Biznes moliyasi


Qarz moliyalashtirish chindan ham tuyulgani kabi arzonmi?



Yüklə 110,04 Kb.
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü110,04 Kb.
#176670
1   2   3   4
biznes moliyasi

Qarz moliyalashtirish chindan ham tuyulgani kabi arzonmi?

Kapital bozori qimmatli qog’ozlarni shunday baholaydiki, bunda aksiyalar bo’yicha kutilayotgan daromad obligatsiyalarga qaraganda yuqori bo’ladi, degan fikr keng tarqalgan. Tarixan, bu tasdiq barcha joyda asosli sanalgan, lekin bunda ancha qisqa davrlar ko’rib chiqilgan (qarang: masalan, Dimson, Marsh and Staunton, 2002). Haqiqatdan ham, qarz mablag’larining navbatdagi arzonlashuvi kompaniyaning kapital tuzilmasida ulardan foydalanishdan aksiyalar egalari yutishini anglatadimi?
La Mer plc kompaniyasi bir aktiv – boy turistlar o’z bazmlari uchun buyurtma qilinadigan hashamatli yaxtaga ega. Kompaniyaning kelgusi bir necha yillardagi daromadi yiliga 140 ming funt sterling bo’lishi kutilmoqda. La Mer plc kompaniyasi to’liq o’z mablag’lari, aynan esa 1 mln dona oddiy aksiya hisobiga moliyalashtirilib, ularning joriy qiymati bitta aksiya uchun 1 f. st. ni tashkil qiladi. Kompaniya yillik daromadining bir qismini dividend sifatida aksiyadorlarga to’laydi. La Mer plc boshqa xuddi shunday kemani 1 million funt sterling evaziga sotib olmoqchi. Taxmin qilinganidek, u ham 140,000 funt sterling miqdorida yillik daromad keltirishi kutilmoqda. Buning uchun pul mablag’lari 1 mln funt sterling summadagi 10 foizli obligatsiyalar chiqarish yo’li bilan jalb etilishi kerak. Qarz ta‘minoti sifatida ikkita yaxta namoyon bo’ladi.
Yangi yaxtasiz bir aksiya uchun daromad quyidagicha bo’lishi kutilmoqda:
140000 / 1000000 = 0,14 f. st. (bir aksiya uchun)
Agar ikkinchi yaxta sotib olinsa, bir aksiya uchun yillik daromad quyidagicha bo’ladi:
Ijaradan olingan daromad (2 x 140,000 f. st.) 280 000 f. st..
Minus: Foiz (1 million f.st. x 10%) 100,000 f. st.
Natija: 180,000 f. st
Ya‘ni:
180,000 f. st. = 0,18 f. st. (bir aksiya uchun)
Shunday qilib, qarz mablag’laridan foydalanish natijasida kutilgan foyda ortadi.
(Qayd etish joizki, agar yangi yaxta sotib olish uchun mablag’ bir aksiya uchun 1. f. st. narxda 1 million dona aksiya chiqarish yo’li bilan jalb etilganda, ikkinchi yaxta hisobga olingan holda, bir aksiya uchun yillik daromad 0,14 f. st. darajasida saqlanib qolgan bo’lar edi.)
La Mer plc kompaniyasining oddiy aksiyalari bahosi 1 ta aksiya uchun 1 f. st. va kutilgan daromadlilik 14 pensni tashkil etadigan bo’lsa, investorlar 14% ni bunday kapital qo’yilmasi uchun mos keladigan daromad sifatida baholashi haqida xulosa qilishimiz mumkin. Ikkinchi qayiqda sotib olingani tufayli kutilgan daromad bir aksiya uchun 18 pensgacha oshadigan bo’lsa, u holda oddiy aksiyalar narxini 1 f. st. × 18 pens / 14 pens = 1,286 f. st. gacha oshirish mumkin bo’ladi (18 pens 1,286 f.st. ning 14% li daromadini o’zida aks ettiradi). Ya‘ni, agar ikkinchi kemani sotib olish aksiya chiqarish yo’li bilan moliyalashtirilgan bo’lsa, har bir oddiy aksiyaning bahosi 1 funtga teng bo’ladi. Biroq ikkinchi yaxtani sotib olish obligatsiyalar chiqarish yo’li bilan moliyalashtirilsa, oddiy aksiyalarning narxi 1,286 funt sterlingga teng bo’ladi. Muxtasar qilib aytganda, aksiyadorlarning farovonligi aksiyalar chiqarish tufayli emas, balki qarz olish natijasida ortadi.
Haqiqat bo’lishi uchun haddan tashqari yaxshi-a? Ehtimol, shundaydir, lekin bizning misolimizda mantiqsiz tuyuluvchi hech narsa yo’q. Aksiyalar bo’yicha kutilgan daromad obligatsiyalarga qaraganda yuqori bo’ladi, shuning uchun 10 foizli stavka aql bovar qilmaydigandek tuyulishi shart emas. Shunga qaramay, bunday yondashuv albatta ish bermaydi. Yetarlicha ratsional dunyoda 14 foizli daromadni shunchaki 18 foizli daromadga aylantirish, bir aksiya qiymatini 1 funtdan 1,286 funtga oshirish mumkin emas. Yoki baribir shunday bo’lishi mumkinmi? Ushbu jumboqni hal qilish uchun, keling, vaziyatni kreditorlar nuqtayi nazaridan ko’rib chiqaylik. Agar yaxta ijarasiga investitsiya qilishdan 14 foiz daromadlilik olinishi kerak bo’lsa, unda nima uchun ular faqat 10% daromad olish uchun sarmoya kiritishmoqchi? Buning o’rniga La Mer kompaniyasining oddiy aksiyalarini xarid qilish afzal emasmi? Yoki ular 14% daromad olish imkoniyatini sezmaydigan darajada soddami? Balki shundaydir, lekin bu juda ham ehtimoldan yiroq tuyuladi. La Mer kompaniyasi aksiyalarini sotib olish yo’li bilan yaxtalar ijarasiga to’g’ridan-to’g’ri investitsiya kiritish bilan fiksirlangan foiz stavkasida mablag’ taqdim etish o’rtasidagi farq riskning turli darajada bo’lishidan iborat. Bizning misolimizda ikkinchi yaxtani ijaraga berishdan 140 ming f. st. dan iborat kutilgan yillik foydadan faqat 100,000 f. st. qo’shimcha mablag’ taqdim etganlarga qaytadi. Qolgan 40 ming f. st. aksiyalar egalariga topshiriladi, biroq ayni paytda barcha risk ham ularga (har holda, deyarli barchasiga) o’tadi.

Yüklə 110,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin