BIZNES-REJANING VAZIFASI Biznes-reja o‘z mohiyatiga ko‘ra, quyidagi uch muhim vazifani bajaradi:
birinchidan, korxona, firma va kompaniyaning, shu bilan birga, jamoa a’zolarining asosiy maqsad va vazifalarini belgilab beradi;
ikkinchidan, g‘oya yoki birlamchi loyihaning amaliy harakat dasturi shakliga keltirilgan hujjat sifatida hisob-kitoblar, sarf-xarajatlar, biznesni tashkil qilish va yuritishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot beradi;
uchinchidan, faoliyatni moliyalashtirish, kredit resurslaridan foydalanish, shuningdek, sarmoyador sheriklarni hamkorlikka jalb etishda asos vazifasini bajaradi.
BIZNES-REJANING TUZILISHI VA TARKIBIY QISMLARI Har bir tadbirkor o‘z faoliyati, moliyaviy manbalarini hisobga olgan holda o‘zi uchun biznes-reja ishlab chiqadi. Shu sababli hamma uchun bir xil mos tushadigan biznes-rejalar mavjud bo‘lmaydi. Agar sizda bironbir biznes-g‘oya mavjud bo‘lib, uni amalga oshirish bo‘yicha biznes-reja ishlab chiqmoqchi bo‘lsangiz, taxminan quyidagi tarkibiy qismlarni shakllantirishingiz taqozo etiladi.
BILASIZMI? Hozirda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini keng targ‘ib etish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida biznes-rejalar tuzish bo‘yicha maslahatlar, amaliy ko‘mak beruvchi turli maslahat markazlari va tuzilmalari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, siz Internet saytlari orqali nafaqat biznes-reja to‘g‘risida umumiy tushuncha, uni ishlab chiqish tartib-qoidalari bilan tanishishingiz, balki tayyor biznes-rejalarni ham sotib olishingiz mumkin. Quyida shunday Internet saytlaridan ayrimlarini keltiramiz:
https://elmadad.uz/ideas
http://biznestrener.uz/yosh-tabirkor/50-biznes-rezha-kanday-tuziladi.html
http://pba.uz/
http://bizplan.uz/useful_info/samples_bizplan/1049/
http://bizart.uz/biznes-rezha-u-%D2%9Bandaj-tuziladi/
http://www.uzex.uz/uz-latn/pages/Business-plan?Aspx AutoDetectCookieSupport=1
http://uzbekiston.site/cr/biznes-rejalar/
Biznes-reja tuzishda mutaxassislar yordamidan ham foydalanishingiz mumkin. Ko‘plab korxona va muassasalar o‘z faoliyati tarkibida biznes- reja tuzish, tegishli maslahatlar berish kabi xizmatlarni ko‘rsatadilar. Hattoki biznes-reja tuzishga ko‘maklashuvchi ko‘plab elektron sahifalar ham mavjud. Shulardan biri – «Professional Business Advisers»
(http://pba.uz) hisoblanadi.
Shuningdek, sahifada biznes-reja tuzish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, biznes-reja tuzish xizmatlari narxlari va murojaat manzillari keltirilgan.