1-Ma`ruza.
Mavzu: Kimyo fanining asosiy tushunchalari
va gonuniyatlari.
Reja:
1. Kimyoda atom–molekulyar ta`limot.
2. Kimyoning asosiy tushunchalari.
3. Kimyoning asosiy gonunlari.
4. Kimyoviy reaksiyalar va tenglamalar.
5. Oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar .
Yangi darsning bayoni:
1. Atom-molekulyar ta`limot.
Atom–molekular ta`limot birinchi bo`lib 1741 yilda rus olimi M. V. Lomonosov tomonidan tatbiq etildi va rivojlantirildi. Uning ta`limotining mohiyatini quyidagi qoidalar bilan bayon qilish mumkin:
a) Barcha moddalar «korpuskula» (molekula) lardan tarkib topgan.
b) Molekulalar «elementlar» (atomlar) dan tarkib torqan.
c) Zarrachalar–molekula va atomlar doimo to`xtovsiz harakatda bo`ladi. Jismlarning issiqlik holati ular zarrachalarining harakatlanishi natijasidir.
d) Oddiy moddalarning molekulalari bir hil atomlardan, murakkab moddalarning molekulalari esa turli xil atomlardan tuzilgan.
1808 yilda kimyoga atomistik ta`limotni ingliz olimi J. Dalton tatbiq etdi. Uning ta`limotining mazmuni Lomonosov ta`limotini takrorlaydi, shu bilan birga bu ta`limotni rivojlantiradi, chunki Dalton birinchi bo`lib o`sha vaqtda ma`lum bo`lgan elementlarning atom massalarini aniqlashga harakat qildi. Lekin u oddiy moddalarning molekulalari mavjudligini inkor qildi. Uning fikricha, oddiy moddalar oddiy atomlardan, murakkab moddalar esa «murakkab atomlardan» (molekulalardan) tarkib topadi.
Kimyoda atom–molekular ta`limot faqat XIX asrning o`rtalarida tarkib topdi. 1860 yilda Karlsrue shahrida kimyogarlarning xalqaro s`ezdida molekula va atom tushunchalarining ta`rifi qabul qilindi.
Dostları ilə paylaş: |