Blackcurse


Atomlar tuzilishining yadro modeli



Yüklə 392,5 Kb.
səhifə11/49
tarix01.01.2022
ölçüsü392,5 Kb.
#50809
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
I bo`lim. Umumiy kimyo. Kirish

3. Atomlar tuzilishining yadro modeli.

XIX asrning oxiriga qadar atomlar bo`linmas deb hisoblanar edi. So`ngra tajriba ma`lumotlari to`plana borgan sari bunday fikrdan voz kechishga va atomlar murakkab tuzilganligini tan olishga to`gri keldi. Yangicha nazarni D. I. Mendeleyevning davriy qonuni tasdiqlar edi. Davriy qonun, tajriba tadqiqotlari va ayniqsa radioaktivlik hodisalari asosida atom va molekulalarning tuzilishi haqidagi ta`limot tez rivojlana boshladi.

Atomlarning tuzilishini o`rganish uchun ingliz fizigi E. Rezerford α - zarrachalarning singuvchanlik xususiyatidan foydalangan holda, qalinligi tahminan 10000 atom keladigan yupqa metall plastinkadan α - zarrachalarning o`tishini kuzatdi. ZnS qatlami bilan qoplangan ekranga α – zarrachalar urilganda chaqnash sodir bo`ladi, bu esa zarrachalarni sanash imkonini berdi. Ma`lum bo`ldi-ki α - zarrachalarning kamroq qismi plastinkadan o`tganda o`z yo`lidan turli burchakka og`adi, ayrim zarrachalar esa uchish yo`nalishini keskin o`zgartiradi. Bu hodisa α - zarrachalarning tarqalishi deb ataldi. E. Rezerford 1911 yilda atom tuzilishining yadro modelini taklif qildi. Bu modelga muvofiq atom musbat zaryadlangan, o`lchamlari juda kichik og`ir yadrodan iborat. Yadroda atomning deyarli barcha massasi to`plangan. Yadro atrofida undan anchagina masofada elektronlar aylanib, atomning elektron qobig`ini hosil qiladi. Atom umuman elektroneytral bo`lganligi sababli elektronlarning umumiy zaryadi yadro zaryadiga teng bo`lishi kerak. Shuning ushun har qaysi atom yadrosining musbat zaryadlari soni, shuningdek, yadro maydonida harakatlanadigan elektronlar soni elementning tartib raqamiga teng bo`ladi.

1897 yilda ingliz fizigi J. J. Tomson tomonidan katod nurlari yoki manfiy zaryadli elektronlar kashf qilindi.

1886 yilda nemis fizigi Goldshteyn tomonidan anod nurlari yoki musbat zaryadli protonlar borligi aniqlandi.

1932 yilda ingliz fizigi Chedvik tomonidan neytron kashf qilindi. Xuddi shu yili amerikalik fizik Anderson pozitron deb atalgan musbat elektronni kashf qildi. Tez orada elementar zarrachalar qatoriga beshinchi zarracha foton ya`ni yorug`lik kvanti ham qo`shildi.

1956 yilda o`tkazilgan tajribalar asosida oltinchi zarracha neytrino borligi isbotlandi.

Elementar zarrachalardan eng muhimlari protonlar _ p, neytronlar - n va elektronlar – e- hisoblanadi. Proton va neytron nuklon deyiladigan yadroni hosil qiladi. Proton massasi 1,0073 m. a. b. ga va zaryadi +1 ga teng. Neytronning massasi 1,0087 va zaryadsiz. Elektronning massasi O ga va zaryadi -1 ga teng.

1932 yilda rus olimlari D. D. Ivanenko va E. N. Gapon yadro tuzilishining proton – neytron nazariyasini yaratdilar. Bu nazariyaga ko`ra, massa soni A atom yadrosidagi protonlar Z va neytronlar N umumiy sonini ko`rsatadi: ya`ni

A = Z + N (2. 1).

Ularni yadroda tutib turuvshi kuchlar yadro kuchlari deyiladi.

Bitta elementning yadro zaryadlari bir hil, lekin massa sonlari turlicha bo`lgan atomlar turlari izotoplar deyiladi.

Elementning atom massasi uning barcha tabiiy izotoplari massalarining shu izotoplarning tarqalganlik darajasi e`tiborga olingan o`rtacha qiymatiga teng.

12 13 14 16 17 18 36 38 40

6S ; 6S ; 6S ; 8O ; 8O ; 8O ; 18Ar ; 18Ar ; 18Ar.

0 1 1 1 0

elektron e ; neytron n ; proton p yoki H ; neytrino ν.



1 0 1 1 0

Tartib raqam yadrodagi protonlar soniga va yadro atrofida harakatlanuvchi elektronlar soniga teng bo`ladi.




Yüklə 392,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin