2-Ma`ruza.
Mavzu: Kimyoda davriy qonun va
D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvali.
Reja.
1. D. I. Mendeleyevning davriy qonunni kashf etganligi.
2. D. I. Mendeleyevning elementlar davriy jadvali.
3. Atomlar tuzilishining yadro modeli.
4. Atomlarning elektron qavatlari va ularning tuzilishi.
Yangi darsning bayoni.
1. D. I. Mendeleyevning davriy qonunni kashf etganligi.
D. I. Mendeleyevning davriy qonunni kashf etishi va elementlar davriy jadvalini tuzishi uning uzoq va sermashaqqat ilmiy ishlarining natijasidir. Davriy qonun va elementlar davriy jadvali–kimyo fanining katta yutuq`i va hozirgi kimyoning asosi hisoblanadi.
Davriy jadvalni tuzishda D. I. Mendeleyev atomning asosiy harakteristikasi sifatida uning atom massasini qabul qilib oldi.
D. I. Mendeleyevdan ilgari o`tgan olimlar (Dobereyner, Nyulends, Lotar Mayyer) faqat o`xshash elementlarni taqqoslagan edilar, shuning uchun ular davriy qonunni kashf eta olmadilar. D. I. Mendeleyev esa elementlarning bir-biriga o`xshamaydigan tabiiy guruhlarini taqqosladi, elementlarning atom massalarining ortib borishi bilan ularning xossalari davriy ravishda o`zgarishini aniqladi, bunda ularni atom massalarining qiymatlari ortib borishi tartibida joylashtirdi.
F = 19 Cl = 35,5 Br = 80 J = 127 Na = 23 K = 39 Rb = 85 Cs = 133 Mg = 24 Ca = 40 Sr = 87 Ba = 137
…F, Na, Mg, … Cl, K, Ca,… Br, Rb, Sr,… I, Cs, Ba,…
19 23 24 35,5 39 40 80 85 87 127 133 137
Bundan ko`rinadi-ki, galogendan ishqoriy metallga o`tilganda xossalarning keskin o`zgarishi va ishqoriy metalldan ishqoriy–yer metallga o`tilganda asos xossalarining kamayishi, «agar bu elementlarni atom og`irliklarining ortib borishi tartibida joylashtirilsa», davriy ravishda takrorlanadi. Qatorda Mg bilan Cl, Ca bilan Br, Sr bilan I orasida nechta element yo`qligidan qat`iy nazar, elementlar xossalarining bunday o`zgarishi takrorlanadi.
Bularning hammasi D. I. Mendeleyevga o`zi kashf etgan qonunni «davriylik qonuni» deb atashga va shunday ta`riflashga imkon berdi: «oddiy jismlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar atom og`irliklarining qiymatiga davriy ravishda bog`liqdir. Ana shu qonunga asoslanib, elementlarning davriy jadvali tuzilgan» u davriy qonunni ob`ektiv aks ettiradi. Atom massalarining ortib borishi tartibida joylashtirilgan elementlarning barсha qatorini u davrlarga bo`ldi. Har qaysi davrda elementlarning xossalari ma`lum qonuniyat asosida o`zgaradi. Davrlarni o`xshash elementlar ajralib turadigan qilib joylashtirib, D. I. Mendeleyev kimyoviy elementlarning davriy jadvalini yaratdi. Bunda qator elementlarning atom massalari tuzatildi, ham kashf etilmagan 29 ta element uchun bo`sh katakchalar qoldirdi.
Dostları ilə paylaş: |