Yadro reaksiyalari - bu atom yadrolarining elementar zarrachalar bilan va bir-birlari bilan o`zaro ta`sirlashishi natijasida o`zgarishi hisoblanadi. Masalan;
27 4 30 1 226 222 4
Al + He = Si + H ; Ra = Rn + He ;
13 2 14 1 88 86 2
1919 yilda E. Rezerford azot atomlarining yadrolarini α - zarrachalar bilan bombardimon qilib, birinchi marta sun`iy ravishda yadro reaksiyasini amalga oshirdi: 14 4 17 1
N + He = O + H;
7 2 8 1
Siklotron yaratilgandan keyin ya`ni 1930 yildan boshlab juda ko`p turli-tuman yadro reaksiyalari kashf qilindi va tekshirildi.
27Al (, p) 30Si ; 14N (, p) 17O ; 226R (-, ) 222Rn .
Bu ko`rinishlar yadro reaksiyalarining qisqacha yozuvi hisoblanadi, bunda - zarrachaning (42He) belgisi; p – proton (11H); chiziqcha radioaktiv parchalanish bo`lganda ta`sir etuvchi zarracha bo`lmasligini bildiradi. Yadro reaksiyalari yordamida radioaktivlik xususiyati bor izotoplar (radioaktiv izotoplar) olinadi. Ularning hammasi beqaror va radioaktiv parchalanish natijasida boshqa elementlerning boshqa izotoplariga aylanadi.
Barsha kimyoviy elementlarning radioaktiv izotoplari olingan. Ularning taxminan 1500 turi ma`lum. Faqat radioaktiv izotoplardan tarkib topgan elementlar radioaktiv elementlar deyiladi va ular Z = 43 - 61 va 84 - 109 – elementlardir.
Dostları ilə paylaş: |