Biznes muloqot va akademik yozuv



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə16/194
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193877
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv

3. Ikki tomonlama jarayon: muloqot jo‘natuvchiga qabul qiluvchidan reaksiyani ta’minlovchi 2 tomonlama jarayondir. Reaksiya deb har qanday muloqotning samarasiga tegishli ma’lumotni yetkazilishiga aytiladi.

4. Ishonchlilik: muloqot ishonch asosida boshlanadi. Bu muhit ekspert tomonidan unumdorlik bilan yaratiladi. Qabul qiluvchi jo‘natuvchiga ishonishi kerak. U manbaning predmet boʻyicha qobiliyati xususida yuqori fikrda boʻlishi shart.

5. Toʻliqlilik: har qanday muloqot muvofiqligi uchun toʻliq boʻlishi shart. Xabarlarning toʻliq boʻlmasligi tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi, xabarni oluvchini taxminlarda qoldirib, harakat yoki faoliyatning kechiktirilishini keltirib chiqaradi.

6. Mazmun: xabar uni oluvchi uchun ma’noli boʻlishi shart, uning baholash tizimiga mos boʻlishi shart. U uchun ahamiyatga ega boʻlishi shart. Umuman olganda, odamlar narsalar yoki predmetlarni ular uchun katta mukofotlar istiqboli uchun tanlaydilar. Mazmun tinglovchilarning javobini aniqlaydi.

7. Aniqlik: muloqot vositasi xabarlarning yetkazilishi, aniqlikni kafolatlashi kerak. Jo‘natuvchi tomonidan har qanday vosita tanlansa ham, yuborilishini xohlagan muayyan ma’lumot aniq boʻlishi kerak.

8. Qobiliyat: muloqotda tinglovchilarning qobiliyatlari hisobga olinishi shart. Muloqot tinglovchilar tomonidan eng kam miqdorda urinish talab qilinganda eng samarali hisoblanadi. Bu o‘qish qobiliyati va tinglovchining bilimi kabi omillarni oʽz ichiga oladi.

9. Iqtisod: muloqot tizimi iloji boricha tejamkor boʻlishi kerak. Ammo tizimning yaroqliligi tejamkorlikka erishishda qurbonlik qilinadi.

10. Maxfiylik: muloqot tizimi maxfiylikni kafolatlashi kerak va ma’lumot chiqib ketishi kerak emas. Xabarlar maxfiy xususiyatga ega boʻlganda, muhimroq boʻladi.

Muloqot uslublariga quyidagilar kiradi:

1. Hamkorlikdagi ijodiy faoliyatga qiziqish asosidagi muloqot.

2. Doʻstona munosabatlar asosidagi muloqot.

3. Masofadan turib muloqotga kirishish.

4. Qo‘rqitish(qo‘rquv) asosidagi muloqot.

5. Yolgʻon obroʻ-e’tibor qozonish uchun tashkil qilinadigan muloqot.


Birinchi uslub asosini pedagogning yuqori kasb etikasi tashkil etadi. Bu uslub haqida M.O.Knebel, I.P.Volkov, V.F. Shatalov kabilar oʽz fikrlarini bildirganlar. Ularning fikricha, bolalar bilan boʻladigan munosabat va pedagogik hissiyotlar mana shu uslub asosida shakllanadi.

Ikkinchi uslub asosan doʻstona munosabatlar, oʻquv-tarbiyaviy faoliyatda shakllanadi. Doʻstona munosabatlar muloqotning boshqarilishini ta’minlaydi. Maroqlilik bilan doʻstona munosabat birgalikda rivojlanadi. Pedagog bir tomondan bolalar uchun yaqin o‘rtoq, ikkinchi tomondan birgalikdagi faoliyat qatnashchisi boʻlishi lozim.

Uchinchi uslub, ya’ni masofadan turib muloqotga kirishish muhim ahamiyatga ega. Pedagog bilan oʻquvchi oʻrtasida ma’lum bir masofa boʻlishi kerak. Masofa juda uzoq boʻlmasligi lozim. Aks holda rasmiyatchilik kuchayib, ijodiylik muhiti shakllanmaydi. Pedagog masofani saqlasa obroʻ-e’tibori ortadi.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin