Dissotsilanish darajasi–bu ionlarga ajralgan molekulalar sonining umumiy erigan molekulalar soni N ga nisbatidir:
= (6. 1)
Agar =0 bo`lsa, u holda dissotsilanish sodir bo`lmagan, agar =1 yoki 100 % bo`lsa elektrolit ionlarga to`liq ajralgan, agar =0,2 yoki 20 % bo`lsa, u holda elektrolitning 20 tasi ionlarga ajralgan hisoblanadi.
3. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar.
Kislota, asos va tuzlarning dissotsilanishi.
Elektrolitlar kuchli va kuchsiz elektrolitlarga bo`linadi. Suvda eriganda ionlarga to`liq dissotsilanadigan elektrolitlar kuchli elektrolitlar deyiladi. Ularga quyidagilar kiradi: a) deyarli barcha tuzlar; b) ko`pchilik mineral kislotalar-HCl, HBr, HI, HClO3, HNO3, HClO4, HMnO4, H2SO4; c) ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining asoslari, masalan,
NaCl Na+ + Cl (A) yoki Na+Cl (qattiq) Na+(suvda) + Cl (suvda) (B)
Suvda eriganida ionlarga qisman dissotsilanadigan elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deyiladi. Ularga quyidagilar kiradi: a) deyarli barcha organik kislotalar; b) ba`zi mineral kislotalar; c) ko`pchilik metallarning asoslari.
Dissotsilanganda kationlar sifatida faqat vodorod kationlari hosil bo`ladigan elektrolitlar kislotalar deyiladi.
HCl H+ + Cl , CH3COOH H+ + CH3COO
Kislotalarning asosliligi dissotsilanganda hosil bo`ladigan vodorod kationlarining soni bilan aniqlanadi. Masalan, HCl, HNO3-bir asosli–bitta H+ hosil bo`ladi; H2S, H2SO3, H2SO4–ikki asosli–ikkita H+ hosil bo`ladi; H3PO4, H3AsO4–uch asosli–uchta H+ hosil bo`ladi. Ikki va ko`p asosli kislotalar bosqich bilan (asta-sekin) dissotsilanadi.
Masalan,
H2SO4 H+ + HSO4 H3PO4 H+ + H2PO4 (1-bosqish)
HSO4 H+ + SO42 H2PO4 H+ + HPO42 (2-bosqish)
HPO42 H+ + PO43 (3-bosqish)
Dissotsilanganda anion sifatida faqat gidroksid ionlar hosil bo`ladigan elektrolitlar asoslar deyiladi. Masalan,
KOH K+ + OH , NH4OH NH4+ + OH
Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deyiladi, ular ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning asoslaridir. Asoslarning kislotaliligi ularning gidroksil guruhlari soni bilan aniqlanadi. Masalan, NH4OH, NaOH, KOH–bir kislotali asoslar, Ca(OH)2, Ba(OH)2, Ra(OH)2, Fe(OH)2–ikki kislotali asoslar, Fe(OH)3, Cr(OH)3–uch kislotali asoslardir. Ikki va ko`p kislotali asoslar bosqich bilan dissotsilanadi. Masalan,
Ca(OH)2 Ca(OH)+ + OH Fe(OH)3 Fe(OH)2+ + OH (1-bosqish)
Ca(OH)+ Ca2+ + OH Fe(OH)2+ Fe(OH)2+ + OH (2-bosqish)
Fe(OH)2+ Fe3+ + OH (3-bosqish)
Lekin dissotsilanganda bir vaqtning o`zida vodorod kationlari va gidroksid-ionlarni hosil qiladigan elektrolitlar ham bor bo`lib, ular amfoter elektrolit yoki amfolitlar deyiladi. Ularga suv, Zn, Al, Sr gidroksidlari va ko`pgina boshqa moddalar kiradi. Masalan, H2O H+ + OH ;
2OH +Zn2+ + 2 H2O Zn(OH)2 + 2H2O [Zn(OH)4 ]2 + H+
Dissotsilanganda metallarning kationlari (shuningdek ammoniy kationi–NH4+) va kislota qoldiqlarining anionlarini hosil qiladigan elektrolitlar tuzlar deyiladi. Masalan,
(NH4)2SO4 2NH4+ + SO42 ; Na3PO4 3Na+ + PO43
O`rta tuzlar bir bosqichda, nordon va asosli tuzlar bosqich bilan dissotsilanadi. Nordon tuzlarda dastlab metallarning ionlari, so`ngra esa vodorod kationlari ajraladi. Masalan,
KHSO4 K+ + HSO4 ; HSO4 H+ + SO42
Asosli tuzlarda dastlab kislota qoldiqlari, so`ngra esa gidroksid-ionlar ajraladi. Masalan, Mg(OH)Cl Mg(OH)+ + Cl ; Mg(OH)+ Mg2+ + OH
Dostları ilə paylaş: |