4. Atomlarning elektron qavatlari va ularning tuzilishi.
Kimyoviy reaksiyalarda atom yadrosi o`zgarishga uchramaydi. Bunda atomlarning elektron qobiqlari o`zgaradi, kimyoviy elementlarning ko`pchilik xossalari shu elektron qobiqlarning tuzilishi bilan tushuntiriladi. Atomdagi elektronning holatini kvant mexanikasi bayon qilib beradi, bu fan mikrozarrachalarning, ya`ni elementar zarrachalar atomlar, molekulalar va atom yadrolarining harakatlanishi va o`zaro tasirini o`rganadi. Bu tasavvurlarga ko`ra, mikrozarrachalar to`lqin tabiatiga, to`lqinlar esa zarrachalar xossalariga ega bo`ladi.
Elektronning atomda harakatlanish trayektoriyasi bo`lmaydi. Kvant mexanikasi elektronning yadro atrofidagi fazoda bo`lish ehtimolligini ko`rib chiqadi. Harakatlanayotgan elektron yadroni qurshab olgan fazoning istalgan qismida bo`lishi mumkin va uning turli holatlari muayyan zichlikdagi manfiy zaryadli elektron bulutini hosil qiladi va ko`riladi.
Yadro atrofidagi elektronning bo`lishi ehtimolligi eng ko`p bo`lgan fazo orbital deyiladi. Orbitalda elektron bulutning 90% bo`ladi. Atom orbitallarining o`lchamlari turlicha bo`ladi. O`lchamlari bir-biriga yaqin orbitallarda harakatlanadigan elektronlar qavatlarni hosil qiladi va energetik pog`onalar deyiladi. Energetik pog`onalar yadrodan boshlab raqamlanadi: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 yoki harflar bilan belgilanadi - K, L, M, N, O, P, Q.
Pog`onaning raqamini ko`rsatuvshi son – n bosh kvant soni deyiladi.
N = 2 n 2 (2. 2)
Bunda N–elektronlar soni; n–pog`ona raqami yoki bosh kvant soni. (2)– tenglamaga ko`ra, birinchi energetik pog`onada 2 ta, ikkinchi pog`onada 8 ta, uchinchi pog`onada 18 ta, to`rtinchi pog`onada 32 ta elektron bo`lishi mumkin.
Pog`onalar bir-biridan farq qiladigan pog`onachalarga bo`linadi. Pog`onachalar soni to`rttadan oshmaydi: s-p-d-f.
s-har qaysi energetik pog`onaning yadroga yaqin birinchi pog`onachasi bo`lib, u bitta s–orbitaldan tarkib topgan; p–ikkinchi pog`onacha, uchta p–rbitaldan tarkib topgan; d–uchinchi pog`onacha, u beshta d–orbitaldan tashkil topgan; f–to`rtinchi pog`onacha, u yettita f–orbitaldan iborat bo`ladi.
Pauli prinsipi bo`yicha har qaysi orbitalda ko`pi bilan 2 ta elektron bo`lishi mumkin. Agar orbitalda bitta elektron bo`lsa, u juftlashmagan elektron, agar ikkita bo`lsa, juftlashgan elektron deyiladi.
s–orbital sferik simmetriyali, ya`ni shar shaklida bo`ladi, bu orbitaldagi elektron s–elektron deyiladi.
p-orbital gantel yoki hajmiy sakkizlik shaklida bo`lib, bu orbitaldagi elektron p–elektron deyiladi. d– va f– orbitallarning shakli p–orbitallarnikiga qaraganda murakkabroq bo`ladi, tegishlicha ular d- va f- elektronlar deb ataladi.
Atomda elektronlarning energetik pog`ona va pog`onachalar bo`yicha taqsimlanishi elektron formulalar ko`rinishida tasvirlanadi. Masalan:
1s│2 s, 2 p │3 s, 3 p │4 s, 3 d, 4 p │5 s, 4 d, 5 p│6 s, 4 f, 5 d, 6 p │7 s, 5 f, 6 d, 7p
6C 1s22s22p2 , 7N 1s22s22p3 , 8O 1s22s22p4 , 9F 1s22s22s5 , 10Ne 1s22s22p6
Elektron qobiqlarning tuzilishi ko`pincha, energetik, boshqacha aytganda kvant yacheykalar yordamida tasvirlanadi–bular grafik elektron formulalar deyiladi. Har bir yacheykalar katakcha bilan belgilanadi: katakcha orbital, strelka–elektron, bo`sh katakcha–bo`sh orbital: uni qo`zgatilgan elektron egallashi mumkin
6
С 2s 2p 1s22s22p2
1s 1s22s22px12py1
Px Py Pz
7
N 2s 2p 1s22s22p3
1s 1s22s22px12py12pz1
Px Py Pz
8
O 2s 2p 1s22s22p4
1s 1s22s22px22py12pz1
Px Py Pz
9F 2s 2p 1s22s22p5
1s 1s22s22px22py22pz1
Px Py Pz
Kimyoviy elementlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakli va xossalari ular atomlari yadrosining zaryadiga davriy ravishda bog`liqdir. Bosh guruhchalarning elementlarida faqat tashqi pog`onadagi elektronlar, shuningdek, yonaki guruhchalarning elementlarida faqat tashqi pog`onaning emas, balki tashqaridan oldingi pog`onaning elektronlari ham valent elektronlar hisoblanadi. Guruhning raqami, odatda, kimyoviy bog`lanish hosil bo`lishida ishtirok eta oladigan elektronlar sonini ko`rsatadi.
Atomlarning o`lchami ionlanish energiyasi, elektronga moyilligi, elektrman-
fiyligi, oksidlanish darajasi kabi xossalari atomning elektron konfiguratsiyasi bilan
bog`liqdir.
Dostları ilə paylaş: |