6. Tuzlarning gidrolizlanishi.
Tajribalardan ko`rinadiki, o`rta tuzlar tarkibida vodorod ionlari ham, gidroksil ionlari ham yuqligiga qaramay, ularning eritmalari ishqoriy, kislotali yoki neytral bo`ladi. Bu hodisani tuzlarning suv bilan o`zaro ta`siri orqali tushuntirish mumkin. Masalan,
CH3COONa + H2O CH3COO – + H+ + Na+ + OH –
CH3COO –– + H+ CH3COOH
H2O H+ + OH –
CH3COO –– + H2O CH3COOH + OH –
Tuz ionlarining suv bilan o`zaro ta`sirlashib, kuchsiz ellektrolit hosil qilishi
tuzning gidrolizlanishi deyiladi. Har qanday tuzni kislota bilan asosning o`zaro ta`sir mahsuloti sifatida qarash mumkin. Masalan, CH3COONa - CH3COOH bilan NaOH dan, NH4Cl - NH4OH bilan HCl dan, NaCl – NaOH bilan HCl dan hosil bo`lgan.
1. Kuchsiz kislota bilan kuchli asosdan hosil bo`lgan barcha tuzlar gidrolizga uchraydi. Ular eritmaga ishqoriy reaksiya (pH>7) beradi, masalan,
CH3COONa + H2O CH3COOH + Na+ + OH –
2. Kuchli kislota bilan kuchsiz asosdan hosil bo`lgan tuzlar ham gidrolizlanadi. Ular eritmada kislotali muhit (pH<7) hosil qiladi, masalan,
NH4Cl + H2O NH3 · H2O + H+ + Cl -
3. Kuchsiz kislota bilan kuchsiz asosdan hosil bo`lgan tuzlar yanada osonroq
gidrolizlanadi. Ular eritmada neytral muhit (pH = 7) hosil qiladi, masalan,
CH3COONH4 + H2O CH3COOH + NH4OH (NH3 · H2O)
4. Kuchli asos bilan kuchli kislotadan hosil bo`lgan tuzlar gidrolizlanmaydi. Bunday tuzlarning ionlari suv bilan kuchsiz elektrolitlar hosil qila olmaydi, natijada tuz ionlari reaksiyada ishtirok etmaydi va suvning dissotsilanish muvozanati buzilmaydi; H+=OH- , eritmaning muhiti neytral (pH = 7) bo`ladi.
Tuzning elektrolitik dissotsilanishi natijasida hosil bo`ladigan ionlari suv bilan kuchsiz elektrolitlar hosil qila oladigan barcha hollarda tuzlar gidrolizlanadi.
Ko`pchilik tuzlar uchun dissotsilanish - qaytar jarayon.
Al2S3 + 6H2O = 2Al(OH)3 ↓ + 3H2S ↑
Kuchsiz ko`p asosli kislotalar bilan kuchli asoslardan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanishi bosqich bilan boradi, bunda nordon tuzlar hosil bo`ladi. Masalan,
1) birinshi bosqich SO32- + H2O HSO3 - + OH – yoki
Na2SO3 + H2O NaHSO3 + NaOH
2) ikkinshi bosqich HSO3 - + H2O H2SO3 + OH - yoki
NaHSO3 + H2O H2SO3 + NaOH
Birinshi bosqich: a) gidrolizning qisqartirilgan ionli shakldagi tenglamasi:
SO32- + H2O HSO3 - + OH – (A)
b) gidrolizning ionli shakldagi tenglamasi:
2Na+ + SO32- + H2O Na+ + HSO3 - + Na+ + OH – (B)
c) gidrolizning molekulyar shakldagi tenglamasi:
Na2SO3 + H2O NaHSO3 + NaOH (C)
Ikkinshi bosqich: a) HSO3 - + H2O H2SO3 + OH -
b) 2Na+ + HSO3- + H2O H2SO3 + Na+ + OH –
c) NaHSO3 + H2O H2SO3 + NaOH
Umuman gidroliz keng ma`noda-bu turli xil moddalar bilan suv orasida sodir bo`ladigan almashinib parchalanish reyaksiyasidir.
CH3COOC2H5 + H2O CH3COOH + C2H5OH
CaC2 + 2H2O Ca(OH)2 + C2H2
Cl2 + H2O HCl + HClO
PI3 + 3H2O H3PO3 + 3HI
Dostları ilə paylaş: |