8. Yagonalashgan javobgarlik. Har bir nazorat faqatgina bitta
javobgarlik markazi uchun biriktirilishi lozim. Ma’suliyatsizlikdan kechish
maqsadida aloxida bir funktsiyani ikkita yoki bir nechta javobgarlik markazlariga
biriktirib qo’ymaslik kerak. Ammo bir nechta nazorat qilish funktsiyalarini bitta
javobgarlik markaziga biriktirib qo’shimcha ruxsat etiladi.
Misol Bosh buxgalterning alohida nazorat funktsiyasi bo’lib amalga oshirilgan xo’jalik muomalalari O’zbekiston Respublika qonunchiligi talablariga mos kelishini nazorat qilish hisoblanadi. Bosh buxgalter qonunchilik xolatlari buzilishi to’g’risidagi ma’lumotlarni raxbariyatga yetkazmaganligi uchun javogarlikka tortilishi lozim. Ichki auditorning nazorat funktsiyasi esa bunday hollarda, buxgalter tomonidan o’z nazorat funktsiyalarining sifatli bajarilishi ustidan tekshirishlarni amalga oshirib borish hisoblanadi. Auditor aks ettirilgan xo’jalik muomalarini baholaydi, biroq u buxgalteriya hisobida qonun buzilishini aniqlamaganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkun. 9. Funktsional o’rin almashish. Ichki
nazoratning
aloxida
sub’yektlarning va vaqtinchalik chiqib ketishi nazorat qilish amallarining uzilib
qolishiga olib kelmasligi zarur. Buning uchun, o’z navbatida, har bir xodim (ichki
nazorat sub’yektga) o’zidan yuqori turuvchi, o’zidan quyi turuvchi va o’z
darajasidagi bir yoki ikkita xodimning nazorat qilish ishlarini bajara olishi lozim, bu
esa ularning chiqib ketishi davrida nazorat qilish ob’yekti bilan mos bo’lgan aloqa
yo’qotmasligining oldini olishga imkoniyat yaratadi.
10. Qat’iy belgilanganlik. Ichki nazorat tizimining amal qilish
samaradorligi korxonada nazorat tizimining qat’iy belgilangan qoidaga qay darajada
bo’ysunishiga bog’liq. Albatta, hamma narsani nazoratga olish qiyin, bu vaziyatda
nazoratni o’rnatish uchun qat’iy qaror qabul qilishga to’g’ri keladi.