4. Dispers sistemalar va chin eritmalar.
Moddalar suv bilan aralashtirilganda bir jinsli (eritmaga xos xususiyat) hamda ko`p jinsli sistemalar, ya`ni suspenziya va emulsiyalar hosil qilishi mumkin. Erish jarayonida dastlab moddalar maydalanadi, shu sababli haqiqiy eritmalar, shuningdek, suspenziya va emulsiyalar dispers sistemalar jumlasiga kiradi (disperslanish-maydalanish demakdir). Dispers sistemalar juda ko`p bo`ladi, ular bir-biridan qanday zarrachalar (qattiq, suyuq va gazsimon) ekanliklari va qanday muhitda (suyuq va gazsimon holatlarga) aralashganliklari bilan farq qiladi. Masalan, tutun yoki havodagi chang, bunda havo gazlar aralashmasi, tutun yoki chang-maydalangan qattiq jism zarrachalaridir.
Tarkibi–dispers muhiti–suv va boshqa suyuqliklar bo`lgan dispers sistemalar dispers zarrachalarning o`lchamlariga qarab haqiqiy eritmalar yoki eritmalar, kolloid eritmalar, dag`al dispers sistemalar yoki suspenziya va emulsiyalarga bo`linadi.
Haqiqiy eritmalarning dispers zarrachalari juda kichik o`lchamlarga ega, shuning uchun ularni bir jinsli sistemalar deb ataladi. Zarrachalarning o`lchamlari 1 nm (10-9 m) dan kichik bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |