1-mavzu. “Biznes muloqot va akademik yozuv” fanining mazmuni va vazifalari Fannining predmeti va vazifalari. Biznes muloqot va akademik yozuv haqida tushuncha. Biznesni tashkil etishda muloqotning ahamiyati. Мatnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar, ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish.
2-mavzu. Biznes muloqot va nutqiy faoliyat Biznes muloqot. Muloqot jarayoni. Muloqotning maqsadi. Muloqot va uning turlari. Rasmiy va norasmiy muloqot. Kommunikatsiya jarayoni. Muloqotning maqsadlari. Muloqotning biznesdagi o‘rni. Muloqot shakllari. Tashqi va ichki shakllar. Muloqotning to‘siqlari. Jismoniy, semantik, ijtimoiy psixoligik, vositaning no‘to‘g‘ri tanlanishi. Samarali muloqot prinsiplari: aniqlik, tezlik, ishonchlilik, to‘liqlik, mazmunlik, maxfiylik.
3-mavzu. Biznes muloqot shakllari Og‘zaki muloqot va uning xususiyatlari. O‘gzaki muloqot afzalliklari. Og‘zaki muloqot cheklovlari. Og‘zaki muloqotning ikki tomoni. Verbal va noverbal muloqot. Noverbal muloqotning ahamiyati. Hatti-xarakatlar tili: biologik, madaniy, ko‘rinish, yuz ifodasi, ko‘z orqali, tabassum, gavdani tutish, imo-ishora, kiyim va aksessuar. Yozma muloqot va uning xususiyatlari. Muvofiqlashtirish va so‘zlarni tanlash. Yozma kommunikatsiya. Tanish so‘zlardan foydalanish. Gaplarning xususiyatlari. Abzasning xususiyatlari. Yozuv texnikasi. Gaplarni to‘g‘ri yozish.
4-mavzu. Biznesda muloqot jarayoni va muhokama Guruhlarda muhokama. Muhokama maqsadi va vazifalari. Muhokamaning xususiyatlari. Muhokama malakalari. So‘zlocvhu, tinglovchi, kuzatuvchi malakalari. Suhbat va uning turlari. Kasbiy muloqot layoqati. Texnologik taraqqiyotning o‘rni. Qisqa xabarlar xizmati. Telekonferensiya va videokonferensiya. Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari. Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalarning o‘rni.