Mahsulot о‘mini bosish. Agar korxonaning ishlab chiqa- rayotgan mahsuloti bozorda boshqa mahsulotning o‘mini bosa olsa, unda korxona faoliyati mazkur turdagi mahsulotni ishlab chiqarishga mansub.
Bo‘iinma yoki likvidlik ta’siri. Agar korxona mahsulotining sotuvi yoki likvidligi ishlab chiqarish samaradorligi yoki reali- zatsiyasv pasayishiga olib kelsa, unda korxona faoliyatining mustaqi! biznes doirasi boMmaydi.
Masalan, energetik uskuna ta’miri likvidligi avtomobil ishlab chiqarish sifatiga ta’sir qilsa, bunday faoliyatni mustaqil biznes doirasi deb bo'lmaydi.
Haqiqiy daromad.Biznesning har doim daromad keltiradigan turini korxonaning barcha faoliyatlari natijasida olingan daro- madlari bilan aralashtirib bo'lmaydi. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarning ba’zilari, ayrim hollarda bir birini takrorlashi va hatto qamrab olishi ham mumkin, lekin bu ko'rsatkichlar barchasi biznes doirasini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida aytilganlami natija qilib, strategik boshqarish ideolo- giyasi sifatida tizimli aks ettirish mumkin. Unga ko‘ra strategik boshqarishni uchta bosqichda amalga oshirish mumkin. Birinchi bosqichda korxonaning missiya va maqsadlari aniqlab olinadi va tashqi muhit tahlili amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda korxonaning strategiyasi ishlab chiqiladi va uning ichki muhit tahlili amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqichda korxonaning uzoq muddatli strategik maqsadlari aniqlaniladi, ularga o‘zgartishlar kiritiladi (1.3-rasm).