Biznes muloqot va akademik yozuv


Ko`rinish birinchi taassurotni keltirib chiqaradi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə25/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

Ko`rinish birinchi taassurotni keltirib chiqaradi

Pokizalik va ozodalikning yetishmasligi, parvarishga, tozalikka e’tiborsizlik, beso‘naqay kiyimlar salbiy taassurot keltirib chiqaradi. Tani sogʻ boʻlmaslik esa koʻrinishda osonlik bilan aks etadi.
Yuz ifodasi. Yuz aqlning koʻrsatkichi deyiladi. Idrokimizdagi fikrlar va qalbimizdagi hissiyotlar yuzimizda oʽz ifodasini topadi.


Yuz ifodasi munosabat, hissiyot reaksiyasini namoyon etadi

Xushchaqchaq va minnatdor tabassum, norozi chimirilish, xayrat nigohi va boshqa bir necha ifodalar muloqotchilarning soʽz yoki soʽzlarsiz ham, yuz ifodalarini yaxshi tushunuvchi insonlar bor.

Yaxshi muloqotchilar, soʽzlovchi yoki tinglovchiligidan qat’i nazar yuz ifodalarini tushunishni va izohlashni oʻrganib olishadi.

Ko`z orqali muloqot. Yuz xatti-harakatlarida, boshqalarning e’tiborini qaratishda yoki hayratni koʻrsatishda yo baxt, yo boʻlmasa boshqa emotsional xususiyatlarda, koʽz harakatlari asosiy qismni egallaydi. Ogʻzaki taqdimot qilish mobaynida auditoriya bilan koʽz orqali muloqot yaratish muhim. Taqdimotchi oʽzi uchun butun auditoriyaga bir nazar solishda iloji boricha koʻp odamlarga nigoh tashlab olishini majburiy deb bilishi kerak.


Ko`z aloqasi so`zlovchi va tinglovchi o`rtasida ikki tomon ham muloqotga qiziqqanligini ko`rsatish uchun kerak

.

Koʽz nigohi uchun qulayi 3-5 soniya boʻlib, agar nigoh 3-5 soniyadan oshib ketsa, boshqa shaxs uchun qulaylik keltirib chiqarishi mumkin. Umuman olganda, koʽzni olib qochish soʽzlovchining yolgʻon gapirayotganligini koʻrsatadi, degan ishonch bor, ammo ba’zi yolgʻonchilar sizning reaksiyangizni koʽzlarini yummasdan kutishadi. Oʻziga ishonchi kam shaxslar ham nigohini olib qochadi. Shunga qaramasdan, biror madaniyat, qoida va urf-odatlar ham kishilarning yuz va koʽzlarini qanday tutishlariga ta’sir koʻrsatadi.

Tabassum. Yuz ifodasining juda kuchli shaklidir. U muloqot uchun yoʻl ochadi. Tabiiy, yoqimli tabassum inson munosabatlarining tuzilishi va mustahkamlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Tabassum ahamiyati quyidagi matalda chiroyli yoritib berilgan:



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin