Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə56/72
tarix04.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#107593
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72
7594e94b91ae8c3cace8255bdbf6911d Biznes Boshqaruviga kirish

^ 1. Tovar qondiruvchi ehtiyojlar

Ehtiyojlarni tavsiflovchi asosiy axborot quyidagilardan iborat:




  • tovar nomi;


  • tovarning vazifalari, foydaliligi;


  • tovardan foydalanishning universalligi, bilvosita foydalilik, ikkinchi darajali qo’llash sohalari (masalan, chang yutgichdan xonalarni bo’yashda foydalanish imkoniyati);


  • tovarning o’ziga xosligini ta’minlovchi omillar.




^ 2. Sifat ko’rsatkichlari

Mahsulot xususiyatlariga uning quyidagi sifat ko’rsatkichlari bevosita bog’liq bo’ladi: uzoq muddat xizmat qilish, ishonchlilik, oddiylik, xavfsizlik va hokazo. Ayrim sifat ko’rsatkichlari miqdoriy jihatdan baholanib, mos keluvchi ma’lumotlar biznes-rejada keltirilishi mumkin. Xususiyatlar yig’indisini xuddi sifat darajasi kabi xaridorlar tasavvuriga mos keluvchi tushunchalar orqali o’lchanishi zarur.



^ 3. Iqtisodiy ko’rsatkichlar

Iqtisodiy ko’rsatkichlardan quyidagilar keltirilishi lozim:




  • iste’mol bahosi;


  • bitta mahsulot birligi tannarxi va u keltiruvchi foyda.


Iste’mol bahosi tovarning xizmat qilish muddati davomida unga sarflanuvchi xarajatlarni aks ettirib, quyidagilardan iborat bo’ladi:




  • sotish bahosi (narxi);


  • transport xarajatlari;


  • o’rnatish xarajatlari;


  • xodimlarni o’qitish xarajatlari;


  • ekspluatatsiya xarajatlari;


  • texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash xarajatlari;


  • soliqlar;


  • sug’urta badallari va hokazo.




^ 4. Tovarning tashqi bezalishi

Tovarning tashqi bezalishini tavsiflashda uning zamonaviy dizayn va iste’molchilar talablariga mos kelishini aks ettirish, mahsulotning shakli uning funktsiyalariga qanchalik javob berishi, materiali va rangi nima asosida tanlanganligi va boshqalarni ko’rsatish lozim.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin