Biznesda buxgalteriya fanidan tayyoralagan


qoidalari bo’yicha ma’lumotni o’z ichiga olgan bo’lishi lozim. Sxemadagi



Yüklə 413,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix10.05.2023
ölçüsü413,39 Kb.
#110915
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ichki nazorat va audit

qoidalari bo’yicha ma’lumotni o’z ichiga olgan bo’lishi lozim. Sxemadagi 
ma’lumotlar tushunarli holatda bo’lishi lozim va bu holatda ma’lumotni 
xodimlarga o’z vaqtida yetkazib berib turish zarur hisoblanadi. 
16. 
Hisobga olish va nazorat qilish tizimiga yangi axborot texnologiyalarini 
jalb qilish. Korporativ turdagi yirik iqtisodiy salohiyatga ega bo’lgan yirik 
korxonalar, yangi va sifatli dasturlar bilan ta’minlangan texnologiyalarga 
bosqichma-bosqich o’tish maqsadga muvofiqdir. Bu holat quyidagilarga 
yordam beradi: 
-mijozlar talablarini bajarish quvvatidagi muammolarni hal etish; 
-xodimlarning faoliyat tizimidagi salohiyatini oshiradi; 
-korxonaning boshqarish rejimini real masshtabdagi vaqtda amalga 
oshirishini ta’minlaydi; 
-tarmoqlar o’rtasidagi o’zaro aloqadagi faoliyatni amalga oshirilish 
samarasini oshiradi; 
-ma’lumotlarni kompyuter tizimiga qo’l bilan kiritilishida yo’l qo’yiladigan 
kamchiliklarni bartaraf etadi. 
17. Nazorat faoliyatini amalga oshirilishining hujjat bilan tasdiqlanishi. 
Muhim nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi har bir mas’ul shaxs nazoratni amalga 
oshirilayotganligini tasdiqlash maqsadida muntazam ravishda yozma shaklda imzo 
bilan tasdiqlagan holatda hisobot berib borishi lozim. Bu kabi hisobot belgilangan 
muvofiqlashtiruvchi markazga taqdim etilishi lozim. Hisobotni tekshirgan shaxs 
tomonidan ushbu hisobot tekshirilganligini tasdiqlash maqsadida imzo qo’yilishi 
lozim. Bu qoidaning amalga oshirilishi ichki nazoratning har bir pog’onasi 
nazoratini tekshirib borish imkonini beradi. 
18. Ichki nazoratchilarning majburiyatlarini doimiy ravishda qayta 
taqsimlash Nazoratning samaradorligini oshirish hamda o’z vazifalarini suiste’mol 
qilinishini oldini olish maqsadida xodimlar o’rtasidagi majburiyatlar qayta 
taqsimlanib borilishi lozim. 
Buxgalter 
majburiyatlarining doimiy 
ravishda qayta 
taqsimlanishi 
quyidagilarga yordam beradi: 
-buxgalter tomonidan har bir faoliyatning o’zaro nazorati tufayli 
kamchiliklarning yuzaga kelishi ehtimoli kamayadi; 


-bitta uchaskada ishlash orqali bir xil ishdan toliqishni oldini oladi va 
buxgalter ishining samarasini oshiradi; 
-buxgalteriya xodimlarining uddaburonligini oshiradi. 
Misol
Buxgalteriyaning bir-biriga teng bo’ladigan xodimlarining majburiyatlarini 
har yili qayta taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Har xil uchastkalarga ishga 
o’tkazish buxgalterning o’z malakasini yuqori darajada ushlab turishiga yordam 
beradi. Agar buxgalterga yangi uchastkada qo’shimcha bilimni o’rganish to’g’ri 
kelsa, bunda arzimagan xarajat bilan bu xodimlar o’zaro aloqador va xo’jalik 
ishlarini amalga oshirishda yanada epchilroq xodimga aylanadi. 

Yüklə 413,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin