga duch kelamiz, aynan shu vaziyatlarning muqobil yechimini izlash, yuzaga kelgan har qanday muammoli jarayoning yechimini topa olish, istiqboli rejalarni tadbiq qila olish bizning bilim, mahoratimizga bog‘liqdir. Aynan amaliy vaziyatlarni hal qilishda qo‘llaniluvchi keys-stadi texnologiyasi kelgusi faoliyat jarayonida yuzaga keluvchi vaziyatlarning yechimini oldindan topishga o‘rgatuvchi, yangi yechimlarni ishlab chiqishga yo‘naltiruvchi pedagogik teхnologiyalardan biridir.
Keys-stadi texnologiyasining asosiy maqsadi o‘quv guruh o‘quvchilarning bilim olish jarayonini faollashtirish, mavjud muammoli vaziyatlarni hal qilish orqali ularning ilmiy–ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Shuningdek texnologiya talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalarini hamkorlikda qo‘llashga, taklif qilingan yechimlarni tahlil qilish orqali muqobil yechimini izlashga o‘rgatuvchi ta’lim texnologiyasidir.[21, 1b]
Amaliy vaziyatlarni hal etish uslublari va vositalari, ya’ni keys-stadi (ingilizcha “case”-yig‘ma, aniq amaliy, holat, stadi-o‘quv) texnologiyasi bo‘lib, u tashkilot, shaxslar guruhi yoki alohida shaxslar hayotidan olingan real vaziyat deganidir.[25, 17 b] Gary Thomas quyidagi keys-stadiga oid tarifni keltirib o‘tadi: Keys stadilar bu shaxslarni, voqealarni, qarorlarni, davrlarni, loyihalarni, qonunlarni, tashkilotlarni va boshqa tizimlarni bir yoki undan ortiq usullar orqali
avvaldan o‘rganib kelinayotgan tahlili hisoblanadi. Keysning subyekti tahliliy vaziyatlardir, ob’ekti esa uni tahlil qilish jarayonidir.[25, 6-7 b]
Cheklangan miqdordagi elementlarni o‘rganish uchun namunalardan va jiddiy bayonnomalardan(qoidalar to‘plamini) foydalanish o‘rniga, keys stadi usuli o‘z ichiga yagona bir vaziyat yoki voqeani uzoq muddat davomida chuqur o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Ular voqealarga, ma’lumot yig‘ishga, ma’lumotni tahlil qilishga va natijalarni e’lon qilishga tizimlashtirilgan qarashlarni ta’minlaydi. Natijada o‘rganuvchi sodir bo‘lgan voqeani qanday sodir bo‘lganligi haqidagi tushunchasini yanada rivojlantirishi mumkin va kelajakdagi izlanishlar uchun nimalar muhim hisoblanishini bilib olishi mumkin. Keys- stadilar, farazlarni dunyoga keltirishda hamda ularni sinovdan o‘tkazishda muhim rolni o‘ynaydi. [25,511 b]
Keys-stadi bo‘yicha yana bir ta’rif bu uni tadqiqot strategiyasi deb belgilanishidan iborat. Keys-stadi bu bir yoki bir nechta keyslarni, ko‘p miqdordagi dalillarni o‘z ichiga olishi mumkin, turli-xil dalil manbalariga bog‘liq va nazariy vaziyatlarning oldingi rivojlanishidan manfaat olishini anglatadi. Keys- stadilar statistik izlanishlar va ko‘p ma’lumot to‘plagan holda tadqiqot qilish bilan farqlay olish lozim. Bir mavzudagi tadqiqot keys- stadi ma’lumotlaridan foydalanib, xulosalar qabul qilish uchun asos keltirib beriladi. Bu yana Lamnek fikrlarida o‘z tasdiqini topadi va shakllanad. Keys-stadi – bu tadqiqotli yondashish, aniq ma’lumotlar olish texnikalari va metodologik paradigmalar orasida joylashgan. Ba’zida keys-stadi, keys-buk bilan adashtiriladi, deb hisoblaydilar.[52]
Keys-buk metodi, yoki boshqacha qilib aytganda keys metodi asosan Ameriaka Qo‘shma Shtatlarining huquqshunoslik maktablarida huquqni o‘qitishni asosiy uslubi hisoblanadi. U Garvard huquqshunoslik maktabida Kristofer Kolumbus Langdell tomonidan kashf qilingan.[53] Bunda huquqiy hujjatlarni mavhum rezyumesini o‘rganish o‘rniga Amerika qonunlarini yaqindan tanishishni yaxshi yo‘li bu sud fikri va qarorining o‘zini o‘rganib chiqishdir, degan tamoyil asos qilib olingan. [14,118] Shu maqsadda amerikalik huquqshunos professorlar
huquqning aniq sohalariga tegishli mashhur sudlarda amalga oshirilgan ishlarni yig‘ishadi, bular maxsus o‘quv-qo‘llanmalar “keysbuklar” deb ataladi. Ba’zi professorlar ishlarga o‘zgartirishlar kiritib, ularning mag‘zinigina ayrim ma’lumotlarni olib tashlagan holda qoldiradi, ba’zilari esa ishni bus-butunligicha qoldiradi. Umumiy usullardan biri bu yangi qonun yaratishga turtki bo‘lgan ishga aloqador barcha ma’lumotlarni qisqacha xulosa bilan keltirib berishdan iboratdir. Odatda amerika huquqshunoslik maktablarida keysbuk uslubi Suqrot metodi bilan uyg‘unlashgan. Mazkur sinf uchun o‘qituvchi bir nechta vaziyatlarni o‘qishga beradi va yana unga qo‘shimcha bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni talab qilishi mumkin. Sinfda o‘qituvchi o‘rganish tayinlangan ish bo‘yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularning qonularni, vaziyatni tushungan, tushunmaganligini aniqlab oladi va bu jarayon bahs munozara tarzida kechadi. Agarda ma’lum bir qonun jiddiy bahsga sabab bo‘lsa, unda bu qoida shubha ostiga tushadi. Bu o‘qitish metodi boshqa o‘quv dasturlaridagi o‘qitish metodidan 2 ta xususiyati bilan farq qiladi:

  1. O‘quvchilardan birlamchi manbalardan, ya’ni qonun tilida yozilgan ishlardir.

  2. Amerika huquqshunoslik maktablarida asosan sinfda keysni anglash uchun diologlardan foydalaniladi, to‘g‘ridan- to‘g‘ri ma’ruza o‘qib berish orqali emas. Ba’zi huquqshunoslik maktablarida esa keysbuk metodi ma’ruzalar bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘ladi. Bular asosan soliq qonunlarini va savdo-sotiqga oid qonunlarni o‘rganadigan sinflarda uchraydi. Bu usul yana Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarning umumiy qonunlarida qo‘llaniladi. Keysbuk uslubi, keys -stadi uslubiga juda o‘xshaydi, lekin ular bir xil emas.[25,317 b]

Keys- stadi texnologiyasi aniq o‘quv materiallar asosida maxsus ishlab chiqilgan vaziyatlarni aniqlash, yechishga yo‘naltirilgan bo‘lib oldindan o‘quv soat mavzusi asosida tuziladi va talabalar bilan birgalikda tahlil qilish maqsadini ko‘zlaydi.
Keysda bayon qilingan muammoli vaziyat ma’lum bir institusional tizimda ko‘rib chiqiladi, bunda hayotdagi tipik muammolar qayta yaratadigan holda real yoki sun’iy qurilgan hodisalar sifatida aks etiriladi.
Keys- stadi texnologiyasi kelib chiqishi va ta’lim tizimida qo‘llanilishi o‘tgan asrning yigirmanchi yillariga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarga qaraganda bu texnologiya undan ham oldinroq mavjud bo‘lib o‘quv jarayonlarida qo‘llanilib borilgan. Keys-stadi texnologiyasining kirib kelishida yunon faylasufi Suqrotning maktabi alohida ahamiyatga egadir. Chunki Suqrotning shogirdlari bilan olib borgan bahs-munozarali suhbatlari, aynan keys-stadi texnologiyasini eslatadi. Shuningdek turli kashfiyotlarning o‘z tasdig‘ini topishi, isbotlanishida ham keys-stadi texnologiyasi o‘ziga xos o‘ringa ega. Masalan tanqidiy keyslar ko‘pchilik nazariyalarni isbotini topishda qo‘llanilgan.
Tanqidiy keysni umumiy muammoga bog‘liq bo‘lgan strategik ahamiyatga ega keys deb aytish mumkin. Tanqidiy keys quyidagi umumlashtirish turiga ijozat beradi, “agar bu ushbu keys uchun haqiqiy bo‘lsa, bu hamma(ko‘pchilik) keyslar uchun haqiqiy hisoblanadi’. Keys-stadi yana mashhur faylasuf Karl Popperning falsifikatsiya (sohtalashtirish) deb nomlangan test turini umumlashtirishning samarali usuli hisoblanadi. Buning inkor shakli “agar bu ushbu keys uchun to‘gri hisoblanmasa, unda bu har qanday keys uchun haqiqiy hisoblanmaydi” degan ko‘rinishda bo‘ladi. Falsifikatsiya bu ilmiy takliflarni rad qila oladigan jiddiy testlardan biridir: agar faqat bitta kuzatuv ilmiy farazga mos kelmasa, u holda bu faraz rad qilinishi yoki qaytadan o‘rganilishi kerak.
Popperning o‘zi mashhur “qora oq qushlar” misolidan foydalanib, kuzatuv jarayonida faqat bitta qora qushning aniqlanishi bu farazni rad qilinishini yoki soxta ekanligini aniqlab beradi va shu yo‘l orqali bu umumiy ahamiyatga ega bo‘lib, kelajakdagi izlanishlarga va nazariya yaratishlarda turtki bo‘ladi.[25,119b]
Galileo Galiley tomonidan Aristotelning Butun dunyo tortishish qonuni rad qilinishi o‘z-o‘zidan emas bu keys-stadiga asoslangan va bu keys ma’lumotlarga tayangan holda tanlangan. Raddiya asosan farazdan boshlangan, keyinchalik u
tajriba orqali o‘z isbotini topgan. Shunga qaramasdan, Aristotelning tortishish qonuni rad qilinmasdan oldin 2000 yilgacha ilmiy fakt deb qabul qilinib kelgan. O‘zining tajribasida, Galileo quyidagi sababni keltirgan: agarda ikkita jism bir vazndagi bir xil tepalikdan tashlab yuborilsa bir xil paytda, ular yerga bir xil tezlikda birdaniga tushishadi. Agar bu ikkita jism bir-biriga birlashtirilsa, bu jism ikki marta ko‘p vaznda bo‘ladi va Aristotel qonuniga ko‘ra yerga ikkita ayrim jismga qaraganda tezroq qulaydi. Bu natija Galileoni qoniqtirmaydi. Bu qarama- qarshilikni bartaraf qilishni yagona yo‘li bu qulash omili hisoblangan vaznni olib tashlashdan iborat edi. Galileoning tajribalari har xil vazndagi jismlarni har xil tepalikdan va har xil shamol tezligida tashlab ko‘rishdan iborat emas edi. Aksincha bu yagona tajriba, ya’ni keys -stadi edi. [14, 221 b]
Galileoning qarashi ikkilanishlarga sabab bo‘ldi, Aristotelning qarashi esa darrov rad qilinmadi va havo nasosi kashf qilinmaguncha yarim asr hukm surdi.
Havo nasosi kashf qilinishi o‘quvchilarga ma’lum tajribalarni o‘tkazishga yordam berdi, bunda tanga yoki qo‘rg‘oshin parchasi vakum trubalari ichida pardek bir xil tezlikda tushishadi. Bu ilmiy tajribadan keyin Aristotelning qarashi butunlay rad qilindi. Lekin, metallarning va parni oqilona tarzda tanlanganini ta’kidlab o‘tish lozim. Shular yordamida Galileo o‘z fikrini isbotlab berish uddasidan chiqdi. Keysni strategik tarzda tanlash keysning umulashtirishga olib kelishini kuzatish mumkin.[14, 224 b]
Keys-stadi texnologiyasi ilk marotaba 1870 yilda Garvard biznes maktabida qo‘llanila boshlangan. “Muammo” (situatsiya) atamasiga keladigan bo‘lsak, ushbu so‘z ko‘proq tibbiyot va huquqshunoslik sohalarida qo‘llanilib kelingan, ta’lim tizimida bu so‘z yangicha talqin qilinadi. [30, 117 b]
1920 yilda Garvard biznes-maktabi (HBS) o‘qituvchilari yuristlarning o‘qitish tajribasiga tayanib, iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilishni ta'limning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur o‘qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi. [43,5 b]
Turli-xil vaziyatli mashqlar to‘plangan ilk kitob 1921 yilda Kouplend va Garvard biznes maktabining rahbari Volas Donam homiyligida chop qilingan.
Keys- stadi texnologiyasining rivojlanishida Garvard va Manchestr maktablari alohida ahamiyatga egadir, ular bir-biridan qo‘llanish usullari orqali farq qiladi.
Keys- stadi uslubi birinchi marotaba ijtimoiy fanda Frederik Le Play tomonidan 1929 yil oila byudjeti statistikasini hisoblashda qo‘llangan.[38,120 b] Keyinchalik keys stadilar ijtimoiy fanlarda yangi nazariyalarni yaratishda sotsiologlar Barney Glaser va Anselm Strauss tomonidan 1967 yil, “asoslangan nazariyada” tadqiqot metodi sifatida qo‘llanilgan. [30,110 b]
XX asarning boshlarida Garvard maktabining o‘qituvchilari darslarida ma’ruza o‘qish jarayonida fikrlashga undovchi masalalarni to‘liq tushuntirmaganlar, bu masalarga javoblarni talabalarning o‘zlari toptirishga harakat qilganlar va talabalarning bildirgan yechimlarini qayd qilib borganlar. Bu jarayon davomida turli hil muammolarni ham kiritib, talabalarni yechimlarni topishga undaganlar.[36,116 b]
XX asrning 70-80 yillariga kelib ushbu texnologiya dunyo bo‘ylab keng tarqaldi. Ko‘pgina mamlakatlarda bu texnologiyadan faqat iqtisod fanlarini o‘qitishda qo‘llanilib kelingan edi. O‘sha paytda bu texnologiya ustida rossiyalik olimlardan G.A Bryanskiy, Yu.Yu Ekaterinoslavskiy, O.V Kozlova, Yu.D.Krasovskiy, V.Ya. Platonov, D.A Pospelov, O.A.Ovsyannikov, V.S. Rapopportniklar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ammo bu davrda texnologiyaga yetarlicha darajada e’tibor qaratilmagan, turli ijtimoiy qatlamlar tomonidan taziyiqga uchraganligi sabab bu texnologiya dars jarayonlarida qo‘llanilmay qo‘yilgan.
Keys-stadi texnologiyasi 1990-yillarning ikkinchi yarimda Rossiyalik mutaxassislar tomonidan yana qayta o‘rganila boshlandi. Iqtisodiyot sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohatlar natijasida, zarur paytda mustaqil va to‘g‘ri qarorni qabul qilib, qiyin bir holatdan chiqaradigan , to‘g‘ri tavakkal qila biladigan iqtisodchilarga talab keskin oshdi. Buning natijasida ko‘plab oliy ta’lim
muassalarida o‘qitilayotgan fanlarda keys texnologiyasi qo‘llanila boshlandi va shuningdek iqtisodiyot sohasiga yangi yo‘nalishlar qo‘shildi: menejment, marketing, sotsiologiya, siyosatshunoslik va boshqalar. Ushbu yo‘nalishlar orqali ta’lim sohasiga interaktiv o‘qitish uslublari kirib keldi.
Keys stadi o‘zining uzoq shakllanish bosqichlariga egaligi bilan ahamiyat kasb etadi. Keys-stadilar farazlarni sinovdan o‘tkazish uchun qo‘llanilishi yaqin o‘n yilliklarda paydo bo‘lib, mashhur uslubga aylanishga ulgirdi. Keys- stadilardan foydalanish ta’limda, xususan ta’lim evolyutsiyasida mashhurlikka ega bo‘ldi.[36,21b] Hozirda tajriba olamida ma’lum bo‘lganlarning ko‘pchiligi keys- stadilar yordamida erishilgan va ko‘p sohalarda qo‘llaniladi, shular ichiga psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, tarix, ta’lim, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, menejment, geografiya, biologiya va tibbiyot kiradi. Masalan, barcha yuqori saviyadagi siyosatshunoslikka oid jurnallardagi maqolalarning yarimi keys-stadilardan foydalanadi. Lekin bu yerda, Oksford professori Bent Flyvbjerg ta’kidlaganidek aqlga zid fikr bor. Keys-stadilar keng ko‘lamda qo‘llanilayotgan bir paytda, ularga bo‘lgan e’tibor pastligi va umuman e’tibordan chetda qolayotgani tushunarsiz holat. Oliygohlarda taklif qilinayotgan kurslar buning isbotidir. Ma’lumki keys - stadi paradoksi mavjudligi uning tadqiqot uslubi deb qabul qilinganligi sabablidir. Bu keys stadi tushunmovchilikni hal qilish orqali paradox yechimini topishi mumkin.[25,16 b]
Flyvbjerg(2006) keys stadining tadqiqot sifatidagi cheklanishlarga oid 5 ta tasdiqlovchi gaplarni ko‘rsatib beradi: [14, 310 b]

    1. Umumiy, nazariy bilim aniq, amaliy bilimdan qadrliroqdir.

    2. Ayrim bir keysga asoslangan holda ilmiy rivojlanishga erishib bo‘lmaydi.

    3. Keys-stadi farazlarni dunyoga keltirishda juda foydali uslublar va farazlarni tekshirib ko‘rishda va nazariya yaratishda qulay hisoblanadi.

    4. Keys-stadi verifikatsiyaga moyil bo‘ladi, ya’ni tadqiqotchi fikrini isbotlashga moyillik.

    5. Ko‘p hollarda aniq misollar yordamida umumlashtirish va nazariyani rivojlantirish qiyin kechadi.

Keys-stadi texnologiysi faqat ta’lim sohasiga hos uslubiy yangilik emas, bu uslub talabaning bilim faoliyatga yo‘naltirishdan tashqari, uning kommunikativ qobiliyatlarini shakllantirishga ham qaratilgandir.
Hozirgi kunda keyslarni yozadigan va ularni nashr qiladigan Michigan Universitetidagi Glabolens kabi markazlar mavjud. Dunyo bo‘yicha yuridik maktablarda keys stadilarni o‘qitish va ularni yozish faoliyatning markaziy vazifasi hisoblanadi. Yevropa Keys Kliring Uyi va Globalensga o‘xshagan ba’zi tashkilotlarda eng yahshi o‘qitish keyslarini aniqlash uchun musobaqalar olib boriladi. Ayrim muassasalar o‘qitish keyslarini yozishda juda faol qatnashadilar (taqdirlangan mukofotlar soni bilan aniqlangan), bularga: Garvard biznes maktabi, Virjiniya universitetining Darden maktabi, Michigan universitetidagi Ross biznes maktabi, Richard Ivey biznes maktabi, Osiyo menejment instituti, Hindiston menejment instituti, Ahmedobod va Kong universitetidagi Osiyo keys tadqiqot markazi kabilar kiradi. [14,313b]

Yüklə 118,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin