1.L.R.Dabay and others/Principles of business/2012.600p.
2.Jeef Madura/ Introduction to business/ Florida Atlantic University/Paradigma
Publishing
Inc. 2010.694p.
8. Қўшимча адабиётлар
37.
Переверзев М. П., Шайденко Н. А., Басовский Л. Е. Менеджмент. - 2-е изд.,
переработанное. -М.: ИНФРА-М, «Высшее образование», 2011. - 330 с.
38. Мескон М.Х. и др. Основы менеджмента.-М.: Вильямс, 2008.-672 с.
39. Lawrence Mensah Akwetey.
Business administration for students
and
managers//Sotsis. – 2011
40. Robert C.Appleby. Modern business administration. Manual.– M: Gardarika, 2009
Интернет сайтлари
www.cbu.uz
www.gov.uz
www.lex.uz
11-Mavzu:Xodimlar rag‘batlantirish
Reja:
1. Rag‘batlantirish asoslari
2. Qanday qilib firmalar ishdan qoniqishi va motivatsiyani ta’minlab beradilar?
Ruscha-o‘zbekcha lug‘atda motivatsiya tushunchasi biror
ish yoki harakatning yuzaga
kelishiga sababchi bo‘lgan motivlar, dalillar,
isbotlar, bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui
ma’nosida talqin etiladi.
3
Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu
nuqtai nazardan:
Motivlashtirish – bu ruhiy omil bo‘lib,
shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil
turli ehtimollar. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi kuchli vositadir.
Boshqacha qilib aytganda, motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo‘llar
bilan
maqsadga muvofiq yo‘naltirish. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq. Ehtiyoj esa
sabablarda namoyon bo‘ladi. Inson tirik jon sifatida ovqat yeyish, uxlash, dam olib o‘z kuchini
tiklash, o‘zini issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya’ni kiyim-
kechak, oziq-ovqat, turur joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. Insonning
moddiy ehtiyojlari
bilan birga sotsial-ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, madaniy saviyani oshirish,
malaka, mahoratga ega bo‘lish va sog‘lom hayot kechirib, uzoq umr ko‘rish kiradi. Aytilgan
ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo‘lmagan har xil xizmatlar ko‘rsatish orqali qondiriladi. Umuman:
Ehtiyoj odamlarni
harakatga intiltiruvchi, qo‘zg‘atuvchi motivdir. Ehtiyoj qat’iyan
tabaqalashgan bo‘ladi. Ya’ni u kishilarning odati, didi va ruhiyatiga,
yoshi va jinsiga, oilaviy
ahvoli va millatiga, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog‘liq. Masalan, maktab o‘quvchisi
bilan
olimning, yosh yigit bilan pensioner cholning, dehqon bilan shaxtyorning ehtiyoji bir xil
emas. Hatto kishilarning jismoniy tuzilishi ham ehtiyojlarda farqlarni hosil qiladi.
Aytaylik,
gavdasi yirik, devqomat kishining ehtiyoji bilan jussasi kichik kishining ehtiyoji bir xil emas.
Ko‘rinib turibdiki, motivatsiya jarayoni qandaydir (bilib yoki bilmay orzu qilinayotgan) ehtiyojga
bo‘lgan yetishmovchilikdan yoki qoniqishning yetarli yoxud umuman yo‘qligidan boshlanadi.
So‘ngra shu qoniqishga erishish uchun maqsad sari harakat qilinadi. Ehtiyojning qondirilish
darajasi kishini kelajak sari intilishini belgilab beradi. Agar u muayyan narsadan qoniqish hosil
qilsa, u holda keyingi motiv uni boshqa yuqoriroq ehtiyojga rag‘batlantiradi.
Ehtiyoj cheksiz va turli-tumandir. Uni quyidagi belgilar bo‘yicha guruhlash mumkin. (1-jadval).
1-jadval
Dostları ilə paylaş: