Mijozlarning katta miqdori. Bank Surxondaryo tumani bo’yicha jismoniy shaxslarga ham, shuningdek yirik tashkilotlarga ham xizmat ko’rsatadi. Keng samaralilik qatori. Bank barcha turdagi moliya xizmatlarini ko’rsatadi va har bir mijozga kompleks ravishda xizmat ko’rsatishni taqdim etishga qodir. Bankning ishdagi nufuzi.Bankka barcha toifadagi mijozlar tomonidan juda katta ishonch bildirilmoqda. O’tkazilgan marketing tadqiqotlari shuni ko’rsatmoqdaki, bank brendi juda kuchli va barchaga tanish, u sifat, ishonchlilik, innovatsiyalar va muvaffaqiyat bilan bog`liq tasavvurni uyg`otadi. Shu bilan birga, bank ishida bir qator kamchiliklar ham mavjud, ularni bartaraf etmasdan rivojlanish salohiyatini to’liq amalga oshirishning imkoni yo’q. Bankning asosiy muammosi ma’nan eskirgan avtomatlashtirilgan bank tizimi hisoblanadi, u tahliliy imkoniyatlarga ega emas, bu esa o’z navbatida quyidagi kamchiliklar va cheklovlarga sabab bo’ladi: Bank mijozlari haqida cheklangan va tizimlashtirilmagan ma’lumotlar. Bankdan mijozlar haqida ma’lumotlarni yig`ish va uni saqlash tizimi takomillashtirishni talab qilinadi. Bankda mijozlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiluvchi zamonaviy vositalar va har bir mijozga manzilli taklifni shakllantirish uchun ushbu ma’lumotlardan foydalanish uslubi mavjud emas. Ma’lumotlar hajmi o’zgarganda IT – tizimlarining uniyetarli darajada qayta ishlay olmasligi. Bugun bankda murakkab ma’lumotlarni qayta ishlash salohiyati yetarli darajada bo’lmagan IT – tuzilmasi mavjud, u mutlaqo turli dasturiy majmualar, shu jumladan majmualarining butun boshli to’plami bilan ifodalangan. Bunday takomillashtirilmagan tuzilmada mijozlarga xizmat ko’rsatishda uzilishlar yuzaga kelishi mumkin va yuqori darajada inson omili mavjud. Bu o’z ortidan nufuziga ta’sir qiluvchi xavflarni keltirib chiqaradi va mijozlarning sodiqlik va ishonch darajasiga putur etkazadi. Bundan tashqari, cheklovlari natijasida mahsulotni ishlab chiqish va uni bozorga olib chiqish oralig`ida uzoq muddat talab etiladi, bu esa har doim ham mijozlarning ehtiyojlarini o’z vaqtida qondirish imkonini bermaydi.