Oksidlar deb biri kislorod bo`lgan ikki elementdan tarkib topgan moddalarga aytiladi. Kimyoviy xossalariga ko`ra oksidlar asosli, kislotali va amfoter oksidlarga bo`linadi. Oksidlar asosan 3 xil yo`l bilan olinadi:
oddiy moddaning kislorod bilan birikishi:
S + O2 = SO2 4K + O2 = 2K2O
Murakkab moddalarni yondirish:
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O.
Kislorodli birikmalar–karbonatlar, nitratlar, gidroksidlarning gizdirilganda parchalanishi:
CaSO3 = CaO + SO2 2Cu(NO3)2 = 2CuO + 4NO2 + O2
2Fe(OH)3 =Fe2O3 + 3H2O
Kislotalar deb dissotsilanganda kationlar sifatida fagat vodorod ionlari hosil bo`ladigan elektrolitlarga aytiladi.
Kislotalar kislorodli va kislorodsiz kislotalarga bo`linadi:
Kislorodli kislotalar – H2CO3, H2SO3, H2SO4, HNO3
Kislorodsiz kislotalar – HF, HCL, HJ, HBr, H2S.
Kislorodli kislotalarning ko`pchiligi metallmaslar oksidlarini suv bilan o`zaro ta`sir ettirib olinadi. Masalan:
SO3 + H2O = H2SO4 N2O5 + H2O =2HNO3
Kislorodsiz kislotalar vodorodni metallmas bilan biriktirish va so`ngra vodorodli birikmani suvda eritish yo`li bilan olinadi.
Kislotalar suyuqliklar yoki gattig moddalar bo`ladi. Ularning ko`pchiligi suvda yahshi eriydi, eritmalari nordon ta`mli bo`ladi, o`simlik va hayvon to`qimalarinii yemiradi, lakmusning ko`k rangini qizilga o`zgartiradi.
Asoslar deb dissotsilanganda anionlar sifatida faqat gidroksid–ionlar hosil bo`ladigan elektrolitlarga aytiladi.
Suvga eriydigan asoslar, ya`ni ishqorlar metallarni yoki ularning oksidlarini suv bilan o`zaro ta`sir ettirib olinadi:
2 Na + 2H2O = 2NaOH + H2; Na2O + H2O = 2NaOH.
Suvda kam eriydigan yoki erimaydigan asoslar bilvosita yol bilan, tegishli tuzlarning suvdagi eritmalariga ishqorlar ta`sir ettirish yo`li bilan olinadi:
FeSO4 + 2NaOH = Fe(OH)2↓ + Na2SO4; AlCl3 + 3NaOH = Al(OH)3↓ + 3NaCl.
Asoslar indikatorlar rangini o`zgartiradi: gizil lakmusni ko`k tusga, rangsiz fenolftaleinni pushti rangga kiritadi. Ularning ko`pchiligi gizdirilganda parchalanadi:
Cu(OH)2 = CuO + H2O 2Fe(OH)3 = Fe2O3 + 3H2O
Tuzlar deb dissotsilanganda metallarning kationlari, shuningdek, (NH4+ ammoniy kationi) va kislota qoldiglarining anionlari hosil bo`ladigan elektrolitlarga aytiladi. Tarkibiga ko`ra tuzlar quyidagi turlarga bo`linadi: o`rta tuzlar, nordon tuzlar, asosli tuzlar, qo`shtuzlar va kompleks tuzlar.
Tuzlar quyidagi usullar bilan olinadi:
KOH + HNO3 = KNO3 + H2O (heytrallanish reaksiyasi)
2. Kislotalarning asosli oksidlar bilan o`zaro ta`siri:
H2SO4 + CuO = CuSO4 + H2O; 2HNO3 + Na2O = 2NaNO3 + H2O.
3. Kislotalarning tuzlar bilan o`zaro ta`siri:
H2S + CuCl2 = CuS↓ + 2HCl; HCl + NaNO3 = NaCl + HNO3
4. Ikkita turli xil tuzning o`zaro ta`siri:
Na2SO4 + BaCl2 = BaSO4↓ + 2NaCl; KCl + NaNO3 = KNO3 + NaCl.
5. Asoslarning kislotali oksidlar bilan o`zaro ta`siri:
Ca(OH)2 + SO2 = CaSO3 + H2O; 2KOH + SiO2 = K2SiO3 + H2O.
6. Ishqorlarning tuzlar bilan o`zaro ta`siri:
3KON + FeCl3 = 3KCl + Fe(OH)3↓; 2NaOH + CuSO4 = Na2SO4 + Cu(OH)2↓
7. Asosli oksidlarning kislotali oksidlar bilan o`zaro ta`siri:
CaO + SiO2 = CaSiO3; BaO + SO3 = BaSO4
8. Metallarning metallmaslar bilan o`zaro ta`siri:
2K + Cl2 = 2KCl; 2Na + J2 = 2NaJ.
9. Metallarning kislotalar bilan o`zaro ta`siri:
2Al + 6HCl = 2AlCl3 + 3H2↑; Fe + 2HNO3 = Fe(NO3)2 + H2↑.
10. Metallarning tuzlar bilan o`zaro ta`siri:
Fe + CuSO4 = FeSO4 + Cu; Zn + Ni(NO3)2 = Zn(NO3)2 + Ni.
Odatda tuzlar qattiq moddalardir. Suvda eruvchanligiga qarab ular eriydigan, kam eriydigan va erimaydigan tuzlarga bo`linadi.
Dostları ilə paylaş: |