14-YaNVAR - VATAN XIMOYaChILARI KUNI. <> BAYRAM ERTALIGI.
Musiqa zali bayramona bezatilgan. «Askarlar» marsh-ashula musiqasiga bolalar zalga shaxdam qadamlar bilan kirib keladilar.
«O’ZBEKISTON DAVLAT MADXIYaSI».
Boshlovchi: Assalomu alaykum mehmonlar va bolajonlar! Bugun biz xayotimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligini qo’riklab turgan Vatanimiz ximoyachilarini muborak ayyom bilan qutlash uchun yig’ildik.
Bola: Olg’a bos, olg’a bos ey mardu maydon
Xur, ozod Vatanga biz sodiq posbon.
Bola: Gullasin, yashnasin Vatan yerlari.
Bizni der elsevar Vatan sherlari.
Boshlovchi: Qani Kim aytadi yurtimizni kimlar qo’riklaydilar?
Bolalar: Askarlarimiz!
Boshlovchi: Judayam to’g’ri bolajonlar. O’zbekiston Respublikasi o’zining qurolli kuchlariga egadir.
Bola: Chegaramiz saqlagan oq sutini oqlagan
Kechalar uxlamagan bizning Askar akalar.
Bola: Sizga qildik xavaslar omon buling askarlar
Tinch bo’lsin yurtim Deya bo’ldingiz bizga soya.
Bola: Qulingizda avtomat sizdadir to’la qomat
Yasha deysiz istiqlol yovlar bo’lib qolar lol.
Bola: Parashutlar uchasiz bulutlarni quchasiz
Tinch oqqan daryolarda mazza qilib suzasiz.
Bola: Yugurasiz tinmayin saxar kanda qilmayin
Sizda bordir zur bardosh men uzim sizga qondosh.
«MATROSChA RAQS». Boshlovchi: Bolajonlar qani sizlar o’z mashg’ulotlaringiz davomida qanday donolar o’gitlardan o’rgandilaringiz?
Bola: Dovul tursa, bulut quvar, yov qutursa yurt quvar.