Blackcurse


Suvning dissotsilanishi, vodorod ko`rsatkich



Yüklə 392,5 Kb.
səhifə44/49
tarix01.01.2022
ölçüsü392,5 Kb.
#50809
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
I bo`lim. Umumiy kimyo. Kirish

5. Suvning dissotsilanishi, vodorod ko`rsatkich.

Kuchsiz elektrolit bo`lgan suv oz darajada H+ va OH ionlariga dissotsilanadi, bu ionlar dissotsilanmagan molekulalar bilan muvozanatda bo`ladi.

H2O H+ + OH

Ionlarning konsentratsiyasi odatda 1 litrdagi ionlarning mollari bilan ifodalanadi. Bir litr suvda 22 0C da faqat 10 mol suv dissotsilanishi va bunda

10 H+ ionlari va 10 OH ionlari hosil bo`lishi tajribada aniqlangan.

Suvdagi H+ ionlari bilan OH ionlar konsentratsiyalarining ko`paytmasi suvning ion ko`paytmasi deyiladi va u KC bilan belgilanadi. Muayyan temperaturada KC - o`zgarmas kattalik bo`lib, 22 C da son jihatdan 10 14 ga teng.

KC = [H+] - [OH ] = 10 - 10 = 10 14 (6. 2)

Kislota, asos yoki tuzning suvdagi har qanday eritmasi tarkibida H+ ionlar ham, OH ionlar ham bo`ladi, toza suv uchun [H+] = [OH ] = 10 Agar unga kislota qo`shilsa, u holda [H+] > 10 dan katta, [OH-] <10 dan kichik bo`ladi. Aksincha, agar suvga ishqor qo`shilsa [H+] <10 dan kichik, [OH-]>10 dan katta bo`ladi. [H+] . [OH-] ko`paytmaning o`zgarmasligidan suv ionlaridan birining konsentratsiyasi ortganda boshqa ionning konsentratsiyasi kamayadi, degan xulosa kelib chiqadi. Bu hol agar OH- ionlarning konsentratsiyasi ma`lum bo`lsa, OH- ionlarning konsentratsiyasini hisoblab topishga imkon beradi. Masalan, suvdagi eritmada [H+] = 10-3 bo`lsa, u holda [OH-] quyidagicha aniqlanadi:

[OH-]= KS/[H+]= 10-14/ 10-3 = 10-11

Eritmaning kislotaliligi va ishqoriyligini H+ ionlarning yoki OH- ionlarning konsentratsiyasi orqali ifodalash mumkin. U holda neytral eritma uchun [H+]= 10-7, kislotali eritma uchun [H+] >10-7 va ishqoriy eritma uchun manfiy daraja ko`rsatkichli sonlarni ishlatish bilan bog`liq noqulayliklarni yuqotish uchun vodorod ionlari konsentratsiyasini vodorod ko`rsatkich pH orqali ifodalash qabul qilingan.

Vodorod ionlari konsentratsiyasining teskari ishora bilan olingan o`nli logarifmi vodorod ko`rsatkich pH deb ataladi:

pH = - lg [H+] (6. 3) yoki [H+] = 10-pH (6. 4)

bunda [H+] – vodorod ionlarining konsentratsiyasi,

«Vodorod ko’rsatkich» tushunchasini 1909-yil daniyalik kimyogar Syorensen kiritgan edi: p harfi - daniyacha matematik daraja - potens ning bosh harfi, H harfi- vodorod simvoli. Eritmalarning muhiti pH yordamida quyidagicha belgilanadi: neytral pH=7, kislotali - pH<7, ishqoriy - pH>7.




Yüklə 392,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin