Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə29/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

Yozma muloqot soʽzlovchi va qabul qiluvchi ogʻzaki muloqot vositasisiz amalga oshganda juda asqotadi. Barcha tashkilotlarda ijrochilar yozma xabarlar orqali boʻlimlararo va boʻlimlar ichida samarali aloqani yuritishlari mumkin. Muloqot jarayoni soʽzlar orqali xabarlar yuborishni oʽz ichiga oladi. Yozma muloqot bildirishnomalar, eslatmalar, hisobotlar, moliyaviy hisobotlar, biznes xatlari va shu kabilarning barcha turlarini qamrab oladi. Muloqotning bu turi tashkilotlarda keng qo‘llaniluvchi xabar yozish jarayonini yozishga aylantiradi. Rasmiy muloqot, qoidalar, buyruqlar, ma’lumotnomalar, siyosiy masalalar va hokazolar doimo yozma shaklda boʻlishi kerak.
Yozma nutq yuqori darajada boʻlmas ekan, ogʻzaki nutq koʻngildagidek boʻlmaydi. Yozma nutqda esa til vositalarini tanlash va qoʻllashga toʻliq imkoniyat boʻladi. Yozma nutqni xohlagancha tahrir qilish mumkin. Yozma nutqda ogʻzaki nutqdagi kabi hayajon boʻlmaydi, notiq shoshilmasdan, o‘ylab nutq tuzadi. Shu sababdan ham yozma nutq ogʻzaki nutqdan koʻra ravon, aniq va izchilroq boʻladi.Yozma nutq barqaror va qat’iy boʻladi, u har doim avvaldan o‘ylanadi hamda matnga tushiriladi. Yozma nutq ogʻzaki nutqning rivojiga bevosita ta’sir etadi. Ogʻzaki nutq esa yozma nutq asosida rivojlanadi. Yozma mashqlar – bamisoli tafakkur mashqlaridir.

Biror voqelik yoki hodisa to‘gʻrisida fikrlash yozma mashqlar orqali takomillashadi. Yozma nutq mashqlari muayyan mavzu doirasida bevosita fikrlashga majbur etadi. Yozma nutq bilan doimiy shugʻullanadigan kishi doim o‘ylab gapirishga odatlanadi. Yozma nutq bilan muttasil shugʻullanmagan kishining yozma nutqi bilan ogʻzaki nutqi hech qachon muvofiqlashmaydi.





Yozma kommunikatsiyamaktublar, eslatmalar, protokollar, belgilar yoki matnlar orqali izohlanishlari juda qiyin, chunki muloqotda boʻlgan odamni ovozini eshitmaymiz va imo-ishoralarini koʻrmaymiz. Lekin fikrni yozma ravishda ifodalash yozuvchiga nima demoqchi boʻlganligini o‘ylash va eng yaxshi variantini tanlash imkonini beradi. Har qanday menejerga yozma soʽz bilan ishlash qobiliyati juda ham muhimdir. Samarali yozish usullari soʽzlar, qisqa jumlalar va qisqa abzatsdan foydalanishda va muvofiqlashtirishda ham soddalikka urgʻu beradi. Xabarga koʻra alohida oʻquvchiga murojaat qilishda soʽzlarning muvofiqlashtirilishi barcha oʻquvchilar ham xabarni tushunishda bir xil qobiliyatga ega emaslar, ularning barchalarining soʽz boyliklari bir xil emas, mavzu boʻyicha bir xil bilimga ega emaslar. Shunday qilib, aniq muloqot qilish uchun, biz muloqot qilishni xohlagan kishimizni bilishimiz kerak. Xabar shaxsning ongiga mos boʻlishi kerak.


Yozma muloqot mobaynida quyidagi usullarni egallashni maslahati beriladi:



1. Tanish so’zlardan foydalaning. Baxtga qarshi, koʻpchilik biznes sohasida faoliyat yurituvchi kotiblar tanish soʽzlardan foydalanish o‘rniga oʽz fikrlarini qogʻozga ko‘chirishni boshlasharkan, uning xarakterini oʽzgartirishga moyil boʻlishadi. Masalan, urinmoq – harakat qilmoq, aniqlamoq – bilmoq, chek qoʻymoq – tugatmoq, namoyon qilmoq – koʻrsatmoq, istifoda qilmoq/ qoʻllamoq – foydalanmoq.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin