3- raqamli – ishtirokchimiz ______________ bu bolamiz epchil, ziyrak sho’x.
4- raqamli – ishtirokchi yigitimiz _____________ u o’z yaxshi ko’rgan taomi osh, yaxshi ko’rgan mashg’uloti rasm, kelajakda u askar bo’lmoqchi.
5- raqamli – ishtirokchi yigitimiz ___________ u indamas kam gap, lekin zehnli. Yaxshi ko’rgan taomi palov, yaxshi ko’rgan mashg’uloti tabiat. Kelajakda matros bo’lmoqchi
Mana ishtirokchi yigitlarimiz bilan ham tanishib oldik. Hozir men, sizlarni yigitlarimizni ishtirokini baholab berish uchun hakamlar hayati bilan tanishtiraman.
Hakamlar hayati raisi: 1.
A’zolari: 2.
3.
Marhamat hakamlar xay’ati va a’zolari o’z joylaringni egallashlaringizni so’raymiz.
Bolalar “Dadajon” raqsini ijro etib beradilar.
Boshlovchi: 1-shart “Keling tanishaylik” – deb nomlanadi. Bu shartimizda yigitlarimiz o’zlarini tanishtiradilar.
- 2 - Yigitlar chiqishi. Boshlovchi: 1-shartimiz bo’yicha yigitlarimizni baholagunga qadar bolajonlarimizning bayram dasturini tomosha qilamiz.
Bola: Chegaramiz saqlagan, oq sutini oqlagan,
Kechalar uxlamagan, bizning askar akalar.
Bola: Sizga qildik havaslar, omon bo’ling askarlar,
Tinch bo’lsin yurtim deya, bo’ldingiz bizga soya.
Bola: Qo’lingizda avtomat, sizdadur to’la qomat.
Yasha deysiz istiqlol, yovlar bo’lib qolar lol.
Bola: Parashutlar uchasiz, bulutlarni quchasiz,
Tinch oqqan daryolarda, mazza qilib suzasiz.
Bola: Yugurasiz tinmayin sahar kanda qilmayin
Sizda bordir zo’r bardosh, men o’zim sizga qondosh.
Bolalar “Armiya”qo’shig’ini aytib beradilar .
Boshlovchi: 1chi shartimiz bo’yicha yigitlarimiz olgan baholari..................
2 chi shartimiz “Zukkolar va donolar” deb nomlanadi. Bu shartimizda yigitlarimiz “Vatan nima ? ” degan savolga javob topishlari zarur.
Hakamlar 2chi shart bo’yicha yigitlarimizni bilimdonliklarini baholagunga qadar bolajonlarimiz o’z dasturlarini davom ettiradilar.