BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! 1. Korxona ta’sis hujjatlariga nimalar kiradi?
2. Korxona ustavida qanday ma’lumotlar belgilangan bo‘ladi?
3. Ustav fondi nima?
4. Korxona ta’sis shartnomasi nima? Unda qanday masalalar bayon etiladi?
5. Tovar belgisi nima? O‘zbekistondagi qaysi tovar belgilarini bilasiz?
6. Savdo markasi nima uchun xizmat qiladi?
7. Logotipning firma belgisidan farqi nima? Qanday logotiplarni bilasiz?
8. O‘zingiz bilgan bir necha sloganlarni aytib bering.
11-MAVZU: Tadbirkorlik sub’ektlarining davlat ro’yxatidan o’tkazish .
REJA.
1.O’z tadbirkorlik faoliyat yo’nalishini tanglagan holda davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi
2.Firma nomini olish, “yagona darcha” tamoyili asosida Davlat xizmatlar agentligidan ro’yxatdan o’tkazish.
...Tadbirkorlarga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish, davlat organlarida vakillik qilish, nizolarni sudgacha hal etish, mehnat huquqi bo‘yicha yuridik xizmatlar ko‘rsatish, huquqiy savodxonlikni oshirish kabi yo‘nalishlarda bunday xizmatlarni kuchaytirish kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev TADBIRKORLIKNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH Siz o‘tgan mavzularda tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari bilan tanishib chiqdingiz. Endi o‘zingiz uchun tadbirkorlik faoliyatining eng qulay shaklini tanlab, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini ko‘rib chiqamiz. O‘zbekistonda 2017-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tishi bo‘yicha yangi tartib amal qilmoqda. Qarorga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ularga «Yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlaritomonidan amalga oshiriladi.
«Yagona darcha» tamoyili – aholi va korxonalar tomonidan maxsus idoralarga murojaat qilish orqali turli davlat xizmatlaridan foydalanish. Demak, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun, birinchi navbatda, «Yagona darcha» markazlariga murojaat qilish talab etiladi.