Mavzu: Kimyoviy bog`lanishlar. Moddalar tuzilishi.
Reja.
1. Kimyoviy bog`lanish turlari.
2. Qutbli va qutbsiz molekulalar
3. Kristall panjaralarning turlari .
4. Tuzilish formulalari, oksidlanish darajasi, valentlik.
Yangi darsning bayoni.
1. Kimyoviy bog`lanish turlari.
Kimyoviy bog`lanish haqidagi ta`limot–hozirgi kimyoning asosiy masalasidir. Bu ta`limotni bilmay turib kimyoviy birikmalarning turli-tumanlilik sabablarini, ularning hosil bo`lish mexanizmini, tuzilishini va reaksiyaga kirisha olish xususiyatlarini tushuntirib bo`lmaydi.
Kimyoviy bog`lanish valent elektronlar hisobiga vugudga keladi, lekin turli usullarda amalga oshadi. Kimyoviy bog`lanishning uchta asosiy turi bor : kovalent ionli va metall bog`lanishlar. Kimyoviy bog`lanishning ikkinchi darajadagi ko`rinishlari qatoriga vodorod bog`lanish, donor–akseptor bog`lanish va kristall panjaralar turlari kiradi.
Kimyoviy bog`lanishlarni turlicha tasvirlash qabul qilingan: 1) elementning kimyoviy belgisiga qo`yilgan nuqtalar ko`rinishidagi elektronlar yordamida, masalan, H +H =H : H
2) kvant katakchalar (orbitallar) yordamida, masalan,
1S1 1S1
Yoki +
1S2
3) Ko`pincha (ayniqsa, organik kimyoda) kovalent bog`lanish elektronlar juftini bildiradigan shiziqcha (shtrix) bilan tasvirlanadi, masalan, H-H.
Agar atomlar orasida bitta kovalent bog`lanish vujudga kelsa, u birlamchi bog`lanish, ikkita vujudga kelsa qo`shbog`, uchta vujudga kelsa ushlamchi bog`lanish deyiladi. Birlamchi bog`lanishda bitta, qo`shbog`da ikkita, uchlamchi bog`lanishda uchta chiziqcha qo`yiladi.
Elertron juftlar tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog`lanish kovalent bog`lanish deyiladi. Bu ikki elektronli va 2 markazli bog`lanishdir. Kovalent bog`lanishli birikmalar gomeopolyar yoki atom birikmalar deb ataladi.
Kovalent bog`lanishning qutbsiz va qutbli bog`lanishlar deb ataluvchi ikki turi mavjud. Qutbsiz kovalent bog`lanishda umumiy elektronlar jufti hosil qilgan elektron buluti yoki bog`lanishning elektron buluti fazoda 2 la atomning yadrolariga nisbatan simmetrik taqsimlanadi. Bunga H2, Cl2, O2, N2, F2 kabi molekulalar misol bo`la oladi.
Dostları ilə paylaş: |