Biznesda buxgalteriya fanidan tayyoralagan


2. Ichki nazoratning turlari



Yüklə 413,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix10.05.2023
ölçüsü413,39 Kb.
#110915
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ichki nazorat va audit

1
2. Ichki nazoratning turlari 
 
Ichki nazorat tizimi quyidagi omillar ta’siri ostida bo’ladi:

Boshqaruvning ichki nazoratga bo’lgan munosabati; 

Korxona faoliyatining ichki sharoitlari, uning hajmi, ko’lami va faoliyat 
turi; 

Uning soni va hududiy jihatdan har xil joylashganligi, uning bir qismli 
yoki shuba korxonalariga ega bo’lishi; 

Maqsad va vazifalarining strategik o’rnatilganligi;

Faoliyatning 
mexanizatsiyalashganligi 
va 
kompyuterlashganligi 
darajasi; 

Resurs bilan ta’minlanganligi; 

Xodimlar tarkibining bilim darajasi; 
Ichki nazorat quyidagicha tashkil etilishi mumkin: 
a) 
yillik hisobotni tasdiqlash maqsadida yig’ilgan aktsiyadorlar 
yig’ilishida saylangan taftish komissiyasi shaklida; 
b) 
bevosita rahbarga buysunuvchi ichki audit bo’limi shaklida 
c) 
nazorat guruxi shaklida
d) 
inventarizatsiya bo’limi shaklida; 
e) 
ichki audit tekshiruvini o’tkazish uchun auditorlik tashkiloti bilan 
shartnoma shaklida bo’lishi mumkin. 
Savol: korxona rahbariga yoki boshqaruviga ichki audit kerakmi? 
Korxonalarda hozirda an’anaga ko’ra faoliyat ko’rsatayotgan ichki nazorat xizmati 
1
Tulaxodjaеva M.M. «Audit» (darslik). Toshkеnt Davlat iqtisodiyot univеrsitеti. Iqtisodiyot, 2010 y. – 456-b. 
Ichki auditning asosiy tavsiflari
Mustaqillik va ob’ektivlik
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt
faoliyatini rivojlantirish
Kafolat va maslahatlar berish


va nazorat-taftish xizmati foydaliroqmi? (shuni ta’kidlash keraki hozirda G’arb 
mamlakatlari korxonalarning amaliyotida ichki audit xizmati ko’proq tarqalgan; 
ichki nazorat xizmati kam qo’llaniladi va nazorat-taftish xizmati esa umuman 
qo’llanilmaydi.
Korxonaga nechta nazorat organi kerakligi va qaysi biri muhimroq ekanligini 
korxona rahbari va menejeri aniqlaydi. Qaror qabul qilishda korxonaning nazorat 
bo’limi muhim ahamiyatga egadir, agar ichki nazorat yoki risklarni boshqarish 
tizimi to’g’ri yo’lga qo’yilmagan yoki samarasiz ishlayotgan bo’lsa, ichki audit 
faoliyatning maydoni keskin torayib boradi, chunki uning vazifasi ichki nazorat 
tizimining samarani baholashdan iboratdir. Bu holatda korxona menejerining asosiy 
vazifasi korxonada nazorat tizimini takomillashtirish hisoblanadi.
Taftish. Korxonada ichki nazorat tizimini ishlab chiqish jarayoni murakkab 
va uzoq vaqtni oladi hamda korxonada nazorat taftish bo’limi tashkil etilishi 
zaruriyati tug’iladi, bu holatda nazorat-taftish xizmati xatoliklarni yoki lavozimni 
suiste’mol qilinishi xolatlari yuzaga kelishini aniqlaydi. Shuni ta’kidlash joizki, 
taftish faoliyati amalga oshirib bo’lingan faoliyat ustidan o’tkaziladi. Ichki audit esa 
korxonaning umumiy istiqbolini ko’ra oladi va kelgusida bo’lishi mumkin bo’lgan 
hodisalarni tahlil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, taftish ishlari bo’lib o’tgan 
kamchiliklar bo’yicha xulosa beradi, ichki audit esa imkoniyatni baholaydi hamda 
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan riskni kamaytirishga hamda salbiy oqibatlarga olib 
kelmaslikni oldini olish bo’yicha takliflar beradi. Yuqoridagilardan xulosa qilib 
shuni ta’kidlash joizki, korxonada ichki taftish tizimining mavjudligi ichki auditning 
keragi yo’q degan fikrni inkor etadi. 
Shtat bo’yicha ichki audit xizmati. Ichki audit xizmatining korxona 
rahbarlariga bo’ysunishiga har xil yondashiladi. Eng yaxshi yo’l ichki audit xizmati 
boshlig’ining kuzatuv kengashi bo’ysunishidir. Aynan shunday yondashish 
zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillariga to’g’ri keladi. Bu vaziyatda ichki 
audit tizimining ijro boshqaruvidan mustaqilligi ancha oshadi. Bu holatda ichki audit 
xizmati salohiyatidan maksimal darajada foydalanish imkonini beradi. Har xil 
sabablarga ko’ra bu variantni amalga oshirish imkoni bo’lmasa, ichki audit xizmati 
direktorlar kengashiga bo’ysunadi. 
Ichki audit xizmatining tarkibiy tuzilishi va xodimlari soniga aniq bir cheklov 
berilmagan, bu quyidagi omillarga ko’ra har xil bo’ladi: birinchi omil bu 
korxonaning ichki audit oldiga qo’ygan vazifasi. Ikkinchi omil bu ichki audit 
xizmatining tuzilishiga ta’sir etuvchi omillar, korxonaning xar xil turdagi risklarga 
duch kelganligi. Uchinchi omil korxonada nazorat tizimining yetukligi. 
To’rtinchidan, korxona shohobchalarining ko’pligi va har xil joyda joylashganligi. 
Ichki audit xizmati tizimini ishlab chiqishdan oldin, avvalo ichki audit 
xizmatining ob’ektivligini hamda erkinligini ta’minlash lozim. Sho’’balari ko’p va 
har xil joyda joylashgan xolding kompaniyalari uchun markazlashgan ichki audit 
xizmati to’g’ri keladi. Uning xodimlari hududiy holatda korxonaning bosh ofisida 
yoki sho’’ba korxonalarida joylashishi mumkin. Ammo nima bo’lganda ham ular 
funktsional ravishda korxonaning rahbariga bo’ysunadi. Ichki audit xizmati 
ishchilarning markazlashgan strukturasi korxonaning qaysi bir filial yoki 
sho’’basida joylashmasin, korxonaning ichki audit xizmati boshlig’iga yoki korxona 


rahbariga bo’ysunadi. Bu turdagi korxonalarga boshqaruv kuchsizlanish ehtimoli 
yuzaga keladi hamda ichki audit xizmatining erkinligi va ob’ektivligida yuzaga 
kelish mumkin bo’lgan riskni kamaytiradi.
Autsorsing va kosorsing. Ichki audit tekshiruvidan tashqari tekshiruvchi, 
chetdan audit tekshiruvi bo’yicha shug’ulanuvchi korxonani jalb qilgan holda yoki 
tashqi maslahatchi jalb qilish orqali amalga oshirish ham mumkin. Bu autsorsing 
variantidir, ammo korxonaning ichki audit masalalarini tashqi audit hal etishiga 
tavsiya etilmaydi. Yana kosorsing varianti ham mavjud bo’lib bunda korxona ichki 
audit xizmati tizimini tashkil etishi va ba’zi hollarda tashqi ekspert korxonalarini 
yoki tashqi maslahatchilarni jalb qilish mumkin. Autsorsing va kosorsindan 
foydalanishning afzalligi quyidagicha:

Yüklə 413,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin