Blackcurse


-Ma`ruza. Mavzu: Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi



Yüklə 392,5 Kb.
səhifə41/49
tarix01.01.2022
ölçüsü392,5 Kb.
#50809
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49
I bo`lim. Umumiy kimyo. Kirish

6-Ma`ruza.

Mavzu: Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi.

Reja.

1. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasining asosiy qoidalari.

2. Dissotsilanish mexanizmi va darajasi.

3. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Kislota, asos va tuzlarning dissotsilanishi.

4. Ion almashinish reaksiyalari. Kislota va asoslarning protolitik nazariyasi.

5. Suvning dissotsilanishi, vodorod ko`rsatkich.

6. Tuzlarning gidrolizlanishi.

Yangi darsning bayoni.

1. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasining asosiy qoidalari.

Ba`zi moddalar erigan yoki suyuqlangan holatda elektr tokini o`tkazishi, boshqalari esa o`sha sharoitlarda elektr tokini o`kazmasligi yaxshi ma`lum.

Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajraladigan va shu sababli elektr tokini o`tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi.

Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajralmaydigan va elektr tokini o`tkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar deyiladi.

Elektrolit moddalarga kislotalar, asoslar va deyarli barcha tuzlar kirib, ular ikkinchi tur o`tkazgichlar hisoblanadi. Ular eritmada yoki suyuqlanmada ionlarga ajraladi, shuning uchun tok o`tkazadi. Eritmada yoki suyuqlanmada ionlar qancha ko`p bo`lsa, u elektr tokini shuncha yaxshi o`tkazadi.

Elektrolitmas moddalarga organik birikmalarning ko`pchiligi, shuningdek, kovalent qutbsiz va qutbli bog`lanishli molekulali moddalar kiradi.

Elektrolitlarning suvda eriganida ionlarga ajralishi elektrolitik dissotsilanish deyiladi, masalan, NaCl Na+ + Cl-

Elektrolitlar suvdagi eritmalarining o`ziga xos xususiyatlarini tushuntirish uchun shved olimi S. Arrenius 1887-yilda elektrolitik dissotsilanish nazariyasini taklif etdi. Keyinchalik bu nazariya atomlarning tuzilishi va kimyoviy bog`lanish haqidagi ta`limot asosida ko`plab olimlar tomonidan rivojlantirildi. Bu nazariya mazmunini quyidagi uchta qoida tashkil qiladi:

1. Elektrolitlar suvda eriganida musbat va manfiy ionlarga ajraladi (dissotsilanadi): AB A+ + B

2. Elektr toki ta`sirida ionlar bir yo`nalishda harakatlanadi: musbat zaryadlangan ionlar katodga, manfiy zaryadlangan ionlar esa anodga tomon harakatlanadi. Shu sababli musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlangan ionlar esa anionlar deyiladi.

3. Dissotsilanish-qaytar jarayon: molekulalarning ionlarga ajralishi (dissotsilanashi) bilan bir vaqtda ionlarning birikish jarayoni (assotsilanishi) ham sodir bo`ladi. Masalan, KA K+ + A

2. Dissotsilanish mexanizmi va darajasi.

Elektrolitik dissotsilanish mexanizmi haqidagi masala kimyoning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Elektrolitlar nima uchun ionlarga dissotsilanadi? Atomlarning kimyoviy bog`lanishi haqidagi ta`limot bu savolga javob beradi.

Ionli bog`lanishli moddalar eng oson dissotsilanadi. Ular eriganida suvning dipollari musbat va manfiy ionlar atrofiga to`planadi. Ionlar bilan suvning dipollari orasida o`zaro tortishuv kuchlari vujudga keladi. Natijada ionlar orasidagi bog`lanish susayadi, ionlar kristalldan eritmaga o`ta boshlaydi. Hamda gidratlangan ionlar, ya`ni suv molekulalari bilan kimyoviy bog`langan ionlar hosil bo`ladi.

Molekulalari qutbli kovalent bog`lanishdan hosil bo`lgan elektrolitlar ham shunga o`xshash dissotsilanadi. Moddaning har qaysi qutbli molekulasi atrofida ham suv dipollari to`planadi, bunda ular o`zining manfiy qutbi bilan molekulaning musbat qutbiga, musbat qutbi bilan esa-molekulaning manfiy qutbiga tortiladi. Bunday o`zaro ta`sir natijasida bog`lovchi elektron juft elektrmanfiyligi katta bo`lgan atomga tomon to`liq siljiydi, qutbli molekula ionli molekulaga aylanadi va so`ngra gitratlangan ionlar hosil bo`ladi. Qutbli molekulalar to`liq yoki qisman dissotsilanishi mumkin.

Elektrolitik dissotsilanish qaytar jarayon bo`lgani sababli elektrolitlarning eritmalarida ionlar bilan birga molekulalar ham bo`ladi. Shu sababli elektrolitlarning eritmalari dissotsilanish darajasi (greksha alfa - harfi bilan belgilanadi) bilan tavsiflanadi.




Yüklə 392,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin