Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə60/72
tarix04.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#107593
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72
7594e94b91ae8c3cace8255bdbf6911d Biznes Boshqaruviga kirish

^ Qisqa xulosalar

Biznes-rejaning «Korxona mahsulotini tavsiflash» bo’limi korxona mahsuloti, ish va xizmatlarini tavsiflashi mo’ljallangan bo’lib, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ham qamrab oladi.

Korxona mahsulolarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar qatoriga mahsulotning funktsional ko’rsatkichlari va tavsifnomasi, o’ziga xos va original jihatlari, mahsulotning hayotiylik davri sifat ko’rsatkichlari, shuningdek, korxonaning mahsulotni muvaffaqiyatli chiqarish va tarqatishini ta’minlash imkoniyatlarini kiritish mumkin.


Muhokama va nazorat savollari

  1. Mahsulot(xizmat)ning tavsiflanishi va uning vazifalari.


  2. Biznes obyektining real bahosi, asosiy tavsifnomasi.


  3. Miqdoriy tahlil (narxning pastligi hisobiga olinuvchi moliyaviy yutuq, ekspluatatsiya xarajatlarining pasayishi va hokazo).


  4. Nomoddiy foydalar (dizaynning yaxshilanishi, sog’liq uchun xavfsizlik).


  5. Mahsulotning o’ziga xosligi – sizning nuqtai nazaringizda va bozor nuqtai nazaridan.


  6. Mahsulot hayotiylik davriga ta’sir etuvchi omillarni ta’riflang.


  7. Tovar hayotiylik davrining asosiy bosqichlari va korxonaning an’anaviy marketing harakatlari.


  8. Raqobatchilar mahsulotlarini baholashda nimalarga e’tibor berish kerak.


  9. Asosiy iste’molchilar. Aynan sizning mahsulotingizni tanlash sabablari.


  10. Sizning mahsulotingizga bo’lgan talabni bashorat qilish.





MAVZU: MAHSULOTNI TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI

Mahsulotni baholash usullari


Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi

Mahsulotni baholash usullari


Tovar murakkab tushuncha bo‘lib, bir qator xususiyatlar yig‘indisini qamrab oladi. Ulardan asosiysi iste‘molchilik sifatlari, ya‘ni tovarning o‘z egasi ehtiyojlarini qondira olishi hisoblanadi. Tovarning ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan ta‘rifi -
«sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuli» to‘g‘ri bo‘lsada, tovarni pulga ayirboshlashdagi rolini emas, undan foydalanish imkoniyatlarining ahamiyatini ko‘rsatish muhim: tovar bu – ma’lum bir ehtiyojni qondirish vositasidir. Tovarning boshqa yana bir ta‘rifiga ko‘ra – bu buyumning foydali xususiyatlari yig‘indisidir. Shu sababli u iste‘molchilar ehtiyojlarini moddiy qondirish uchun zarur bo‘lgan barcha tarkibiy elementlarni avtomatik ravishda qamrab oladi.
Tovarning iste‘mol qiymati tovarning o‘zi va unga qo‘shimcha xizmatlar bilan bog‘liq xususiyatlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Korxonaning barqaror muvaffaqiyati uchun doimiy mijozlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish zarurligi sababli raqobatli bozorda tovar narxi, o‘rovi (qadoqlanishi), dizayni, ergonomik xususiyatlari va unga tegishli hujjatlarga alohida e‘tibor qaratish lozim. Shu bilan birga avtomobil, traktor yoki stanok dizaynining ajoyibligi uni bozorda muvaffaqiyatsizlikka uchrashidan himoya qila olmaydi.
Tovarlarni tadqiq etishning pirovard maqsadi bozordagi tovarlar sifati va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining xaridorlar so‘rov va talablariga mos kelishi, shuningdek ularning raqobatbardoshligini tahlil qilish hisoblanadi. Tovarlarni tadqiq etish iste‘molchi nimaga ega bo‘lmoqchiligi, u mahsulotning qaysi iste‘mol ko‘rsatkichlarini (dizayn, ishonchlilik, narx, ergonomika, servis, funktsionallik) ko‘proq qadrlashi haqidagi ma‘lumotlarni olishga imkon beradi. Shu bilan birga reklama kampaniyasi uchun eng omadli dalillarni olish, to‘g‘ri keluvchi savdo vositachilarini tanlash ham mumkin. Tadqiqot obyektlari – o‘xshash tovarlar va raqobatchi tovarlarning iste‘mol xususiyatlari, iste‘molchilarning yangi tovarlarga reaktsiyasi, tovar assortimenti, o‘rovi, servis darajasi, iste‘molchilarning istiqboldagi talablari hisoblanadi. Tadqiqot natijalari korxonaga xaridorlar talablariga mos ravishda o‘z tovar assortimentini ishlab chiqish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, tovar hayotiylik davrining bosqichlaridan kelib chiqqan holda faoliyat yo‘nalishlarini tanlash, g‘oyani izlab topish va yangi tovarlarni ishlab chiqish, tovar markalanishini takomillashtirish, firma stilini ishlab chiqish, patentlarni himoya qilish usullarini aniqlashga imkon beradi.
Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tovar yoki mahsulotni to‘g‘ri ko‘rsata bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda tovarning taxminiy narxi va uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar miqdorini ko‘rsatish tavsiya qilinadi. Ularga ko‘ra har bir tovar birligi keltirishi mumkin bo‘lgan foyda hajmini aniqlash mumkin.
Tovarning asosiy xislatlarini, uning dizayni va o‘rovining afzalliklarini aniq tavsiflash katta ahamiyatga ega. Bularning barchasi tashqi va ichki bozorda sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar tovar xaridorlar talablarini qondira olmasa uni sotish uchun hech qanday hatti-harakatlar ko‘ngildagidek tijorat natijalarini bermaydi. Ishlab chiqarilayotgan tovarning bozor talablariga mos kelmasligi hozirgi kun sharoitlarida katta moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Tovarning «sotiluvchanligi»ni baholashning eng samarali usuli tanlangan bozorlarda sinov tariqasida sotish hisoblanadi. Bu birinchi navbatda shaxsiy iste‘mol tovarlariga taalluqlidir. Bozor sinovlarini tashkil qilishning qiyinligi va qimmatligi sababli ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tovarlarni sinov tariqasida sotish kamdan-kam amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tovarlar, ayniqsa, mashinalar, asbob-uskuna va qurilmalarni iste‘molchilarga bepul asosda sinash uchun etkazib berish tavsiya qilinadi. Bunday sinov natijalari korxonaga mahsulot raqobatbardoshligini oshirish uning texnik darajasi va sifatini eng yuqori bozor talablariga etkazishga imkon beruvchi muhim ma‘lumotlarni beradi. Sinov natijasida olingan ma‘lumotlar tovarni ommaviy ishlab chiqarishni boshlashdan avval unga zarur o‘zgartirishlar kiritish va uni muayyan bozorlarga moslashtirish uchun katta imkoniyat beradi. Sinov tariqasidagi sotuvlar to‘liq muvaffaqiyatsizlikka uchraganda tovar umuman ishlab chiqarishdan olib tashlanadi.
Bo‘limda mahsulot servisini tashkil qilish ham tavsiflanishi lozim (agar mahsulot texnik mahsulot bo‘lsa). E‘tiborni tovarning kamdan-kam uchraydigan xislatlariga qaratish tavsiya etilmaydi. Yaxshisi bozorni maksimal qondirish, o‘ziga
xos iste‘mol xususiyalariga ko‘proq e‘tibor qaratgan ma‘qul. Bu yo‘nalishda birinchi qadam o‘z tovarini to‘liq va yaxshi bilish, uning kutilayotgan xaridor uchun keltirishi mumkin bo‘lgan foydalaridan xabardor bo‘lish hisoblanadi.
Tashqi bozor uchun mo‘ljallangan tovarlarni tanlashda ichki bozorda sotuv natijalarini baholash katta foyda beradi. Tashqi bozor uchun mo‘ljallanuvchi tovarlar narx, estetika va funktsiyalar nuqtai nazaridan o‘ziga xos baholashni talab qilishini yoddan chiqarmaslik zarur.
Javob topish lozim bo‘lgan savollar quyidagilardan iborat:

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin