Oʻzaro faoliyat: guruhdagi bahsning bosh xususiyati guruhdagi turli a’zolarning oʽzaro faoliyatidir. Ular bir-birlarining e’tiborini ogʻzaki ravishda qaratish orqali kuzatadilar va muloqot qiladilar.
Guruh a’zolari: guruhdagi muhokama faqatgina guruh yetakchisi va izdoshlaridan tashkil topganda samarali boʻladi. Yetakchi fakt va ma’lumotlarni jamlaydi, fikrlashni bir qolipga soladi hamda muammoning yechimiga rozi bo`ladi. Guruh a’zolari esa bir-birlariga hurmat bilan faol ravishda bogʻlanadilar.
Jalb etilish: guruh muhokamasining yaroqliligi va samarasi koʻp darajada a’zolarining faol qatnashishlariga bogʻliqdir.
Shaxslar oʻrtasidagi xohish: guruh muhokamasining yana boshqa xususiyati shaxslar oʻrtasidagi xohishdir. Oʻzaro faoliyat davom etarkan, bir-birlarini yoqtirishi, xush koʻrmaslik, xulq-atvor, temperamenti kabi xislatlari bir-birlariga ma’lum boʻladi. Ular orasida boshqa birining muammolarini boʻlishar ekan, bir-birlariga boʻlgan hamdardlik rivojlanadi.
Qoidalarga bo‘ysunish bosimi:guruh muhokamasida, qoida va me’yorlarga rioya qilish bosimi boʻladi. Oldindan belgilangan va ta’sis etilgan standartlarga doimo majbur qilinadi va rioya qilinadi.
Ziddiyat: ziddiyat guruh a’zolari orasidagi kelishmovchilik, tafovut, ixtilof boʻlib, koʻpincha o‘ylash mobaynida kelib chiqadi.
Muhokamaning maqsadi:guruh muhokamalarining asosiy maqsadi bizning guruhda oʽzimizni tutishimizni baholashdir. Guruh muhokamasi bizga oʽzimizning intellektual qobiliyat, ijodkorlik, tasavvur va yondashuv kabi Shaxsiy xislatlarimizni muammolarni yechishda, yetakchilik sifatlari, kelishmovchiliklar va guruh xatti-harakatlarini koʻrsatishda asos boʻladi. Qatnashish maqsadida fikrning aniqligi va nutqimizning imkoniyatlarini baholay olamiz. Bu bizni taxminlarga asoslangan qarashlardan saqlaydi va noto‘gʻri harakatlarning oldini oladi.