Biznesda buxgalteriya fanidan tayyoralagan


3. Korxonada ichki auditni tashkil qilish bosqichlari



Yüklə 413,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix10.05.2023
ölçüsü413,39 Kb.
#110915
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ichki nazorat va audit

2
3. Korxonada ichki auditni tashkil qilish bosqichlari 
Korxonalarda samarali faoliyat yurituvchi ichki audit xizmatini tashkil qilish 
– murakkab, ko’p bosqichli jarayondir va uning quyidagi bosqichlarini keltirib o’tish 
mumkin:
1. 
Tanqidiy fikrlash va korxona faoliyati turlari bo’yicha uning oldiga 
qo’ygan maqsadlari, strategiyasi, taktikasi, uning imkoniyatlari va tashkiliy tuzilishi 
bilan tanishib chiqish; 
2. 
Korxonaning yangicha ishlash konsepsiyasini yaratish va uni korxona 
ichki qonunlari bilan meyoriy xujjatlari tasdiqlash. Ushbu yangicha ishlash uslubi 
korxonaning maqsadlaridan, faoliyat ko’rsatish sohasi va imkoniyatlaridan kelib 
chiqqan holda uning yanada rivojlanishi, taraqqiy etishi, belgilangan maqsadlarga 
erishishi, bozorda yanada mustahkam o’rin egallashi uchun xizmat qilishi lozim. Bu 
konsepsiyalar taskilotning moliyaviy, texnologik, innovatsion, investitsion, hisob va 
kadrlar siyosatida aks etishi lozim. Bu kabi qoidalar chuqur tahliliy amallar, etarli 
darajada hisob-kitoblar o’tkazilgandan so’ng, ko’rib chiqilgan variantlar ichida eng 
maqbuli tanlangan holda amalga kiritilishi lozim bo’ladi. Ushbu konsepsiyaning 
korxona ichki qoidalari bilan mustahkamlanishi korxona moliyaviy-xo’jalik 
faoliyatini belgilangan omillar asosida joriy va kelajakdagi faoliyatini nazorat 
qilishga asos bo’ladi. 
3. 
Mavjud boshqaruv tizimining samaradorligini aniqlash va uni 
yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. Boshqaruv tuzilmasi bo’yicha 
nizom ishlab chiqish va unda har bir bo’g’im bo’yicha boshqaruv, funksional
uslubiy bo’ysinish qoidalarini yaratish, kim kimga bo’ysunish kerakligini aniq 
ko’rsatish, ularning bir-birlari oldidagi huquq va majburiyatlarini aniq belgilanishi 
2
Tulaxodjaеva M.M. «Audit» (darslik). Toshkеnt Davlat iqtisodiyot univеrsitеti. Iqtisodiyot, 2010 y. – 446-b. 
Ichki naz
or
at usullari
Vazifalarni
tao’simlanishi
Mustao’il tekshirish
tizimi
Nazorat va o’¤rio’lashni 
tabiiy usuli
Xujjatli tekshirish
Ma’sulyatni tasdio’lash tizimi 


talab etiladi. Xuddi shu talablarga korxonaning boshqa filiallari (bo’limlari, 
guruhlari) ham xodimlar ish taqsimoti jarayonida amal qilishi kerak bo’ladi. Har bir 
xodim huquq va majburiyatlarini aniq belgilovchi lavozim ko’rsatmalarini ishlab 
chiqish, shtatlar ro’yxati, hujjatlashtirish rejalari va hujjatlar aylanishi aniq qonun 
qoidalarini ishlab chiqish lozim. Bunday jiddiy qoidalarsiz grafigini korxona barcha 
bo’limlarida etarli darajada ichki nazoratni o’rnatish juda mushkul.
4. 
Korxonada ma’lum bir moliyaviy va xo’jalik muomalalari bo’yicha 
aniq ichki nazorat uslubini yaratish. Bu xodimlarning o’zaro ichki nazorat tizmida 
qatnashishi, resurslardan samarali foydalanish va boshqaruv qarorlarini qabul 
qlishida axborotning xaqqoniyligini to’g’ri baholashga yordam beradi.
5. 
Ichki audit bo’limini tashkil etish. 
Umumiy tarzda ichki audit bo’limini tashkil etishda quyidagi asosiy 
bosqichlardan foydalanish taklif etiladi:
1) ichki audit bo’limini tashkil etishdan maqsadni va u amalga oshirishi lozim 
bo’lgan ishlarni korxona oldiga qo’ygan maqsaddan chetga chiqmagan holda aniq 
qilib belgilab qo’yish lozim;
2) belgilangan maqsadga erishish uchun asosiy funksiyalarini aniqlab olish;
3) bir xil turdagi funksiyalarni guruhlarga ajratish va u asosida ushbu 
funksiyalarni bajarishga qaratilgan bo’lim birliklarini shakllantirish;
4) har bir tashkiliy tuzilma huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi o’zaro 
aloqalar sxemasini yaratish hamda buni lavozim ko’rsatmalari va ichki audit xizmati 
yo’riqnomasida qonuniylashtirib qo’yish;
5) yuqorida ko’rsatilgan tarkibiy birliklarni bir joyga jamlash – ichki audit 
bo’limi, korxona maqsadlaridan, vazifa va funktsiyalaridan kelib chiqqan holda 
uning maqomini belgilash va ichki audit bo’limi yo’riqnomasini ishlab chiqish va 
tasdiqlash;
6) 
ichki audit bo’limini korxonaning boshqa ma’muriy bo’linmalari bilan 
integratsiyalashtirish;
7) 
ichki audit bo’limining ichki standartlarini va axloq kodeksini ishlab 
chiqish;
8) 
ichki audit bo’limining strategik rejalarini ishlab chiqish;
9) 
hisobot topshirish tizimini tashkil etish;
10) 
mustaqil audit xizmati bilan hamkorlik qilish to’g’risida yo’riqnomani 
qabul qilish.
Ichki audit bo’limini tashkil etishda ichki audit xodimlar tarkibini aniqlash 
zarur bo’ladi.
Filiallari ko’p va uzoqda joylashgan bo’limlari mavjud yirik korxona ichki 
audit bo’limi xodimlari quyidagi tarkibdan iborat bo’lishi lozim:


1. 
Bo’lim mudiri. Bu lavozimga yuqori malakali, iqtisodiy yoki yuridik 
oliy ma’lumotga ega, malakali auditor yoki malakali buxgalter sertifikatiga ega 
shaxslarni tayinlash maqsadga muvofiq; 
2. 
Bosh korxona bilan hisob-kitoblar bo’yicha mutaxassis;
3. 
Filiallar hisobotlarini hujjatli tekshirish bo’yicha mutaxassis;
4. 
Hududiy buxgalter-uslubiyotchilar;
5. 
Soliq bo’yicha mutaxassis;
6. 
Huquqshunos;
7. 
Moliyaviy tahlil bo’yicha mutaxassis.
Ichki audit xodimlari o’z sohalariga mos ravishda ma’lumotga ega bo’lishlari 
lozim. Ichki audit xizmati lozim paytda ekspert xizmatidan foydalana olish 
imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. 

Yüklə 413,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin