Bola: Sizga bo’lsin sharaflar,
Bizning jasur askarlar.
Yoshlar qilar havaslar,
Bo’lar deb sizday mardlar.
Bola: Sizning jasoratingiz,
Yoqar har xislatingiz.
Yovga bermaysiz bir so’z,
Hyech tegmasin sizga ko’z.
Bola:Tinchlik istar qari-yosh,
Yeganimiz bo’lsin osh.
Omon bo’lsin omon bosh,
To’kilmasin ko’zda yosh.
Bolalar “Yablochka” raqsini ijro etib beradilar.
- 3 -
Boshlovchi: 2chi shart bo’yicha yigitlarimizning olgan baholari................
Hozir men sizlarni 3chi shart bilan tanishtiraman. U“Kim chaqqon” deb nomlanadi. Bu shartimizda bolalar kiyimlarini tez va chaqqonlik bilan kiyishlari kerak.
Marhamat ishga kirishishingiz mumkin.
“Kim chaqqon” harakatli o’yinini yigitlpr ko’rsatib beradilar.
Boshlovchi: Endi 3chi shartimizni hakamlar ha’yaati baholagunga qadar, bayram dasturimizni davom ettiramiz. Bolajonlar harbiy ilm mahorat askarlar haqida qanday hikmatlar bilasiz? Qani kim aytadi.
Bola: Askari baquvvat mamlakat boy bo’ladi.
Boshlovchi: Barakalla bolajonlar! 3chi shart bo’yicha yigitlarimizning olgan baholarini hakamlar ha’yatidan so’raymiz.
Boshlovchi: Hurmatli mehmonlar, aziz dadajonlar, endi men sizlarga mamnuniyat bilan 4 chi shartimizni e’lon qilaman.
4 chi shart “Dadajonimga sovg’a” deb nomlanadi. Bu shartimizda ishtirokchilar aplikasiya qiladilar va rangli qog’oz, qaychi, kleylardan foydalanadilar. 4 chi shartimiz bo’lgunga qadar mehmonimiz, zahiradagi oddiy askar Fozilov Nodirni davramizga taklif qilganmiz. U hozir o’zining armiyada hizmat qilgan ta’ssurotlaridan hikoya qilib beradi.