7594e94b91ae8c3cace8255bdbf6911d Biznes Boshqaruviga kirish
J.l.k.= AMab./ QMM(8.2.1)
bu yerda, AMab. — aylanma mablag‘lar; QMM— qisqa muddatli majburiyat.
Shaxsiy mablag‘lar bilan ta’minlanganlik. Bu ko‘rsatkich korxonaning moliyaviy turg‘unligini ta’minlovchi aylanma mablag‘lari mavjudligini bildiradi. Shaxsiy mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti bu shaxsiy aylanma mablag‘lar hajmi manbayidan haqiqiy asosiy vositalar qiymati va aylanmadan tashqari aktivlar farqini korxona aylanmasida bo‘lgan mavjud ishlab chiqarish zaxiralari ko‘rinishidagi aylanma mablag‘lar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlari va boshqa aylanma mablag‘lar farqiga nisbati bilan aniqlanadi. Moliyaviy-iqtisodiy talab qoniqarli, deb hisoblanadi.
Yangi loyiha yuzasidan biznes-reja ishlab chiqishdan avval, birinchi navbatda, ularni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash, ya’ni qo‘yilgan maqsad bo‘yicha loyihaning muvofiqligini aniqlash lozimdir. Agar loyiha maqsadga muvofiq bo‘lsa, uni yana qo‘shimcha ravishda o‘rganish va to‘laqonli darajada loyihani asoslash kerak. Uning keyingi bosqichida ko‘zlangan maqsadni hal etish yo‘lida strategik reja ishlab chiqishdir. Bu rejaga barcha bo‘g‘in va bo‘limlarning strategiyasi kiritilishi shart. Bu yerda eng kerakligi bo‘lim va bo‘g‘in rejalarini koordinatsiya qilinishi, muddatlari bilan bir-biriga bog‘langanligini ta’minlash maqsadga muvofiqdir. Ko‘zlangan maqsad bo‘yicha korxona ishlab chiqarish strategiyasini shakllantirishda quyidagi savollarga javob berish kerak:
Mavjud tashkiliy tizimga qanday ta’siri bo‘ladi? Yangi yoki oldingi faoliyat turi korxona uzoq muddatli maqsadiga erishishga mos keladimi?
Ushbu loyiha bo‘yicha qo‘yilgan vazifani bajarishga korxona tayyormi?
Rahbarlik darajasi loyiha talablariga mos keladimi?
Moliyaviy nuqtayi nazardan korxona o‘zini boshqarishi mumkinmi?
6 Ko‘zlangan loyihani amalga oshirish uchun korxonani moliyaviy mablag‘lari
yetarlimi?
Korxona loyihani amalga oshirishi yo‘lida zaruriy mablag‘larni bir joyga jamlashi mumkinmi?
O‘ylangan strategiya korxonaning ijobiy tomonlarini yoritishga imkon
beradimi?
Muvaffaqiyatni yuzaga kelishi qay darajada yuqori, uni amalga oshirishda korxona yana nima ishlar qilishi kerak?
Qanday tavakkalchilikka duch keladi, agar u amalga oshirilmasa yoki
qo‘llanilmasa, maqsadga erishib bo‘ladimi?
Ishlab chiqarish strategiyasini amalga oshirish qancha vaqt talab qiladi va u qanday natijalar beradi?
Тavakkalchilik darajasi qanday holatlarda kamayishi mumkin?
Qachon mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishda zararsizlik
nuqtasiga erishiladi?
Тashqi omillar ta’siri qanday bo‘lishi mumkin?
ko‘rib turilishi qanday?
Yuqoridagi savollarga biznes-rejada atroflicha, aniq tahlil ma’lumotlariga asoslangan holda javob berilishi ko‘zlangan maqsadga erishishning bosh mezoni hisoblanadi. Har qanday biznes-reja doimiy ravishda qayta ko‘rib borilishi shart. Aniq va samarali reja ham tashqi muhit shartlari o‘zgarishi hisobiga maqsadini yo‘qotishi mumkin. Biznes-reja maqsadi, vazifasi tashqi va ichki omillar hisobiga o‘zgarishi mumkin, ya’ni umumiqtisodiy ahvol, xaridorning holati, yangi texnologiya, raqobat, ichki omillar, yuqori malakali kadrlarni yo‘qotish va h.k.
Bundan tashqari, bozordagi, tarmoqdagi va korxonadagi barcha o‘zgarishlarni hisobga olmoq kerak. Chunki bu o‘zgarishlar biznes-rejaning bajarilishiga ta’sir etishi e’tibordan xoli emas. Shuning uchun korxona rahbarlari tomonidan tegishli o‘zgarishlar kiritilib borilishi maqsadga muvofiqdir. Rahbar bozor sharoitidan kelib chiqib, rejaga nisbatan farqlanishni tushunishi va to‘g‘ri baholashi lozim. Rahbarning bunday yondashuvi reja topshiriqlarini bajarish va maqsadga erishishda to‘g‘ri yo‘lni tanlaganligini bildirib, o‘z navbatida, muvaffaqiyat garovi ham bo‘lib qoladi. Yuqoridagi maqsadga erishishning birdan bir to‘g‘ri yo‘li, uning yetarli axborot manbayiga ega bo‘lishidir. Hozirda biznes ko‘proq axborot manbayi yetarli emasligi hisobiga qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ularga:
korxona rahbari ish stolida tezkor ma’lumot mavjud emasligi;
tovar-material boylik hisobi yetarli darajada to‘liq olib borilmasligi;
tovar-material zaxiralari zarari, mahsulotlarning tabiiy yo‘qolishi, unumsiz
yo‘qotishlar hisobi va to‘la amalga oshirilmaganligi; mahsulot turi bo‘yicha hisob yangi holatda olib borilmaganligi;
debitor-kreditorlik qarzlari hisobotlari kech tayyorlanishi yoki rahbar tomonidan tahlil etilmasligi va h.k.
Bundan tashqari, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona rahbarlari tashqi axborot manbalaridan kam foydalanadi. Ularning sababi:
axborot va konsalting markazlar xizmati joylarda talab darajasida emasligi;
tijorat banklari faoliyat turi nisbatan cheklanganligi;
tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining ishlari tadbirkorlarni
kasb jurnallari kam darajada chop etilishi. O‘z vaqtida yetib kelmasligi;
birja yangiliklari doimiy ravishda berib borilmasligi;
biznes-fond materiallari o‘z vaqtida yetkazilmasligi.
Demak, biznes-reja sharoitni o‘zgartirishini hisobga olgan holda doimiy ravishda tahlil etilib va o‘zgartirib borilishi kerak. Bu yerda korxona rahbarining sharoitni baholash va oldindan ko‘rish imkoniyatlari bunga xalaqit bermaydi. Yuqoridagi qobiliyatlar, o‘z navbatida, rahbarning ijobiy va salbiy tomonlarida namoyon bo‘ladi. Yaxshi, kuchli rahbar ichki istiqbol yo‘llari asosida to‘g‘ri yo‘lni tanlaydi.
Biznes-reja va moliyaviy prognoz har qanday biznesda katta ahamiyat kasb etadi. U boshqarish va rejalashtirishning quroli, zaruriy kapitalni jalb etish va moliyalashtirish usuli hamdir.
Yana bir bor shuni ta’kidlash lozimki, kapital sarmoya turi va moliyalash usulidan qat’i nazar, har bir qarz oluvchi yoki xususiy investor asoslangan biznes- rejaga ega bo‘lishga harakat qiladi. Hozirgi korxonalarda biznes-reja ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun alohida tayyorlanadi. U imkoniyatli qarz beruvchi va investorlarga kelgusida korxona katta moliyaviy yutuqlarga erishishi mumkin- ligi to‘g‘risida yetarli ma’lumot beradi. Korxonani boshqarish jarayonida «Biznes- reja» biznes maqsadini aniqlaydi va uni ushbu yo‘nalishda rivojlanishini tasdiqlaydi. Rejani tayyorlash rahbariyatga boshqarish, moliya, marketing sohalarini o‘rganishga qiziqish imkonini va zarur holatlar bo‘yicha sezuvchanlik tahlilini o‘tkazishni ham keltirib chiqaradi. «Biznes-reja» butun bir biznes davomida kuzatilib, tahlil va o‘zgartirishlar kiritishning instrumenti bo‘lib qoladi. Rejalashtirish jarayonida rahbariyat loyihaning bir necha variantlarini o‘rganadi. Biznes muvaffaqiyatsizligiga olib keluvchi to‘siqlar atroflicha ko‘riladi. Yuqoridagi holatlarni o‘rganish, to‘siqlarni aniqlash rahbariyatga ularni bartaraf etish yo‘llarini belgilash imkonini beradi. Agar yuqoridagi sharoitda hal etib bo‘l- maydigan holat yuzaga kelsa, yangi faoliyat ishlab chiqish bosqichiga qadar to‘xtatilishi mumkin. Bu qo‘shimcha xarajat vaqtni va pulni tejaydi. Тushuntirish, asoslash, ko‘zlangan moliyaviy natijalar biznesning barcha jihatlarida talab etiladi va imkoniyatli muammoni asoslashda ham xizmat qiladi. Moliyaviy bashoratlash asosiy savollarga javob beradi, ya’ni qachon korxona pul mablag‘iga muhtoj bo‘ladi, undan qanday foydalanadi va uni qanday qaytaradi? Ayrim axborotlar taxminlarga asoslansa-da, biznes-reja tuzish rahbarga qimmatli natija keltiradi. Yana bir muhim tomoni shuki, korxona uchun biznes-reja tuzish katta muvaffaqiyat hisoblanadi. Bu jarayonda korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlanadi, kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘llari belgilanib, muvaffaqiyatga erishish taxminlari ortadi.
«Biznes-reja» biznesning hayotiyligi va imkoniyatlarini bildiradi, shu bilan bir qatorda, korxona rahbarlarini ayrim omillar o‘zgarishini tushunishga va uning asosida ko‘zlangan maqsadga erishishga yo‘naltiradi. Biznes-reja moliyalashni amalga oshiruvchi korxonalar uchun foyda me’yorini baholash, imkoniyatli bosh- qaruv qarorini qabul qilish, turmush tarzi bilan reja bir maqsadga qaratilganligini belgilash imkoniyatini beradi.
Biznes-rejaning keng mazmunligi va ko‘p qirraliligi biznes doirasi hamda sohasiga ham bog‘liqdir. Har bir sohaning biznes-rejasi o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, bozor sig‘imi, raqobat, korxona imkoniyatlarining o‘sishi ham biznes-reja mazmuniga ta’sir etadi.