Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə21/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

Ijobiy yondashing. «Koʻp qatlamli» sharhlarda siz ijobiy sharh bilan boshlaysiz, so‘ngra takomillashtirish uchun taklif kiritishlarini soʻraysiz va yakunida ijobiy sharh bilan yakunlaysiz.


  • Ijodkor boʻling. Soʻzlovchi oddiygina nimani xato qilganligidan koʻra, takomillashtirish uchun muayyan takliflarni bering.


  • Xushmuomala boʻling. Baho berishda keskin/qo‘pol taklif yoki sharhlardan ko`ra, xushmuomala uslubdan foydalaning, masalan «Men hech nimani eshita olmadim-baland gapiring!» dan ko`ra, «Xona ortidagilar eshita olishlari uchun ozroq baland gapiring» deng.


  • Realist boʻling. Soʽzlovchi haqiqatda oʽzgartira olishi mumkin boʻlgan narsalarga baho bering. Soʽzlovchiga nutq juda qisqa boʻlganligini aytish foydali boʻlmaydi.


    Muloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz — noverbal amalga oshirilishi mumkin.


    So`zlar yordamida sodir bo`luvchi muloqot verbal muloqotga taalluqli bo`ladi.

    Verbal aloqa ogʻzaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, ogʻzaki dalil (asos)larni bildiradi. Verbal muloqot jarayonida soʽz muhim oʻrin tutadi. Soʽz talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. Muomala faqat kishilar oʻrtasidagi axborot almashishdangina iborat boʻlmay, balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab oladi. Muomalaning bu tomoni noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muloqot vositalari boʻlib imo-ishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, koʽz qarash, koʽz yoshi va boshqalar xizmat qiladi. Noverbal muloqot vositalar verbal muloqotni toʻldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir soʽzga koʻplab ma’no berish mumkin. Tillarni oʽrgatishda shu til sohibiga xos boʻlgan noverbal vositalarni ham oʽrgatish lozim. Aks holda chet til toʻla oʽzlashtirilmaydi. Chunki turli tillardagi noverbal vositalar ham soʽzlar kabi bir-biridan farq qiladi. Muloqot jarayonida talabalarni yuzma-yuz o‘tqazish ijobiy samara beradi. Muloqot jarayonida tilga xos boʻlgan noverbal vositalardan to‘gʻri foydalanish muloqot madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.



    Yüklə 0,91 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   194




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin