Biznes moliyasi


Ijara daromadi (2 × 70 000 f. st.) 140 000 f. st



Yüklə 110,04 Kb.
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü110,04 Kb.
#176670
1   2   3   4
biznes moliyasi

Ijara daromadi (2 × 70 000 f. st.) 140 000 f. st
Minus: Foiz (1 mln f. st. × 10%) 100 000 f. st.
ya‘ni.
40000 / 1000000 = 0,04 f. st. (bir aksiya uchun)
Barcha real investitsiyalar uchun bo’lgani kabi, bu yerda ham daromadlar kafolatlanmagan. Biz yaxta ijarasi bozorida pasayish yuz berib, La Mer plc kompaniyasining har bir kemadan daromadi yiliga 70,000 f. st. gacha qisqardi, deb faraz qilaylik. Bu esa quyidagini anglatadi:
(Qayd qilish kerakki, agar ikkinchi yaxta xaridi aksiya chiqarish hisobiga moliyalashtirilgan bo’lsa, u holda ushbu vaziyatda bir aksiya uchun daromad 140 000 f. st. / 2,000,000 = 0,07 f.st. ga teng bo’ladi – bu aksiyadorlar uchun eng yomon natija emas.)
Demak, obligatsiyalar mablag’larning arzon manbalari ekanligi shubhasiz, lekin oddiy aksiyalar egalari uchun yashirin xarajatlarga sabab bo’ladi.


2. Tadbirkorlik va moliyaviy risklar
Jadvalda ijaradan foydaning turli darajalarida yuqorida ko’rib chiqilgan ikkala moliyalashtirish sxemasining har biri (to’liq o’z mablag’lari hisobiga va 50% qarz mablag’lar hisobiga moliyalashtirish) uchun La Mer plc kompaniyasining bir aksiyasiga yillik dividend keltirilgan (ikkinchi yaxta sotib olingan va butun ehtimoliy foyda dividendlar ko’rinishida to’lanadi, degan shart bilan). Qarz mablag’lardan foydalanish yaxtadan 100,000 f.st. dan yuqori yillik foyda darajasida faqat o’z mablag’larini investitsiya qilish hisobiga olinishi mumkin daromadga nisbatan o’z kapitali daromadligini oshiradi. Yaxtalardan olinadigan yillik daromad 100,000 funt sterlingdan pasayib ketgan holat uchun qarz mablag’larining mavjudligi oddiy aksiyalar egalarining pozitsiyasini zaiflashtiradi. Haqiqatan, yaxtadan daromad 50,000 funt sterlingdan kamroq bo’lsa, kompaniyaning foydasi kredit bo’yicha foizlarni to’lash uchun yetarli bo’lmaydi. Kompaniyaning boshqa aktivlari yo’qligini hisobga olsak, foizlarni to’lash uchun mablag’ topish uchun yaxtalardan biridan qutulishga to’g’ri keladi.
Ikkita turli moliyaviy tuzilmalarning har biri uchun foydaning turli darajalarida La Mer plc kompaniyasi aksiyalarining daromadliligi, f. st.

Foydaning deyarli barcha darajalarida obligatsiyalar egalari xavotirga tushmasligi mumkin. Oxir-oqibat, ular nafaqat bir o’zlariga tegishli foiz to’lovlari va o’z kapitali qaytarilishini majburiy tartibda talab qilish huquqiga ega, balki ularda ta‘minot sifatida hatto yaxta ham bor. Faqat yaxtalarning bozor qiymati keskin tushib ketsa, bu obligatsiyalar egalarining pozitsiyasiga jiddiy tahdid soladi. Leverej mavjud bo’lganda, aksiyadorlar uchraydigan risk ularning o’z mablag’lariga to’liq tayangan holdagi riskka nisbatan sezilarli darajada oshadi. Tadbirkorlik riski (business risk) uchun – real dunyoda investitsiya faoliyati bilan birga kuzatiluvchi oddiy riskka‚ kreditga xizmat ko’rsatish bo’yicha muntazam xarajatlar qilish majburiyati tufayli yuzaga keladigan moliyaviy risk (financial risk) ham qo’shiladi. Bu jadvalda ko’rsatilgan. Moliyaviy leverej aksiya egalari daromadlarining tebranishiga kuchaytiruvchi ta‘sir ko’rsatadi. Asosiy tebranishlar tadbirkorlik riski bilan bog’liq. Leverej unga moliyaviy risk ta‘sirini qo’shimcha qiladi. Ichki sezgi kabi zamonaviy portfel nazariyasi ham (modern portfolio theory, MPT, oldingi boblarga qarang) bizga risk va daromad o’zaro bog’liqligini anglatmoqda. Qayerda investorlar yuqori riskni his qilsa, so’zsiz, yuqori daromad talab qiladilar. O’z navbatida (yuqorida keltirilgan misolga qaytib), leverej oddiy aksiyalar egalari uchun bir aksiyadan kutilgan dividendni 14 pensdan 18 pensgacha oshirishiga qaramay, bu aksiyalar narxini (va bu bilan aksiyadorlar farovonligini) oshirishi mutlaqo majburiy emas. Kutilgan dividend ortishi ehtimoliy natijalar miqdorining o’sishi bilan ham bog’liq. Aksiyadorlarning daromadlariga nisbatan leverej taqdim etadigan barcha yangi imkoniyatlarning hammasi ham salbiy sanalmaydi. Masalan, La Mer kompaniyasi uchun jadvalda yaxta ijarasidan 100,000 funt sterlingdan yuqori foyda darajasida oddiy aksiyalar bo’yicha yillik dividendlar ko’payishi ko’rsatilgan. Biroq ko’pchilik investorlar riskka moyil emas, bu esa kema ijarasidan foydaning yiliga 100,000 funt sterlingdan u yoki bu miqdorda past bo’lishi ehtimoli, ular uchun u xuddi shu miqdorda yuqori bo’lish ehtimolidan ahamiyatliroqdir. Agar kapital bozori obligatsiyalar chiqarish va ikkinchi yaxta xarididan keyin vaziyatni qayta baholab, oddiy aksiyalarni ular bo’yicha kutilayotgan daromad 18% dan kam bo’lmaydigan tarzda baholagan holatdagina, La Mer kompaniyasining oddiy aksiyalari egalari leverijni joriy etishdan yutishi mumkin. La Mer kompaniyasi kengayishidan avval ushbu oddiy aksiyalar bo’yicha kutilgan daromad 14% ni tashkil etgan. Agar yuqoriroq darajali risk natijasida kengayishdan keyin bozor daromadni, aytaylik, 16 foizni tashkil etilishini kutgan bo’lsa, u holda aksiya narxi quyidagicha bo’ladi:

Yüklə 110,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin