Eng muhim qaytaruvchilarga–metallar, H2, ko`mir, CO, H2S, SO2, H2SO3, HI, HBr, HCl, SnCl2, FeSO4, MnSO4, Cr2(SO4)3, HNO2, NH3, N2H4, NO, H3PO3, aldegidlar, spirtlar, chumoli va oksalat kislotalar, glyukoza, elektrolizda katod kiradi.
Eng muhim oksidlovchilarga galogenlar, KmnO4, K2MnO4, MnO2, K2Cr2O7, K2CrO4, HNO3, O2, O3, H2O2, kons. H2SO4, H2SeO4, CuO, Ag2O, PbO2, Ag+, Au+3, FeCl3, zar suvi, kons. HNO3 va HF larning aralashmasi, elektrolizda anod kiradi.
2. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzishning ikki xil usuli - elektronlar balansi usuli bilan yarim reaksiyalar usuli qo`llaniladi.
Elektronlar balansi usuli: Bu usulda boshlang`ich va oxirgi moddalardagi atomlarning oksidlanish darajalari taqqoslanadi, bunda qaytaruvchi bergan elektronlar soni oksidlovchi biriktirib olgan elektronlar soniga teng bo`lishi kerak. Tenglama tuzish uchun reaksiyaga kirishayotgan moddalarning va reaksiya mahsulotlarining formularini bilish kerak. Reaksiya mahsulotlari tajriba yo`li bilan yoki elementlarning ma`lum xossalari asosida aniqlanadi. Masalan, 1-misol.
Cu0 + Pd+2(NO3)2 Cu+2(NO3)2 + Pd0
Cu0 – 2e- Cu+2 2 1
Pd+2 + 2e- Pd0 2 1
Cu + Pd(NO3)2 = Cu(NO3)2 + Pd
2-misol. HCl- + Mn+4O2 Cl20 + Mn+2Cl2 + H2O
2Cl-1 – 2e- = Cl2 2 1
Mn+4 + 2e- = Mn+2 2 1
4HCl + MnO2 = Cl2 + MnCl2 + 2H2O
3-misol. H2S-2 + KMn+7O4 + H2SO4 S0 + Mn+2SO4 + K2SO4 + H2O
S-2 – 2e- = S0 2 5
Mn+7 + 5e- = Mn+2 5 2
5H2S + 2KmnO4 + 3H2SO4 = 5S + 2MnSO4 + K2SO4 + 8H2O
Yarim reaksiyalar usuli, ya`ni ion-elektronli usul: Nomidan ko`rinib turibdiki, bu usul oksidlanish jarayoni va qaytarilish jarayoni uchun ionli tenglamalarni tuzish va ularni umumiy tenglama tarzida birlashtirishga asoslangan. Misol uchun, ozroq kislota qo`shilgan KMnO4 eritmasi orqali H2S o`tkazilganda pushti rang yo`qoladi va eritma loyqalanadi.
H2S S + 2H+ H2S – 2e- = S + 2H+ oksidlanish jarayoni
MnO4- Mn+2 MnO4- + 8H+ = Mn+2 + 4H2O
MnO4- + 8H+ + 5e- = Mn+2 + 4H2O qaytarilish jarayoni
Reaksiyaning umumiy tenglamasini tuzish uchun oldin berilgan va biriktirib olingan elektronlar sonini tenglashtirib, so`ngra yarim reaksiyalarning tenglamalarini hadma-had qo`shish kerak.
H2S - 2e- = S + 2H+ │2 │5
MnO4- + 8H+ + 5e- = Mn+2 + 4H2O │5 │2
5H2S + 2MnO4- + 16H+ = 5S + 10H+ + Mn+2 + 8H2O
Tenglamaning ikkala qismini 10H+ ga qisqartirsak yakuniy tenglama olinadi: 5H2S + 2MnO4- + 6H+ = 5S + 2Mn+2 + 8H2O
5H2S + 2MnO4- + 6H+ = 5S + 2Mn+2 + 8H2O
2K+ + 3SO4-2 = 2K+ + 3SO4-2
5H2S + 2KMnO4 + 3H2SO4 = 5S + 2MnSO4 + K2SO4 + 8H2O
3. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining klassifikatsiyasi.
Odatda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining uch turi: molekulalararo, ichki molekulyar va disproporsiyalanish reaksiyalari bo`ladi.
Molekulalararo reaksiyalarga oksidlovchi va qaytaruvchi turli moddalarda bo`ladigan reaksiyalar kiradi. Bitta elementning atomlari turli xil oksidlanish darajalarida bo`ladigan har xil moddalar orasidagi reaksiyalarni ham ana shu turga kiritish kerak:
2H2S-2 + H2S+4O3 = 3S0 + 3H2O 5HCl-1 + HCl+5O3 = 5Cl20 + 3H2O
Ichki molekulyar reaksiyalarga oksidlovchi bilan qaytaruvchi bitta moddaning o`zida bo`ladigan reaksiyalar kiradi. Bu holda oksidlanish darajasi musbatroq bo`lgan atom oksidlanish darajasi kichikroq atomni oksidlaydi. Termik parchalanish reaksiyalari ana shu tur reaksiyalarga kiradi, masalan,
2NaN+5O3-2 = 2NaN+3O2 + O20 2KCl+5O3-2 = 2KCl-1 + 3O20
Tarkibidagi bitta elementning atomlari turli xil oksidlanish darajalariga ega bo`ladigan moddalarning parchalanishini ham ana shunday reksiyalar qatoriga kiritiladi, masalan,
N-3H4N+3O2 = N20 + 2H2O N-3H4N+5O3 = N2+1O + 2H2O
Disproporsiyalanish reaksiyasining borishida bitta element atomlarining oksidlanish darajalari bir vaqtning o`zida ortadi ham kamayadi. Bunda boshlang`ich modda hosil qilgan birikmalarning birida atomlarning oksidlanish darajalari yuqori, ikkinchisida esa pastroq bo`ladi. Bunday reaksiyalar molekulasida oraliq oksidlanish darajasiga ega bo`lgan atomlar bor moddalardagina bo`ladi. Masalan, molekulasidagi Mn oraliq oksidlanish darajasi +6 ga ega bo`lgan (+7 bilan +4 orasida) K2MnO4 ning o`zgarishini ko`rsatish mumkin. Bu tuzning eritmasi chiroyli to`q yashil tusli (MnO4-2 rangi) bo`ladi, lekin eritmaning rangi qo`ng`irga o`zgaradi. Bu MnO2 cho`kmasi tushishi va MnO4-1 ioni hosil bo`lishi tufaylidir. Quyidagicha reaksiya sodir bo`ladi:
3K2Mn+6O4 +2H2O = 2KMn+7O4 + Mn+4O2 + 4KOH
Mn+6 – e- = Mn+7 │1│2
Mn+6 + 2e- = Mn+4 │2 | 1
3K2MnO4 +2H2O = 2KMnO4 + MnO2 + 4KOH
Quyidagi reaksiyalar ham disproporsiyalanish reaksiyalari qatoriga kiradi:
3HN+3O2 = HN+5O3 + 2N+2O + H2O
Cl20 + H2O HCl+1O + HCl-1
4. Elektroliz jarayoni va uning qo`llanilishi.
Elektrolitlarning eritmalari va suyuqlanmalarida har xil ishorali ionlar bo`ladi, ular suyuqlikning barcha zarrachalari kabi tartibsiz harakatda bo`ladi. Agar NaCl ning suyuqlanmasiga (NaCl 801 0C da suyuqlanadi) inert (ko`mir) elektrodlar botirilsa va o`zgarmas elektr toki o`tkazilsa, u holda ionlar elektrodlarga: Na+ kationlari-katodga, Cl- anionlari-anodga tomon harakatlanadi. Na+ ionlari katoddan elektronlar oladi va qaytariladi: Na+ + e- = Na
Cl- ionlari esa elektronlarini anodga berib oksidlanadi: 2Cl-1 - 2e- = Cl2
Agar endi bu ikki elektrod reaksiyalarni hadlab qo`shsak, u holda NaCl elektrolizining umumiy tenglamasini olamiz:
Na+ + e- = Na | 2
2Cl-1 - 2e- = Cl2 | 1
2Na+ + 2Cl-1 2Na + Cl2 yoki 2NaCl 2Na + Cl2
Bu reaksiya oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi hisoblanadi: anodda oksidlanish jarayoni, katodda qaytarilish jarayoni sodir bo`ladi.
Elektrolitning suyuqlanmasi yoki eritmasi orqali elektr toki o`tganda elektrodlarda sodir bo`ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoni elektroliz deyiladi. Elektrolizni o`tkazish uchun elektrodlar elektrolitning suyuqlanmasi yoki eritmasiga botiriladi va ular o`zgarmas tok manbaiga ulanadi. Elektroliz o`tkaziladigan asbob elektrolizyor yoki elektrolitik vanna deyiladi.
Elektroliz ancha keng ko`lamda qo`llaniladi. Metall buyumlarni korroziyalanishdan himoya qilish uchun ularning sirtiga boshqa metallarning–Cr, Ag, Au, Cu, Ni larning yupqa qatlami qoplanadi. Elektrolizdan ko`pchilik metallarni-ishqoriy metallar, ishqoriy-er metallari, alyuminiy, lantanoidlar va boshqalar olish uchun, shuningdek, ba`zi metallarni aralashmalardan tozalash uchun foydalaniladi.
5. Elektrolitlar suvdagi eritmalarining elektrolizi.
Suyuqlantirilgan elektrolitlarning elektrolizi bilan elektrolitlar eritmalarining elektrolizini bir-biridan farqlash lozim. Elektrolitlar eritmalarining elektrolizi jarayonlarida suv molekulalari ham ishtirok etishi mumkin.
Misol uchun NaCl ning suvdagi konsentrlangan eritmasining elektrolizini ko`rib chiqamiz. Bu holda eritmada gidratlangan Na+ va Cl- ionlari, shuningdek, suv molekulalari bo`ladi. Eritma orqali elektr toki o`tganida Na+ kationlari katodga, Cl- anionlari anodga tomon harakatlanadi. Lekin elektrodlarda sodir bo`ladigan reaksiyalar tuz suyuqlanmasida boradigan reaksiyadan tubdan farq qiladi. Masalan, katodda Na+ ionlarining o`rniga suv molekulalari qaytariladi:
2H2O + 2e- = H2 + 2OH-1
Anodda esa Cl- ionlar oksidlanadi:
2Cl-1 - 2e- = Cl2
2H2O + 2e- = H2 + 2OH-
2Cl-1 - 2e- = Cl2
2H2O + 2Cl-1 H2 + Cl2 + 2OH- yoki 2H2O + 2NaCl H2 + Cl2 + 2NaOH
Suvdagi eritmalarda katodda qaytarilish jarayoni qanday sodir bo`ladi? Bu savolga standart elektrod potensiallar qatori yordamida javob topish mumkin. Bu erda uch xil hol bo`lishi mumkin:
Standart elektrod potensiali vodorodnikidan katta bo`lgan metallarning (Cu+2 dan Au+3 gacha) kationlari elektrolizda katodda deyarli to`liq qaytariladi;
Standart elektrod potensiali vodorodnikidan kichik bo`lgan metallarning (Li+1 dan Al+3 gacha) kationlari katodda qaytarilmaydi, ularning o`rniga suv molekulalari qaytariladi;
Standart elektrod potensiali vodorodnikidan kichik, lekin alyuminiynikidan katta bo`lgan metallarning (Al+3 dan H+1 gacha) kationlari elektroliz vaqtida katodda suv molekulalari bilan birga qaytariladi.
Anodda sodir bo`ladigan reaksiyalarning xususiyati suv molekulalarining bor-yo`qligiga va anod qanday moddadan yasalganligiga bog`liq. Odatda anodlar erimaydigan va eriydigan anodlarga bo`linadi. Erimaydiganlari ko`mir, grafit, platina va iridiydan, eriydiganlari mis, kumush, rux, nikel va boshqa metallardan yasaladi.
Erimaydigan anodda elektroliz jarayonida anionlar yoki suv molekulalari oksidlanadi. Bunda kislorodsiz kislotalarning anionlari (S-2, J-1, Br-1, Cl-1)oson oksidlanadi, agar eritma tarkibida kislorodli kislotalarning anionlari (SO4-2, NO3-1, CO3-2, PO4-3) bor bo`lsa, u holda anodda bu ionlar emas, balki suv molekulalari oksidlanib, kislorod ajralib chiqadi.
Eriydigan anod elektrolizda oksidlanishga uchraydi, ya`ni tashqi zanjirga elektronlar beradi. Elektronlar berilganda elektrod bilan eritma orasidagi muvozanat siljiydi:
Me Me+n + ne-
anod eritmaga tashqi zan-
metalli o`tadi jirga ketadi
va anod eriydi.
Takrorlash uchun savollar.
1. Qanday reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi?
2. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini qanday usullar bilan tuzish mumkin.
3. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari qanday turlarga bo`linadi?
4. Elektroliz jarayoni deganda qanday jarayon tushuniladi.
5. Elektrolitlar suvdagi eritmalarining elektrolizi qanday usullar bilan amalga oshiriladi?
6. Anodlar qanday turlarga bo`linadi?
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, oksidlanish, qaytarilish, oksidlovchilar, qaytaruvchilar, elektron-balans usuli, yarim reaksilar usuli, ion-elektronli usul, molekulalararo oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, ichki molekulyar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, disproporsiyalanish reaksiyalari, elektroliz, elektrolizyor, elektrolitik vanna, standart elektrod potensiallar qatori, elektrolitlar elektrolizi, eriydigan anod, erimaydigan anod.
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
2. K. R. Rasulov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo». Toshkent, «O`qituvchi», 1996.
3. G. Ye. Rudzitis, F. G. Feldman. Kimyo. 8-9-sinf darsliklari. Toshkent, «O`qituvchi», 1992.
4. A. G. Muftahov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
6. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
Dostları ilə paylaş: |