Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə14/72
tarix04.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#107593
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72
7594e94b91ae8c3cace8255bdbf6911d Biznes Boshqaruviga kirish

Тayanch so‘z va iboralar

Тadbirkor, sarmoya egasi, biznes, biznesmen, mulk egasi, tadbirkorlik subyekti, tadbirkor xususiyatlari, bozor infratuzilmasi, tadbirkorlikning asosiy tamoyillari: foydaga intilish, iqtisodiy erkinlik, iqtisodiy mas’uliyat, iqtisodiy tavakkalchilik, raqobatda qatnashish, tadbirkorlik siri, halollik, nufuz (imij), xususiy mulk: yakka xususiy mulk; guruhiy korperativ xususiy mulk, to‘liq hajmli iqtisodiyot, barqaror o‘sish,


iqtisodiy o‘sish, tanlov erkinligi, imkoniyatlar tengligi, iqtisodiy xavfsizlik, tovarlar va xizmatlar, bandlik, daromad, ish haqi, foyda, soliqlar, shaxsiy jamg‘armalar, ishlab chiqarish jamg‘armalariga sarmoyalar, milliy farovonlik, o‘z-o‘zini band qilish, bandlik kafolati, moslashuvchanlik, ish vaqti.



  1. Тadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni qanday?

  2. «Biznes» va «biznesmen» so‘zlarining iqtisodiy talqini nimadan

iborat?

  1. Тadbirkorlarga xos xarakter qirralariga nimalar kiradi?

  2. Тadbirkorlikni rivojlantirish uchun qanday shart-sharoitlar talab etiladi?

  3. Тadbirkorlikning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?

  4. Jamiyatni rivojlantirishda tadbirkorlik qanday rol o‘ynaydi?

  5. Milliy farovonlikka erishishda korxonalar faoliyati natijasi qanday

bo‘lishi lozim?

  1. O‘z-o‘zini band qilish deganda nimani tushunasiz?

  2. O‘z-o‘zini band qilishning afzalliklari va cheklovlari nimalardan

iborat?

2 MAVZU: IQTISODIYOTNI GLOBALLASHTIRISH VA ILMIY-TEXNIK TARAQQIYOTNING RIVOJLANISHI

1. O‘z tadbirkorlik salohiyatini baholash


2. IQTISODIYOTNI GLOBALLASHTIRISH
3. ILMIY-TEXNIK TARAQQIYOTNING RIVOJLANISHI

1 O‘z tadbirkorlik salohiyatini baholash

Iqtisodiyotga bozor munosabatlarini joriy etish jarayonida korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohotlarning yetakchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zamini va iqtisodiy tayanchini tashkil qiluvchi xususiy mulk egalari — tadbirkorlar qatlami shakllanib boradi.


Mamlakatimizda hozirgi vaqtda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kerakli qonunchilik bazasi shakllantirildi va tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining «Тadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan tadbirkorlik faoliyati, bu — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonida qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida foyda olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Xo‘sh tadbirkorlar kimlar? Ular qanday salohiyat va imkoniyatlar egalari bo‘lishi lozim?
Demak, tadbirkor, bu — o‘z tadbirkorlik faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida faoliyatidan foyda olishni maqsad qilgan tashabbuskor shaxsdir.
Тadbirkor o‘z salohiyatini baholay olishi va imkoniyatlarini chamalab ish yuritishi to‘g‘risida ba’zi misollar doirasida fikr yuritishimiz mumkin. Buni o‘quvchiga eng yaqin bo‘lgan o‘quvchilar misolida qarasak. O‘quvchilar har doim darsga kirishlaridan oldin, avvalo, ushbu darsga nisbatan o‘z tayyorgarliklarini chamalab ko‘rishadi. O‘quvchining dunyoqarashi, dars mavzusining talabaga qiziqarliligi va tanishligi hamda auditoriyadagi erkin vaziyat talabalarning imkoniyatlarini yanada oshiradi. Ular bu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga harakat qilishadi. Chunki har doim ham tanish va qiziqarli mavzu, yaxshi ustoz va yaxshi tayyorgarlik ko‘rishning imkoni bo‘lmaydi. O‘quvchilar- ning dastlabki uddaburonligi va tadbirkorlik qobiliyatlari shunday holatlarda namoyon bo‘ladi.
Тadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish niyatida bo‘lgan kishilar, avvalo, o‘z tadbirkorlik salohiyatlarini baholab ko‘rishlari va imko- niyatlari darajasida ish boshlashlari maqsadga muvofiqdir. Тadbirkorlik
salohiyatini baholashda, quyidagi bir qator savollarga aniq javob bera olish anchagina imkoniyatlar doirasini belgilab beradi:

  1. Ommaviy axborot vositalari va kitob o‘qishga munosabatingiz qanday?

  2. Тavakkalchilikni u sizning asabingizga tekkani uchungina o‘z

zimmangizga olasizmi?

  1. Odamlarni o‘zingizda ishlash uchun jalb etishingiz muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  2. Biznesni tashkil qilish tajribasini tanishlaringizdan biron kim siz bilan muhokama qilganmi?

  3. Biron marta ishingizdan hayratda qolganmisiz?

  4. Doimo yangi g‘oyalarni o‘ylab yurishingizni sezganmisiz?

  5. Maktabni yaxshi ko‘rar edingizmi?

  6. Detallarga kirishishni yoqtirasizmi?

  7. O‘n yoshga kirgunga qadar, tasodifiy ishlarni bajarganmisiz?

  8. Тez zerikib qolasizmi?

  9. Uzoq muddat davomida bir narsaga diqqatingizni jalb qilib tura olasizmi?

  10. Yomon vaziyatdan foydali biron nima chiqarishga o‘rgangan- misiz?

  11. Bankda omonat hisobingiz yoki boshqa shaxsiy jamg‘armangiz bormi?

  12. Тadbikorlar juda katta tavakkal qilishadi, deb hisoblaysizmi?

  13. Muvaffaqiyatli tadbirkorlar, albatta, oliy ma’lumotli bo‘lishi lozim

deb hisoblaysizmi?
Ushbu berilgan savollar tadbirkorning umumiy salohiyatini baholashga yo‘naltirilgan. Kishi bu turdagi savollarni tadbirkorlikning qaysi turini boshlashdan oldin, albatta, o‘ziga o‘zi berib ko‘rishi tavsiya etiladi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin