KORXONA TA’SIS SHARTNOMASI Korxonani tashkil etishda ikki va undan ortiq tomonlar ishtirok etganda ular o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarni o‘zaro kelishib olish zarurbo‘ladi. Bunday kelishuv ta’sis shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi.
Ta’sis shartnomasi – muassislarning korxonani tashkil etish chog‘idao‘zaro kelishib olingan asosiy shartlarini ifodalovchi yuridik hujjat.Ta’sis shartnomasida taraflar (muassislar) yuridik shaxs tashkil etishmajburiyatini oladilar, uni tashkil etish sohasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibini, unga o‘z mol-mulklarini berish hamda uning faoliyatida ishtirok etish shartlarini belgilaydilar. Shartnomada foyda va zararlarni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash, yuridik shaxs faoliyatini boshqarish,muassislarning uning tarkibidan chiqish shartlari va tartibi ham belgilab qo‘yiladi. Ta’sis shartnomasiga muassislarning kelishuviga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 43-modda
LOGOTIP VA FIRMA BELGISI Siz o‘z korxonangizni keng omma orasida taniqli bo‘lishini istasangiz, u holda uning firma nomini turli grafik belgilar, emblema yoki tasvirlar orqali oson yodda qoladigan va taniladigan darajasini ta’minlashingiz zarur bo‘ladi. Bunda logotip va firma belgilaridan foydalaniladi. Ko‘p holatlarda logotip va firma belgisi bir xil ma’noda ham qo‘llaniladi.
TOVAR BELGISI Siz o‘zingiz ishlab chiqargan mahsulot yoki ko‘rsatgan xizmatni boshqa mahsulot va xizmatlardan ajralib turishi uchun tovar belgisi, savdo markasi, xizmat ko‘rsatish belgisi kabi maxsus belgilardan foydalanishingiz mumkin. Agar mazkur belgilar iste’molchilarga keng tanilib, bozorning salmoqli qismini egallab olsa, u holda brend deb ataladi. SLOGAN VA OGOHLANTIRUVCHI BELGILAR Slogan – bu reklamaning alohida, juda muhim turi. Sloganlar tez yodda qoluvchi, aforizm ko‘rinishidagi reklama formulasi bo‘lib, kompaniyaning iste’molchilar yodida saqlanib qolishini ta’minlash orqali tovarlarining tez va katta hajmda sotilishiga yordam beradi.
Hozirgi raqobat kuchayib borayotgan sharoitda tadbirkorlar o‘z Tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazib, ularning boshqalar tomonidan o‘zlashtirib olinishidan muhofaza qilib qo‘yadilar. Bunday holatlarda mazkur Tovar belgisining ro‘yxatga olingani to‘g‘risida ogohlantiruvchi belgilar (masalan, ® va TM) dan foydalaniladi.