Biznes muloqot va akademik yozuv


«Siz tabassum qilmaguningizcha, to`liq



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə26/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

«Siz tabassum qilmaguningizcha, to`liq bezangan, kiyingan bo`lmaysiz».


Gavdani tutish, qad-qomatni tutish. Gavdani tutish kimningdir turishi, o‘tirishi va yurishiga taalluqli boʻladi. Qoʻllar va oyoqlar va boshqa tana a’zolarining holati faqatgina shaxsning ko‘ngli holatini emas, u titraydimi, hayotga toʻlib-toshgan, gʻayratli, asabiy va tashvishli, dadil va oʽziga ishongan va shu kabilar emas, balki muloqot mavzusini anglab olish koʻrsatadi. Malakali notiq tekis, oyoqlarini birlashtirgancha, polga nisbatan dahanini parallel ushlab, umurtqasiga nisbatan ravon tutishi kerak. Guruh oldidagi gavdani tutish muvaffaqiyatli nutqning asosidir. Yelkasi osilgan yoki qorinning osilib turishi charchagandek yoki toliqqandek tuyuladi. O‘tirishdagi gavdani tutish ham sizning shaxsiyatingizni koʻrsatadi. Guruh muhokamasida qatnashchiga navbat yetganida qaddini rostlaydi. Biroq, turli vaziyatlar turli xilda gavda tutilishini talab etadi. Kimdir belini ravon tutishi, ikkala oyoqlari polda biri boshqasidan ozgina oldinda boʻlishi mumkin. Nafislik uchun soʽzlovchi oyoqlarini erkin harakatlantirishni, oyoqlarini poldan ko‘tarish, to‘gʻri chiziq bo‘ylab yurish, katta qadamlar yoki mitti qadamlar tashlashdan chetlanishni yodda tutishi kerak.Samarali nutq uchun, tabiiyki, gavdasini qanday harakatlantirishni rivojlantirishi, nutqi davomida tana ogʻirligini oyoqqa oʻtkazishni va qoʻllarini qanday holatda boʻlishini oʻrganishi kerak.

Gavdani tutish so`zlovchining qanchalik o`ziga ishonganligi yoki tortinchoqligi, g`ayratli yoki odamoviligini namoyon qiladi.


Imo-ishoralar. Imo-ishoralar muloqotni samarali va mazmunini sermahsul qilish maqsadida muhim ahamiyatga ega. Uzukni o‘ynash, kalit zanjirini aylantirish yoki oʽz qoʻlini qattiq siqish kabi imo-ishoralar soʽzlovchining koʻngil holatini koʻrsatishi mumkin. Muloqotdagi fikrini maxfiylashtirish yoki ochib berishi mumkin. Malakali notiq oyna oldida bir narsani mashq qilish bilan mos imo-ishoralarni qoʻllashni oʻrganib oladi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin